Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI🇺🇿
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA🔈
⚡️ YO‘LLAR RAVON BO‘LIB, MASHAQQATLAR ORTDA QOLDI
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2023-yil 16–17-noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifi yo‘l qurilishi sohasida hududda olib borilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.
🇺🇿 Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Surxon vohasining 7 ta tumanidan o‘tuvchi Davlat ahamiyatidagi 4R100 “Manguzar q.-Jarqo‘rg‘on sh.-Bandixon q.-Oltinsoy q.-Denov sh.” avtomobil yo‘lining 11–126-kilometr qismlarini ta’mirlash belgilangan bo‘lib, Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tarkibidagi 7 ta pudratchi korxona tomonidan belgilangan muddatda topshiriqlar ijrosi ta’minlandi, ya’ni, yo‘l ishlari to‘liq yakuniga yetkazilib, obyekt foydalanishga topshirildi.
🦅 Uning ochilishi marosimi katta shodiyonaga aylanib ketdi.
✅ Ayni jarayondan tayyorlangan videolavha “Surxondaryo” telekanalining “Diyor yangiliklari” informatsion dasturi orqali namoyish etildi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI🇺🇿
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA🔈
🇺🇿 DENOVDA YANGI YO‘L O‘TKAZGICH FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
✍️ Davlatimiz rahbarining 2018-yil 29-martdagi tegishli Qaroriga muvofiq va 2019-yil 17–18-oktabr kunlari Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlariga asosan yangi yo‘l o‘tkazgich qurilib, foydalanishga topshirildi.
🟢 Mazkur obyekt Surxondaryo viloyati Denov tumanining “Namozgoh” mahallasi hududida joylashgan bo‘lib, Davlat ahamiyatidagi 4R108 “Denov aylanma yo‘li” avtomobil yo‘lini Xalqaro ahamiyatdagi M41 “Bishkek-Dushanbe-Termiz” avtomobil yo‘li bilan bog‘laydi.
📶 Ushbu yo‘l o‘tkazgich - temir yo‘l hamda ikkita avtomobil yo‘li ustidan o‘tgan bo‘lib, uzunligi 300, kengligi esa 21 metrni tashkil etadi. Obyektning umumiy qiymati 81,5 mlrd so‘m.
🗺 Buyurtmachi tashkilot Avtomobil yo‘llari Qo‘mitasi, bosh pudratchi “Ko‘prikqurilish” aksiyadorlik jamiyati.
🕓 Mazkur jarayondan tayyorlangan videolavha “Sevimli” telekanalining “Zamon” information dasturi orqali efirga uzatildi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI
❄️ AVTOMOBIL YO‘LLARIDA QISHKI QAROV ISHLARI AVJIDA
⚙️ Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tarkibidagi Jarqo‘rg‘on tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi ishchi-xodimlari tomonidan M41 “Bishkek - Dushanbe - Termiz” avtomobil yo‘lining Jarqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tgan 1548–1606-kilometrlari oralig‘idagi qoplamada yuzaga kelgan muzlarni tozalash, mavjud qor uyumlarini kurash hamda qum-tuz avralashmasini sepish ishlari amalga oshirildi.
🔔 Hozida mazkur korxona tasarrufida bo‘lgan jami 168 kilometr uzunlikdagi xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatdagi yo‘llar 100 foiz qordan tozalangan.
❔ Ushbu jarayonga 34 nafar ishchi-xodim hamda 8 ta mashina-mexanizm jalb etilib, yo‘llarga 320 tonnadan ziyod qum-tuz aralashmasi sepildi.
🔵 Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad harakat xavfsizligini ta’minlash orqali yo‘l transport hodisalarining oldini olishdan iborat.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI
📍 YO‘LLARDA HARAKAT XAVFSIZLIGI TA'MINLANMOQDA
⛔ Uzun tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi ishchi-xodimlari tomonidan 4K620 “Denov sh.—Bobotog‘ dahasi—Oqmachit q.” avtomobil yo‘lining 0—58-kilometrlari oralig‘i (Bobotog‘ dovon yo‘li)da maxsus texnikalar yordamida qor kurash ishlari amalga oshirildi.
◾️ Yo‘llarda yuzaga kelgan muzlarni tozalash, mavjud qor uyumlarini kurash bilan bir qatorda, yaxmalak hosil bo‘lishining oldini olish maqsadida qum-tuz aralashmasini sepish ishlari ham bajarildi.
🌐 Hozida mazkur korxona tasarrufida bo‘lgan jami 175 kilometr uzunlikdagi davlat (60 km) va mahalliy (115 km) ahamiyatdagi yo‘llar 100 foiz qordan tozalangan.
☄️ Ushbu jarayonda korxona ishchi-xodimlari tomonidan 100 tonnadan ziyod qum hamda 50 tonnaga yaqin tuz ishlatildi.
◾️ Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad harakat xavfsizligini ta’minlash orqali yo‘l transport hodisalarining oldini olishdan iborat.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM