Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.93K subscribers
67.4K photos
4.42K videos
96 files
10.8K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#SURXONDARYO_VILOYATI

YO‘LLAR RAVON, MANZILLAR YAQIN BO‘LMOQDA

✍️ Hozirda Surxondaryo viloyati AYBB hamda uning tarkibidagi korxonalar tomonidan hududdagi mavjud nosoz yo‘l va ko‘priklar bosqichma-bosqich ta’mirlanmoqda.
Xususan, Sariosiyo TYFKDM tomonidan aholi va haydovchilarga qulaylik yaratish maqsadida tuman markazidan o‘tuvchi davlat ahamiyatidagi 4R108b avtomobil yo‘lining 2 – 8-kilometrlari oralig‘idagi ta’mirtalab holatga kelib qolgan qismida qayta tiklash ya’ni, asfalt-beton qoplamasini yotqizish oldidan yer ishlari bajarilyapti.
🗺 Mazkur korxona tomonidan bu kabi jarayon Boysun tumani "Dashtig‘oz" mahallasidagi Pudina qishlog‘ining ichki xo‘jalik yo‘llarida ham amalga oshirilmoqda.
🕹 Sariosiyo TYFKDM tomonidan shuningdek, maxsus dastur asosida mahalliy ahamiyatdagi 4K582 avtomobil yo‘lining Shirin mahallasidan kesib o‘tuvchi 1-kilometrida joylashgan ko‘prikni qayta qurish ishlari ham jadallik bilan olib borilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI
#JARAYON

🗺Surxondaryo viloyati AYBB tarkibidagi Angor tuman Yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi ishchi-xodimlari tomonidan 4N1603Qo‘ng‘irot fermerlar uyushmasi - Tollashkon fermerlar uyushmasiavtomobil yo‘lining 0 – 8-kilometrlari oralig‘idagi 1,2 kilometr qismida yaroqsiz qora qoplama buzib olinib, asos uchun tosh tashish ishlari amalga oshirilmoqda.
🟡 Mazkur korxona ishchi-xodimlari tomonidan 4R110 “Sherobod sh.- Pashxurt q. - Oqtosh q. - Muzrabot q.” avtomobil yo‘lining Muzrabot tumanidagi “Yangiobod darvoza” mahallasi hududidan o‘tuvchi 95 – 96-kilometr qismidagi mavjud qora qoplama ham buzilib, tosh-shag‘al aralashmasidan asos qurish ishlari bajarilyapti.
💬 Shuningdek, Angor TYFKDM ishchi-xodimlari tomonidan tumanning “Sharq guli” mahallasidagi Yangi O‘zbekiston massivida 300 metr uzunlikdagi piyodalar yo‘lakchasi va veloyo‘lak qurish uchun tuproq ishlari amalga oshirilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI🚩
#INFOGRAFIKA📱

📣 Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tomonidan 2024-yilning o‘tgan 10 oyi davomida hududdagi avtomobil yo‘llari hamda ko‘priklarni qurish va ta’mirlash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.
🖼 Mazkur infografika orqali joriy yilning ayni davrida bajarilgan ishlar xususida aniq raqamlar asosida batafsil ma’lumotlar berilgan.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI🚩

📣 “ISLOHOTLAR AMALDA”

🗺Surxondaryo viloyati Boysun tumanining olis, tog‘li hududidagi “Duoba” mahallasidan o‘tuvchi 4N1613 “Boysun – Duoba” avtomobil yo‘lining 27 – 28-kilometrlari oralig‘ida joylashgan ko‘prik ko‘p yillardan buyon ta’mirtalab holatda bo‘lib, aholiga turli noqulayliklarni keltirib chiqarayotgan edi.
🇺🇿 Prezidentimizning tashabbusi bilan ushbu manzilda yangi ko‘prik qurilib, foydalanishga topshirildi.
Mazkur yo‘l o‘tkazgichning uzunligi 33, eni 11, balandligi esa 18 metr bo‘lib, ikki yonidan piyodalar o‘tishi uchun maxsus yo‘lak ham barpo etilgan.
To‘rtta mahallani Boysun tumani markazi bilan bog‘lovchi ushbu obyektning foydalanishga topshirish marosimi katta shodiyonaga aylanib ketdi.
🕹 Ayni jarayondan tayyorlangan videomaterial Surxondaryo teleradiokompaniyasining “Islohotlar amalda” ko‘rsatuvi orqali efirga uzatildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI
#YASHIL_MAKON

🌲YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI IJROSI AMALDA

🖥Bugungi kunda yashil olamni saqlash va ko‘paytirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
🇺🇿 Prezidentimiz tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yili 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish va shu orqali shahar va tumanlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish reja qilingan.
🚛 Ayni maqsadda Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi hamda uning tarkibidagi korxonalar tomonidan ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
📌 Shu kunlarda M39 avtomobil yo‘lining 15 – 16-kilometrlari oralig‘idagi yo‘l bo‘yiga 4 turdagi jami 3500 tup manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari jadallik bilan olib borilyapti.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI
#YASHIL_MAKON_2024

🇺🇿2024-yilning 21-oktabr kuni Prezidentimiz raisligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi va galdagi vazifalar belgilab berildi.
🌲 Surxondaryo viloyati AYBB hamda uning tarkibidagi korxonalar tomonidan ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
🍀Dastlab, ko‘chat ekishga mo‘ljallagan maydon tozalanib, unumdor tuproq bilan to‘ldirildi va sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish ishlari olib borildi. Shundan keyin esa yoppasiga 3,5 ming tup ko‘chat ekish ishlariga kirishildi.
🌿 Buning uchun boshqarma tarkibidagi 7 ta korxonadan 200 nafardan ziyod xodimlar hamda 10 dan ortiq texnika jalb etildi. Barcha hasharchilarga tushlik tashkil etilib, to‘kin dasturxon yozildi.
🌴Hozirda ko‘chat ekish ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI🇺🇿
#JARAYON🔈

📣TABIIY OFAT OQIBATLARI BARTARAF ETILMOQDA

🚩Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi hamda uning tarkibidagi korxonalar tomonidan avtomobil yo‘llarida tabiiy ofat oqibatida yuzaga kelgan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish hamda yo‘l infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
🏠 Jumladan, Oltinsoy tuman Yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi tomonidan 4K614 “Madaniyat q. - Qorlik q. - Xo‘jayipok q.” Avtomobil yo‘lining 9 — 15-kilometr qismlarida yuz bergan tabiiy ofat ya’ni, sel-toshqinlar oqibatlari bartaraf etilyapti.
🔔 Buning uchun 10 dan ziyod maxsus texnika va mashina mexanizm yordamida 20 nafarga yaqin ishchi-xodim ikki navbatda, tun-u kun mehnat qilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI

⚡️YO‘LLAR RAVON, MANZILLAR YAQIN BO‘LMOQDA


✍️Surxondaryo viloyati AYBB tarkibidagi Sariosiyo TYFDM tomonidan davlat va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, ayni kunlarda 2024-yilgi belgilangan reja asosida Sariosiyo TYFDM tomonidan 4R108 b) “M41 avtoyo‘lidan shoxobchalar:” (Sariosiyo qishlog‘iga) avtomobil yo‘lining nosoz holatga kelib qolgan qismida ta’mirlash jarayonining yakuniy bosqichi, ya’ni, asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur korxona tomonidan shuningdek, Sariosiyo tumani “Shirin” MFYdan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatdagi 4K582 “So‘fiyon q. ⸺ Labiob q.” avtomobil yo‘lining 1-kilometrida joylashgan ko‘prik qayta qurilib, foydalanishga topshirildi.
🚛 Bundan tashqari, Sariosiyo TYFDM tomonidan Boysun tumanining Dashtig‘oz MFYdagi ta’mirtalab yo‘llarga asfaltobeton qoplamasi yotqizish uchun yer ishlari ham bajarilmoqda.


Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Surxondaryo_viloyati🇺🇿
#OAV_biz_haqimizda

Viloyatda yo'l-transport infratuzilmasini yaxshilash ishlari davom etmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI🇺🇿
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA🔈

✍️“Заря Сурхана” gazetasining 2024-yil 29-noyabr kuni e’lon qilingan sonida Surxondaryo viloyatida OAV vakillari va ijtimoiy tarmoq faollari (bloger)lar uchun tashkil etilgan Press-tur hamda matbuot anjumani tafsilotlari haqida hikoya qiluvchi “В Сурхандарьинской области строят дороги мирового уровня” nomli maqola chop etildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI🇺🇿

🔈SOHADA BAJARILGAN ISHLAR VA KELGUSI REJALAR TAQDIMOTI O‘TKAZILDI


✍️ Surxondaryo viloyati AYBB va unung tarkibidagi korxonalar tomonidan 2024-yil boshidan hozirga qadar hududdagi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va yangi yo‘llar qurish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirildi va bu jarayon izchillik bilan davom ettirilmoqda.
Korxona binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining farmon, qaror, farmoyishlarining ijrosi bo‘yicha sohada olib borilayotgan va kelgusida bajarilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan boshqarma boshlig‘ining taqdimoti o‘tkazildi.
📶Unda Surxondaryo viloyati hokimi hamda qator boshqarma va korxonalar rahbarlari ishtirok etishdi.
⚡️Tadbir davomida shuningdek, talabalar tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion g‘oyalar ham taqdim etildi. Viloyat hokimi taqdimotlar bilan tanishib, sohani yanada rivojlantirish yuzasidan o‘zining taklif va tavsiyalarini berdi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI🇺🇿

📣YO‘LLAR RAVON, MANZILLAR YAQIN BO‘LMOQDA

Surxon vohasining Denov tumani “Namozgoh” MFY hududidan o‘tgan Davlat ahamiyatidagi 4R108 “Denov aylanma yo‘li” avtomobil yo‘lini xalqaro ahamiyatdagi M41 “Bishkek - Dushanbe - Termiz” avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi temir yo‘l ustidan o‘tgan yo‘l o‘tkazgich foydalanishga topshirildi.
Uning qurilishi Prezidentimizning 2018-yil 29-martdagi 3632-sonli qarori va 2019-yil 17 – 18-oktabr kunlari Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlariga asosan amalga oshirildi.
📣 Obyektning umumiy qiymati 81,5 mlrd so‘m bo‘lib, qurilish-montaj ishlari 2022 – 2024-yillar davomida amalga oshirildi.
📶Buyurtmachi tashkilot Avtomobil yo‘llari Qo‘mitasi. Bosh pudratchi “Ko‘prikqurilish” aksiyadorlik jamiyati.
☄️ Ko‘prik qismining uzunligi 300 metr, tirama devor uzunligi 100 metr, ikki tomonlama yo‘lining uzunligi 1200 metr va kengligi 21 metrni tashkil etadi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🇺🇿YANGI YO‘L O‘TKAZGICH FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

🔽O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi tegishli Qaroriga muvofiq hamda 2019-yil 17—18-oktabr kunlari Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlariga asosan yangi yo‘l o‘tkazgich qurilib, foydalanishga topshirildi.
    📍 Mazkur obyekt Surxondaryo viloyati Denov tumanining “Namozgoh” mahallasi hududida joylashgan bo'lib, Davlat ahamiyatidagi 4R108 “Denov aylanma yo‘li” avtomobil yo‘lini Xalqaro ahamiyatdagi M41 “Bishkek - Dushanbe - Termiz” avtomobil yo‘li bilan bog‘laydi.
     Ushbu yo‘l o‘tkazgich - temir yo‘l hamda ikkita avtomobil yo‘li ustidan o‘tgan bo‘lib, uning umumiy qiymati 81,5 mlrd so‘m.   
   🔺  Buyurtmachi tashkilot Avtomobil yo‘llari Qo‘mitasi, bosh pudratchi “Ko‘prikqurilishAJ.
    ⚠️ Ko‘prikning uzunligi 300 metr, kengligi esa 21 metrni tashkil etadi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI

YO‘L AZOBI ORTDA QOLDI

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2023-yil 16–17-noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifi yo‘l qurilishi sohasida hududda olib borilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.
  🔺  Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Surxon vohasining 7 ta tumanidan o‘tuvchi Davlat ahamiyatidagi 4R100 “Manguzar q.-Jarqo‘rg‘on sh.-Bandixon q.-Oltinsoy q.-Denov sh.” avtomobil yo‘lining 11–126-kilometr qismlarini ta’mirlash belgilangan bo‘lib, Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tarkibidagi 7 ta korxona tomonidan belgilangan muddatda topshiriqlar ijrosi ta’minlandi, ya’ni, yo‘l ishlari to‘liq yakunlanib, obyekt foydalanishga topshirildi.
 ©   Uning ochilishi marosimi katta shodiyonaga aylanib ketdi. Tadbir davomida faol yo'lsozlarga tashakkurnoma va sovg'alar berildi.
    Yakunda qatnashchilar to‘kin dasturxonga taklif etilib, osh tarqatildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI🇺🇿
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA📣

📣YANGI YO‘L O‘TKAZGICH SURXONDARYOLIKLAR UCHUN BAYRAM SOVG'ASI BO'LDI

☄️Davlatimiz rahbarining 2018-yil 29-martdagi tegishli Qaroriga muvofiq hamda 2019-yil 17—18-oktabr kunlari Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlariga asosan yangi yo‘l o‘tkazgich qurilib, foydalanishga topshirildi.
🟢Ushbu obyekt Surxondaryo viloyati Denov tumanining “Namozgoh” mahallasi hududidan o‘tgan Davlat ahamiyatidagi 4R108 “Denov aylanma yo‘li” avtomobil yo‘lini Xalqaro ahamiyatdagi M41 “Bishkek - Dushanbe - Termiz” avtomobil yo‘li bilan bog‘laydi. Mazkur yo‘l o‘tkazgich - temir yo‘l hamda ikkita avtomobil yo‘li ustidan o‘tgan bo‘lib, uning umumiy qiymati 81,5 mlrd so‘m.
◾️ Buyurtmachi tashkilot Avtomobil yo‘llari Qo‘mitasi, bosh pudratchi “Ko‘prikqurilish” AJ.
🔴 Ko‘prikning uzunligi 300 metr, kengligi 21 metrni tashkil etadi.
Ayni jarayondan tayyorlangan videolavha “Mening yurtim” telekanalining "Hudud" informatsion dasturi orqali efirga uzatildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI🇺🇿
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA🔈

⚡️ YO‘LLAR RAVON BO‘LIB, MASHAQQATLAR ORTDA QOLDI

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2023-yil 16–17-noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifi yo‘l qurilishi sohasida hududda olib borilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.
🇺🇿 Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Surxon vohasining 7 ta tumanidan o‘tuvchi Davlat ahamiyatidagi 4R100 “Manguzar q.-Jarqo‘rg‘on sh.-Bandixon q.-Oltinsoy q.-Denov sh.” avtomobil yo‘lining 11–126-kilometr qismlarini ta’mirlash belgilangan bo‘lib, Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tarkibidagi 7 ta pudratchi korxona tomonidan belgilangan muddatda topshiriqlar ijrosi ta’minlandi, ya’ni, yo‘l ishlari to‘liq yakuniga yetkazilib, obyekt foydalanishga topshirildi.
🦅Uning ochilishi marosimi katta shodiyonaga aylanib ketdi.
Ayni jarayondan tayyorlangan videolavha “Surxondaryo” telekanalining “Diyor yangiliklari” informatsion dasturi orqali namoyish etildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM