Avtomobil yo'llari qo'mitasi
10K subscribers
68.5K photos
4.69K videos
96 files
11.5K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬press@uzavtoyul.uz
📞71 207 67 68
Download Telegram
September 7, 2023
September 30, 2023
September 30, 2023
#PRESS_TUR
🎥🎥🎥 LIVE

✈️✈️ Press-turning ikkinchi manzili esa Jizzax viloyatida qad roslagan yangi “Zomin” aeroporti.
Zomin tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilgan yirik loyihalardan biri bu, “Zomin” aeroporti bo‘lib, “Uzbekistan Airways” AJ tarkibidagi “Bino va inshootlarni qurish direksiyasi” MCHJ buyurtmachiligi asosida bunyod etildi. Obyektning dastlabki loyihaviy qiymati – 80 mlrd 161, 8 mln so‘m. Loyiha tashkiloti – “Aero yo‘l loyiha” MCHJ va bosh pudratchi -  Zomin TYFDM tomonidan qayta rekonstruksiyadan ham chiqarildi. Eski holatida uchish- qo‘nish yo‘lagi — 1900 metr uzunlikda bo‘lsa, rekonstruksiya ishlaridan keyin uchish- qo‘nish yo‘lagi uzunligi — 2100 metrga uzaytirildi. Perron- 12895 m2, Yurgizib borish yo‘lagi- 6406 m2, Hududni himoyalovchi panjara—4411 metr uzunlikda hududni o‘rab turibdi.
🧭 Hududdagi uchish – qo‘nish maydoni jahon standardlari asosida qurib foydalanishga topshirilgan. Bugungi kunda tumanda asosiy yo‘llar to‘liq ta’mirdan chiqarilgan va bu ishlar davom etmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 3, 2024
#PRESS_TUR
🎥🎥🎥 LIVE

🗺 Zomin tumanidagi umumiy foydalanishdagi davlat ahamiyatiga ega 4R40 “Dashtobod sh.—Zomin q.—Baxmal q.—G‘allaorol sh.” avtomobil yo‘li 182 km bo‘lib, bu yo‘lga Zomin TYFDM xizmat ko‘rsatadi.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 3, 2024
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#PRESS_TUR

🖼 Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va Jizzax viloyati bosh boshqarmasi tomonidan Jizzax viloyati OAV vakillari uchun Press-tur o‘tkazildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 4, 2024
#Press_tur🎤
#live🔴

🎤Ayni paytda Buxoro viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tomonidan viloyatda yo‘l qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida jamoatchilikka keng axborot berish maqsadida press-tur o‘tkazilmoqda.

🕹️Press-tur ishtirokchilari dastlab boshqarmada tashkil etilgan matbuot anjumanida qatnashishdi.

📣Anjumanda boshqarma boshlig‘i Y.Cho‘lliyev jurnalist va blogerlarga hudud bo‘yicha mavjud umumfoydalanuvdagi yo‘llar va ularni qurish, rekonstruksiya qilish, saqlash, ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida  ma’lumot  berdi. 

📣Anjumanda sohada erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda qilinishi kerak bo‘lgan ishlarga ham alohida to‘xtab o‘tildi.
Matbuot anjumanida jurnalistlar tomonidan sohadagi mavjud muammolar o‘rtaga tashlandi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
November 16, 2024
#press_tur

📺Press-tur ishtirokchilari xalqaro ahamiyatdagi M37 “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” yo‘lining 255-km qismidagi ko‘prikda bajarilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishishdi.

Buxoro tumani hududidan o‘tuvchi yo‘lning 255,6-km qismidagi mazkur ko‘prik 1974-yilda qurilgan bo‘lib, ko‘prikning o‘ng tomoni 4—5 qator temir-beton plitasi singan va yig‘ma temirbeton balkalar orasidagi shoflari yemirilishi natijasida  yaroqsiz holga kelib qolgan.

Ta’mirlash ishlari “Romitan yo‘llardan muntazam foydalanish” davlat muaassasasi tomonidan bajarilayotgan ko‘prikni tez kunlarda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
November 16, 2024
#press_tur
#live

🔩"Osiyo taraqqiyot banki" ishtirokidagi “Milliy avtomobil yo‘llarni rivojlantirish” loyihasi doirasida qishloq avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilishning manzilli dasturiga asosan Peshku tumanining “Turkiston”, “Navgahon” va “O‘zbek” mahallalarida 15,5 kilometr uzunlikdagi yo‘l betonlashtirilmoqda. Bundan tashqari, hozirda Buxoro tumani “Ko‘chko‘mar” mahallasining 6,3 km qismi ham betonlashtirilmoqda.

➡️Ushbu loyihada buyurtmachi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tasarrufidagi O‘zavtoyo‘linvest agentligi hisoblanadi. Loyihada bosh pudratchi sifatida Xitoyning “China Railway 20 Bureau Group Corporation” va FIDIC talablariga asoslangan yo‘l qurilish-montaj ishlari ustidan texnik nazoratni Koreyaning "Dohwa Engineering Co., Ltd" injener konsalting kompaniyasi olib bormoqda.

Mazkur loyiha doirasida 23 ta ko‘prik ta’mirlanishi, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari oldida 3,1 km. uzunlikdagi piyodalar yo‘lagi va yoritish chiroqlari hamda yo‘lni ko‘ngdalang kesib o‘tgan jami 956 pagonometr uzunlikdagi suv quvurlarini kengaytirish va yangisiga almashtirish ko‘zda tutilgan.

📌Ayni paytga qadar Peshku tumanida 15,5 km uzunlikdagi yo‘lda tosh-beton qoplamali asos qurish, 5 ta ko‘prikni qayta ta’mirlash va 46 metr uzunlikdagi suv quvurlarini almashtirish ishlari amalga oshirildi. Yo‘lda 18 sm qalinlikda syementobeton qoplamasini yotqizish ishlari ham jadallik bilan olib borilmoqda. Loyiha 2025-yil 1-iyuliga qadar to‘liq yakunlanishi va foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

💠Loyihaning asosiy maqsadi - qishloq hududlarida transport infratuzilmasini yaxshilash va mahalliy aholining hayot sifatini oshirishdir. Ushbu yo‘llar kichik biznes va qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga sezilarli turtki beradi.

📢Loyiha 2 bosqichdan iborat bo‘lib, 1-bosqichda 54 km yo‘l rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan. Zamonaviy texnologiyalar jalb qilingan va mahalliy ishchi kuchi hamda qurilish materiallari keng miqyosda ishlatilmoqda, bu esa yangi ish o‘rinlari yaratishga ham xizmat qilmoqda.

Press-tur ishtirokchilari betonlashtirish ishlari bilan batafsil tanishtirilib, ularga loyiha haqida to‘liq ma’lumot berildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
November 16, 2024
Forwarded from BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
November 16, 2024
#press_tur
#live💠

🌲"Yashil makon" da jurnalistlar

🍀Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatida Press-tur tashkil etildi. Unda OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirok etishmoqda.
🌴Dastlabki manzil M39 avtomobil yo‘lining Sherobod tumani hududidan o‘tgan qismida ajratilgan maydonda "Yashil makon" tadbiri bo‘ldi. Bu yerga 4 turdagi jami 3,5 tup ko‘chat ekish rejalashtirilgan bo‘lib, boshqarma tarkibidagi 7 ta korxonadan 200 nafardan ziyod ishchilar ishtirok etishmoqda.
⚡️Ushbu maydon toshloq yer bo‘lib, 12 ming kub unumli tuproq bilan to‘ldirildi.
Ko‘chat ekish jarayonlarida OAV vakillari ham faol ishtirok etdilar.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
November 23, 2024
#Press_tur
#Live

Sherobod tumani hududida joylashgan 4R103 " Sherobod sh.—Surxon temiryo‘l stansiyasi" avtomobil yo‘lining 0—1-km dagi "Qo‘rg‘on"MFY dagi Sherobod daryosi ustidagi ko‘prik rekonstruksiya qilinmoqda.
Ushbu koʻprik 1965-yilda qurilgan bo‘lib, sel, tabiiy ofatlar tufayli ta’mirtalab holatga tushib qolgan edi.
🔔Buyurtmachi "Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi" DUK, Bosh loyihachi "Salovat sifat loyiha" MCHJ bo‘lib, pudratchi "O‘ZYO‘LKO‘PRIK" klasterining Surxondaryo viloyat filiali.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
November 23, 2024