#press_tur
#live
🔩 "Osiyo taraqqiyot banki" ishtirokidagi “Milliy avtomobil yo‘llarni rivojlantirish” loyihasi doirasida qishloq avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilishning manzilli dasturiga asosan Peshku tumanining “Turkiston”, “Navgahon” va “O‘zbek” mahallalarida 15,5 kilometr uzunlikdagi yo‘l betonlashtirilmoqda. Bundan tashqari, hozirda Buxoro tumani “Ko‘chko‘mar” mahallasining 6,3 km qismi ham betonlashtirilmoqda.
➡️ Ushbu loyihada buyurtmachi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tasarrufidagi O‘zavtoyo‘linvest agentligi hisoblanadi. Loyihada bosh pudratchi sifatida Xitoyning “China Railway 20 Bureau Group Corporation” va FIDIC talablariga asoslangan yo‘l qurilish-montaj ishlari ustidan texnik nazoratni Koreyaning "Dohwa Engineering Co., Ltd" injener konsalting kompaniyasi olib bormoqda.
⏰ Mazkur loyiha doirasida 23 ta ko‘prik ta’mirlanishi, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari oldida 3,1 km. uzunlikdagi piyodalar yo‘lagi va yoritish chiroqlari hamda yo‘lni ko‘ngdalang kesib o‘tgan jami 956 pagonometr uzunlikdagi suv quvurlarini kengaytirish va yangisiga almashtirish ko‘zda tutilgan.
📌 Ayni paytga qadar Peshku tumanida 15,5 km uzunlikdagi yo‘lda tosh-beton qoplamali asos qurish, 5 ta ko‘prikni qayta ta’mirlash va 46 metr uzunlikdagi suv quvurlarini almashtirish ishlari amalga oshirildi. Yo‘lda 18 sm qalinlikda syementobeton qoplamasini yotqizish ishlari ham jadallik bilan olib borilmoqda. Loyiha 2025-yil 1-iyuliga qadar to‘liq yakunlanishi va foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
💠 Loyihaning asosiy maqsadi - qishloq hududlarida transport infratuzilmasini yaxshilash va mahalliy aholining hayot sifatini oshirishdir. Ushbu yo‘llar kichik biznes va qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga sezilarli turtki beradi.
📢 Loyiha 2 bosqichdan iborat bo‘lib, 1-bosqichda 54 km yo‘l rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan. Zamonaviy texnologiyalar jalb qilingan va mahalliy ishchi kuchi hamda qurilish materiallari keng miqyosda ishlatilmoqda, bu esa yangi ish o‘rinlari yaratishga ham xizmat qilmoqda.
♾ Press-tur ishtirokchilari betonlashtirish ishlari bilan batafsil tanishtirilib, ularga loyiha haqida to‘liq ma’lumot berildi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
#live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QAMCHIQAVTOYOʻL_IYFK_DM
#LIVE📣
❄️ A-373 “M-39 a/y.- Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh” avtomobil yo‘lining 193—233 va 245—256 km.lar oralig'ida yomg'ir, 233—245 km.lar oralig‘ida qor yog‘moqda. Havo harorati +3 daraja, yo'llarda ko'rish masofasi 4000 metrni, shamol 1-6 m/s, namlik 62% ni tashkil etmoqda. Qor yog‘ib turgan paytda dovonda avtotransport vositalarining to‘xtovsiz ikki tomonlama harakatlanishini ta’minlash maqsadida "Qamchiqavtoyo‘l IYFK" DM tomonidan yo‘l qoplamasida sirpanchiq bo‘lmasligi uchun tunu-kun mashina-mexanizmlar yordamida qum-tuz aralashmasi sepish ishlari amalga oshirilmoqda. Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.
🌨 "Qamchiqavtoyo‘l IYFK" DM “Qamchiq" dovoni orqali harakatlanayotgan barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda tezlikni meʻyordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini va barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini tavsiya qiladi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
#LIVE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QAMCHIQAVTOYOʻL_IYFK_DM
#LIVE📣
❄️ A373 “M39 a/y.- Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh” avtomobil yo‘lining 171—233- km.lar va 247—265-km.lar oralig‘ida yomg'ir, 233—247- km.lar oralig‘ida qor yog‘moqda. Tuman, havo harorati +1 daraja, yo'llarda ko'rish masofasi 4000 metrni, shamol 5—12 m/s, namlik 83% ni tashkil etmoqda. Qor yog‘ib turgan paytda dovonda avtotransport vositalarining to‘xtovsiz ikki tomonlama harakatlanishini ta’minlash maqsadida "Qamchiqavtoyo‘l IYFK" DM tomonidan yo‘l qoplamasida sirpanchiq bo‘lmasligi uchun tunu-kun mashina-mexanizmlar yordamida yo‘l qoplamasini qordan tozalash va qum-tuz aralashmasi sepish ishlari amalga oshirilmoqda. Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.
📍 "Qamchiqavtoyo‘l IYFK" DM “Qamchiq" dovoni orqali harakatlanayotgan barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda tezlikni meʻyordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini va barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini tavsiya qiladi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
#LIVE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#press_tur♾
#live💠
🌲 "Yashil makon" da jurnalistlar
🍀 Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatida Press-tur tashkil etildi. Unda OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirok etishmoqda.
🌴 Dastlabki manzil M39 avtomobil yo‘lining Sherobod tumani hududidan o‘tgan qismida ajratilgan maydonda "Yashil makon" tadbiri bo‘ldi. Bu yerga 4 turdagi jami 3,5 tup ko‘chat ekish rejalashtirilgan bo‘lib, boshqarma tarkibidagi 7 ta korxonadan 200 nafardan ziyod ishchilar ishtirok etishmoqda.
⚡️ Ushbu maydon toshloq yer bo‘lib, 12 ming kub unumli tuproq bilan to‘ldirildi.
Ko‘chat ekish jarayonlarida OAV vakillari ham faol ishtirok etdilar.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
#live
Ko‘chat ekish jarayonlarida OAV vakillari ham faol ishtirok etdilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Press_tur
#Live
♾ Sherobod tumani hududida joylashgan 4R103 " Sherobod sh.—Surxon temiryo‘l stansiyasi" avtomobil yo‘lining 0—1-km dagi "Qo‘rg‘on"MFY dagi Sherobod daryosi ustidagi ko‘prik rekonstruksiya qilinmoqda.
Ushbu koʻprik 1965-yilda qurilgan bo‘lib, sel, tabiiy ofatlar tufayli ta’mirtalab holatga tushib qolgan edi.
🔔 Buyurtmachi "Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi" DUK, Bosh loyihachi "Salovat sifat loyiha" MCHJ bo‘lib, pudratchi "O‘ZYO‘LKO‘PRIK" klasterining Surxondaryo viloyat filiali.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
#Live
Ushbu koʻprik 1965-yilda qurilgan bo‘lib, sel, tabiiy ofatlar tufayli ta’mirtalab holatga tushib qolgan edi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM