Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.91K subscribers
67.4K photos
4.43K videos
96 files
10.8K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#press_tur

📺Press-tur ishtirokchilari xalqaro ahamiyatdagi M37 “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” yo‘lining 255-km qismidagi ko‘prikda bajarilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishishdi.

Buxoro tumani hududidan o‘tuvchi yo‘lning 255,6-km qismidagi mazkur ko‘prik 1974-yilda qurilgan bo‘lib, ko‘prikning o‘ng tomoni 4—5 qator temir-beton plitasi singan va yig‘ma temirbeton balkalar orasidagi shoflari yemirilishi natijasida  yaroqsiz holga kelib qolgan.

Ta’mirlash ishlari “Romitan yo‘llardan muntazam foydalanish” davlat muaassasasi tomonidan bajarilayotgan ko‘prikni tez kunlarda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#press_tur
#live

🔩"Osiyo taraqqiyot banki" ishtirokidagi “Milliy avtomobil yo‘llarni rivojlantirish” loyihasi doirasida qishloq avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilishning manzilli dasturiga asosan Peshku tumanining “Turkiston”, “Navgahon” va “O‘zbek” mahallalarida 15,5 kilometr uzunlikdagi yo‘l betonlashtirilmoqda. Bundan tashqari, hozirda Buxoro tumani “Ko‘chko‘mar” mahallasining 6,3 km qismi ham betonlashtirilmoqda.

➡️Ushbu loyihada buyurtmachi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tasarrufidagi O‘zavtoyo‘linvest agentligi hisoblanadi. Loyihada bosh pudratchi sifatida Xitoyning “China Railway 20 Bureau Group Corporation” va FIDIC talablariga asoslangan yo‘l qurilish-montaj ishlari ustidan texnik nazoratni Koreyaning "Dohwa Engineering Co., Ltd" injener konsalting kompaniyasi olib bormoqda.

Mazkur loyiha doirasida 23 ta ko‘prik ta’mirlanishi, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari oldida 3,1 km. uzunlikdagi piyodalar yo‘lagi va yoritish chiroqlari hamda yo‘lni ko‘ngdalang kesib o‘tgan jami 956 pagonometr uzunlikdagi suv quvurlarini kengaytirish va yangisiga almashtirish ko‘zda tutilgan.

📌Ayni paytga qadar Peshku tumanida 15,5 km uzunlikdagi yo‘lda tosh-beton qoplamali asos qurish, 5 ta ko‘prikni qayta ta’mirlash va 46 metr uzunlikdagi suv quvurlarini almashtirish ishlari amalga oshirildi. Yo‘lda 18 sm qalinlikda syementobeton qoplamasini yotqizish ishlari ham jadallik bilan olib borilmoqda. Loyiha 2025-yil 1-iyuliga qadar to‘liq yakunlanishi va foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

💠Loyihaning asosiy maqsadi - qishloq hududlarida transport infratuzilmasini yaxshilash va mahalliy aholining hayot sifatini oshirishdir. Ushbu yo‘llar kichik biznes va qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga sezilarli turtki beradi.

📢Loyiha 2 bosqichdan iborat bo‘lib, 1-bosqichda 54 km yo‘l rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan. Zamonaviy texnologiyalar jalb qilingan va mahalliy ishchi kuchi hamda qurilish materiallari keng miqyosda ishlatilmoqda, bu esa yangi ish o‘rinlari yaratishga ham xizmat qilmoqda.

Press-tur ishtirokchilari betonlashtirish ishlari bilan batafsil tanishtirilib, ularga loyiha haqida to‘liq ma’lumot berildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kogon halqa yoʻlidan Juyzar koʻprigigacha 11 ta yerosti oʻtish yoʻlaklari quriladi. Shuningdek, Kogon va Buxoro oraligʻida shovqinni kamaytirish maqsadida avvaliga beton, soʻng asfalt yotqizilgan yoʻl qurilmoqda. Bu yaqin atrofdagi uylarga shovqin darajasini pasaytirishga yordam beradi.
---
От кольца Каган до моста Жуйзар построят 11 подземных переходов. Также между Каганом и Бухарой укладывают дорогу с шумопоглощающим покрытием: сначала бетон, затем асфальт. Это позволит снизить шум для близлежащих домов.

@potrebitelbukharaplus
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_ramzlari🇺🇿

🇺🇿 18-noyabr—O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun. Bu yil ushbu sanaga 33 yil to‘ldi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM