Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.92K subscribers
67.4K photos
4.43K videos
96 files
10.8K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🪙 “Автомобиль йўллари қўмитаси раиси стипендияси” жорий этилади

💰 Ушбу стипендия Транспорт университетининг “Автомобиль йўллари муҳандислиги” факультетининг 5 нафар иқтидорли талабасига берилади.

⚫️2025 йилдан бошлаб йўл қурилиши объектларида лойиҳани муҳандислик бошқариш ва техник назорат қилиш ишларини Халқаро муҳандис-консультантлар федерацияси (FIDIC) амалиёти ва қоидаларига мувофиқ амалга оширилишидан келиб чиқиб, Транспорт университетида FIDIC йўналиши бўйича ўқув курсларини ташкил этиш режалаштирилди.

⚫️Халқаро рейтингларда биринчи 1000 талик рўйхатга кирувчи хорижий университетларга соҳадаги илмий фаолият йўналишидаги ташкилотларнинг ҳамда Транспорт университетининг ёш педагоглари ва докторантларини малака ошириш ва стажировкага юборишни йўлга қўйиш юзасидан амалий ишлар олиб борилмоқда.

⚫️Инновацион ривожланиш ва новаторлик ғояларини қўллаб-қувватлаш жамғармаси ва “Эл-юрт умиди” жамғармаси билан ҳамкорликда иқтидорли ёш олимларнинг етакчи хорижий илмий марказларда қисқа муддатли илмий стажировкаларини ташкиллаштириш, ўқиш ва малака оширишига кўмаклашиш, уларнинг халқаро илмий-техник конференцияларда ва илмий лойиҳаларда иштироки этишлари, илмий ишларининг нашр этилишига кўмаклашиши йўлга қўйилмоқда.
😉😉😉😉😉😉

АОКАда ўтказилган брифингда Автомобиль йўллари қўмитаси ахборот хизмати раҳбари Нилуфар Жумаева тизим ходимларининг имтиёз асосида ОТМга ўқишга қабул қилиниши ҳақида маълумот берди:

📌 Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Buxoro viloyati

🖥Ma'naviyat — inson kamolotiga yo‘l

📊Buxoro viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda boshqarma tarkibidagi barcha tashkilot va korxona rahbarlari hamda mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

🔽Tadbirda soha rivojiga faqatgina belgilangan mehnat bilan bandlikka e’tibor beribgina qolmay, xodimlarning ma’naviyatiga, yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmasliklarini ham nazorat qilib borish muhim zarurat ekanligi aytib o‘tildi.
Xodimlar uchun ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash, ular o‘rtasida diniy ekstrеmizm, tеrrorizmning salbiy oqibatlarini kеng tushuntirish lozimligi haqida ko‘rsatmalar berildi.


🚀Telegram | 🔵Facebook |📺You Tube |🌐 Veb-saytb
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qashqadaryo viloyati

🍀Yo‘llarda obodlik ishlari bajarilmoqda

✔️Yakkabog‘ tumanidan o‘tuvchi davlat ahamiyatidagi 4R79 “Qarshi—Chim—Shahrisabz” avtomobil yo‘lining 64—68-km. qismlari oralig‘ida, shuningdek tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi balansidagi 4H272 “Yakkabog‘—Sovuqbuloq—Tezob” avtomobil yo‘lida yo‘l ustunlari va belgilarinini bo‘yash hamda yo‘l atroflarini begona o‘tlardan tozalash ishlari olib borildi.

🚀Telegram | 🔵Facebook |📺You Tube |🌐 Veb-saytb
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qashqadaryo viloyati

🌴“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Qashqadaryo viloyati umumfoydalanuv yo‘llari yoqasida “Yashil belbog‘” yaratishga kirishilmoqda.

🖥25-oktyabrdan 1-dekabrga qadar davom etadigan daraxt ekish aksiyasida viloyat miqiyosida 262 391 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish ishlari rejalashtirilgan. Unda quyidagi turdagi daraxt nihollari o‘tqaziladi.

🍀31 250 tup yapon safforasi, 15 160 tup katalpa, 9 700 tup shumtol, 35 534 tup qayrag‘och, 19 580 tup pavloniya, 39 152 tup terak, 2 tup 300 chinor, 21 550 tup “sharq tuyasi”, 30 141 tup virgin archasi, 9 000 tup saksovul, 300 tup aylant, 200 tup qirim qarag‘ayi, 100 tup kompakt shaklli “sharq tuyasi”, 180 tup piramidali virgin archa, 7 500 tup tut, 2 400 tup tok, va 38 344 tup boshqa mevali daraxtlar.

📍Mazkur loyiha yo‘llarning yanada chiroyli va fayzli bo‘lishini ta’minlaydi.

🚀Telegram | 🔵Facebook |📺You Tube |🌐 Veb-saytb
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▶️“Toshkent—Andijon” pullik avtomobil yo‘lini davlat-xususiy sheriklik modeli asosida modernizatsiya qilish loyihasi bo‘yicha 15—16-noyabr kunlari senimar bo‘ib o‘tdi

📌O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida “Toshkent—Andijon” pullik avtomobil yo‘lini davlat-xususiy sheriklik modeli asosida modernizatsiya qilish loyihasining texnik iqitisodiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha xalqaro Konsultant “Ove Arup and Partners International Limited” / “Pricewaterhouse Coopers Central Asia and Caucasus BV” va “CMS Cameron McKenna Nabarro Olswang LLP” konsalting konsortsiumi, Jahon banki vakillari hamda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Nazarov ishtirokida ikki kunlik seminar o‘tkazildi.

✔️Unda “Toshkent—Andijon” pullik avtomobil yo‘lini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida modernizatsiya qilish loyihasi bo‘yicha investitsiya oldi hujjatlarini ishlab chiqish jarayonida Konsultant tomonidan bajarilgan ishlar, olib borilgan tadqiqot natijalari va taqdim etilgan investitsiya oldi hujjatining loyihasi muhokama qilindi.
Seminarda shiningdek Moliya va iqtisodiyot vazirligi, Transport vazirligi, “Avtoyo‘linvest” agentligi, “O‘zyo‘lloyiha” DUK, "Yo‘l loyiha byurosi" MCHJ va LAOG mutaxassislari ishtirok etdilar.

➡️Seminar davomida loyihaning huquqiy tarafi, yo‘l uchun to‘lovlar, moliyaviy hamda ekologik va ijtimoiy masalalar yuzasidan bir qator muzokaralar olib borildi.
Muzokaralar yakunida investitsiya oldi hujjatlarini ishlab chiqishni yakunlash hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish yuzasidan Konsultantga bir qator ishda qo‘llash uchun tavfsiyalar taqdim etildi hamda mazkur strategik loyiha yuzasidan keyingi qadamlar kelishib olindi.

🚀Telegram | 🔵Facebook |📺You Tube |🌐 Veb-saytb
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#DAYJEST

Аvtomobil yoʼllari qoʼmitasida Аvtomobil yoʼllari ilmiy-tadqiqot instituti olimlari, Toshkent davlat Transport universiteti professor-oʼqituvchilari, Enter Engineering kompaniyasi mutasaddilari ishtirokida uchrashuv-muloqot boʼlib oʼtdi.

💲Jahon banki ko'magida mintaqaviy yo'llarni rivojlantirish loyihasi yuzasidan uchrashuv bo'lib o'tdi.

  🔼Avtomobil yo’llari qo‘mitasida Saudiya Arabistonining  “AL-Bawani” kompaniyasi bilan memorandum imzolandi.

📈Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi “Avtoyo‘linvest” agentligi tomonidan bir qator xorijiy kompaniyalar ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi.

😀АОКАda “Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi faoliyatining ilmiy salоhiyatini yanada oshirish maqsadida xodimlarning imtiyoz asosida OTMga qabul qilinishi” mavzusida Avtomobil yo’llari qo‘mitasi matbuot kotibi Nilufar Jumayeva ishtirokida  brifing bo‘lib o‘tdi.

🖥Buxoro viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tomonidan 2023-yilning o'tgan 10 oyi mobaynida 210 ta murojaat qabul qilindi.

©Besh yil ish stajiga ega bo‘lgan yo‘lsozlar tegishli tavsiyanomaga asosan talaba bo‘llishmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-saytb
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qoraqalpogʼiston Respublikasi
#Presstur

🇺🇿Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tashabbusi bilan bir guruh jurnalistlar, blogerlar va OAV vakillari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasiga Press-tur tashkil etildi.
🎙Jurnalistlar va OAV vakillari Qo‘ng‘irot tumanidan o‘tgan A380 «G‘uzor–Buxoro–Nukus–Beyneu» avtomobil yo‘lining 964–1204-kilometri oralig‘ida (240 km) qismini sement-beton qoplama bilan rekonstruksiya qilish bo'yicha olib borilayotgan ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
📈Osiyo taraqqiyot banki ko'magida Ozarbayjonning « North West Construction LLC» ва Xitoyning «Road and Bridge Corporation» (CRBCChina) kompaniyalari tomonidan olib borilayot rekonstruksiya ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.
🇺🇿Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan Toshkent davlat transport universiteti bilan yuqori malakali ilmiy va muhandis kadrlar tayyorlash hamda ularni ilmiy faoliyatga keng yo‘naltirish borasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakulteti talabalarining nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida yo‘l qurilish-ta’mirlash obyektlarida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash uchun sharoitlar yaratilgan.
🏎Transport universiteti o‘qituvchi va talabalari ham Press-turda ishtirok etib, nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash imkoniga ega bo‘ldilar.
Qo'ng'irot tumani "Jasliq" posyolkasi hududida yo'l qurilishida qatnashayotgan xorijiy hamkorlar uchun barcha sharoitlarga ega maxsus shaharcha barpo etilgan.
🎤Press-tur ishtirokchilari ishchilar oshxonasida tushlik qilishdi va yaratilgan sharoitlarga o'zlari guvoh bo'lishdi.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-saytb
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM