Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.89K subscribers
67.5K photos
4.46K videos
96 files
10.9K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#Buxoro_viloyati

🔹 Avtomobil yo‘llarining qatnov qismini yaxshilash, avtotransportlar harakatini xavfsiz va to‘xtovsiz tashkil etishni ta’minlash maqsadida “Romitan tuman yo‘llardan foydalanish unitar” korxonasi tomonidan tuman markazida joylashgan “Bobur” mahalla fuqarolar yig‘inining “Nurafshon” ko‘chasida asfalt yotqizish ishlari amalga oshirildi.

🔸 Yo‘l qurilishida 10 dan ortiq maxsus texnikalar va 25 ga yaqin ishchi-mutaxassislar tunu kun mehnat qilib, vazifani qisqa vaqt ichida uddalashdi. Shuningdek, mahalla hududida 20 ga yaqin tungi yoritish chiroqlari, 500 metr masofadan ortiq piyodalar yo‘lagi hamda yo‘l qirg‘og‘iga latoklar o‘rnatildi.

🔹 Natijada katta yo‘l bo‘ylab maktabga qatnovchi o‘quvchilar, tibbiyot punkti yoki  boshqa muassasalarga qatnovchi aholi vakillari hamda ishchi-xodimlar uchun qulaylik yaratildi. Bu orqali avtomobil va piyodalar qatnovini tartibga solinishi va yo‘l-transport holatlarini oldini olishga erishiladi.

Ulaning: 👉 https://t.iss.one/avtoyulqumita
#Buxoro_viloyati

"Xalach" mahallasining qishloq yo‘llari ta’mirlanmoqda

💠O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408 sonli qaroriga muvofiq Vobkent tumanida mavjud yo‘llarni ta’mirlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tumanidagi "Xalach" mahallasi aholisini uzoq yillardan beri yo‘l muammosi qiynab kelardi. Ushbu qishloq yo‘llari yaroqsiz holatga kelib qolgani, ushbu yo‘ldan o‘tuvchi transport vositalarining ham qulay harakatlanishiga to‘sqinlik qilardi.

🌀Aholi murojaatlari inobatga olinib, ayni kunlarda "Vobkent yo‘llardan muntazam foydalanish" unitar korxonasi yo‘lsozlari tomonidan Quyi Xalach, Yuqori Shexon, Odoqariq qishloqlari yo‘llarining jami 5 ming 565 metr qismida asfaltlashtirish va betonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Ulaning: 👉 https://t.iss.one/avtoyulqumita
#Sirdaryo_viloyati

☑️"Oqoltin tuman yo'llardan foydalanish" unitar korxonasi tomonidan davlat ahamiyatidagi 4R-31 avtomobil yo'lida joriy ta'mirlash ishlari olib borilmoqda

Ulaning: 👉https://t.iss.one/avtoyulqumita
Мингтерак маҳалласида аҳоли мурожаатлари ўрганилди

Янги Наманган туманининг «Саховат», «Саховат 3» кўчасида йўлларни созлаш ва ичимлик суви етказишни яхшилаш каби масалалар бўйича мурожаат келиб тушди.

Мазкур кўчалар янги хўжалик хонадонлардан иборат бўлиб, аҳолига қулай турмуш тарзини яратиш чоралари бошлаб юборилган.

Биринчи галда электр таъминотини созлаш масаласини ечимга келтиришга эътибор қаратиш зарурлигини масъулларга тушунтирди. Сув ва йўл масаласи ҳам ижобий ҳал этиладиган бўлди.

Наманган вилояти Автомобиль йўллари бошқармаси