#SHUKRONALIK
#ADABIY_CHEKINISH
O'ZBEGIMNING YO'LLARI...
KECHA,BUGUN VA ERTAGA YOXUD OTABEKNING ARMONI...
Abdulla Qodiriyning mashhur "O'tkan kunlar" asarini o'qimagan, Otabekning sevgisiga havas qilib, Kumushning taqdiriga achinmaganlar bo'lmasa kerak. Muhabbat uchun vaqtu-masofa muhim emas deganlaridek, xurjunini otining egariga osib, jazirama yozu, izg'irin ayozda Toshkentu Marg'ilon orasida qatnayverib, charchamagan Otabekka rahmi kelganlar ham yetarli bo'lgandir. Axir yo'l azobi, go'r azobi deb bejizga aytilmaganku?...
Endi bir o'ylab ko'ring, Otabek XXI asrda, shu mustaqillik zamonida yashaganida ahvol qanday kechardi? Tabiiyki tabiatan xushxulq va tadbirkor Otabekning shaxsiy avtoulovi bo'lardi. Prezidentimiz, o'z ma'ruzalaridan birida ta'kidlaganidek, "Bugungi kunda deyarli har ikki oiladan biri shaxsiy transport vositasiga ega va bu mashinalar aynan yurtimizda ishlab chiqarilgani barchamizga mamnuniyat va g'urur bag'ishlaydi". Qolaversa, mamlakatimizda yuk va yo'lovchi tashishda avtotransport hissasi 90 foizdan oshig'roqni tashkil etadi. Shunday ekan, qahramonimiz - Otabekning uzoq yo'ldan tezda horiydigan oti o'rniga zamonaviy Kaptivami yoki juda bo'lmaganda, bir Lasettisi bo'lishi tabiiy hol, nazarimizda. Endi tartib bo'yicha mashinalarimiz ta'rifini ko'klarga ko'tarishimiz kerak edi. Lekin biz undan-da muhim bir jihatga e'tiboringizni qaratishni istadik. Otabekning oti yo'rg'alagan yo'llar esingizdami? Ko'z oldingizda o'nqir-cho'nqir, past-balandliklardan iborat so'qmoq yo'l gavdalangan bo'lsa, ajab emas. Uzoq, chang-to'zonli, ustiga ustak kimsasiz yo'llar... Ushbu yo'l azobidan cho'chish hissi, yo'lning o'zi tugul, taraddudiyu xavotiri qancha vaqt va kuch talab qilishini bir eslab ko'ring-a? Aslida insoniyatning rivojlanishiga ham turmush tarzini yaxshilash zarurati, qulaylikka intilish turtki bo'lgan desak, mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Shunday ekan olis manzillarni yaqinlashtirib berayotgan yo'l qurilishi sohasidagi bunyodkorlikni amalga oshirayotgan yo'lchilarimiz sha'niga qancha maqtovlarni aytsak shuncha kam...
Bugun biz axborot asrida yoki mashhur olim Toffler bashoratida aytganidek "uchinchi to'lqin" - postindustrial jamiyatda yashayapmiz. Bunday jamiyatda barcha qadriyatlar vaqt tushunchasi bilan to'qnashadi, barcha sohalarda tezkorlik tamoyiliga amal qilina boshlaydi va shu jamiyatning har bir a'zosi zamonning bu xususiyati bilan ertami-kechmi, hisoblasha boshlaydi. Qodiriyning "O'tkan kunlar"idagi bosh qahramonning onasi – O'zbek oyimning Yusufbek hojiga ko'z yosh qilishiyu, Kumushdan ginasi zamirida ham uzoq masofa sabab, uni o'g'li – Otabekdan ayirayotgan shu vaqt yotgandek go'yo. Agar "O'tkan kunlar" asaridagi voqealar tasmasi XXI asrda, shu kecha kunduzda ro'y berganida edi, Toshkent va Marg'ilon o'rtasidagi atigi 350 km.ni tashkil etadigan masofa O'zbek oyimning jahliga, Otabekning azoblariyu, Kumushning ayanchli taqdiriga sabab bo'lmasdi, chunki bir necha kunda bosib o'tiladigan uzoq yo'lni atigi bir necha soatda bosib o'tish imkoniyati hijronga yo'l quymas va ularning hayotida Zaynabning paydo bo'lishiga zarurat tug'ilmas edi.
Zero, Otabeklar Kumushidan ayrilmasligi uchun yo'llar ravon, masofalar ham qalblar kabi yaqin bo'lishi kerak.Minglab Otabeklarni Kumushi visoliga yetkazishiga bel bog'lagan fidoiy yo'lchilarning ezgu ishida hamisha zafarlar yor bo'lsin.
https://t.iss.one/avtoyolpressa

Telegram
Andijon Avtoyo'l Axborot va Matbuot xizmati
Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati Rasmiy kanali
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukronalik
#Inson_qadri
ANDIJONDA ZAMONAVIY KO'RINISHGA EGA KO'PRIKLAR BARPO ETILMOQDA
https://t.iss.one/and_avtoyolpressa

#xalq_roziligi
"SHODLIK" MAHHALASI YANGICHA SHUKUH KIRDI...

KO'CHALARI QUVOCHGA TO'LAYOTGAN JALAQUDUQ TUMANIDAGI CHEKKA MAHALLALARDAGI AHOLINING ISLOHOTLARDAN ROZILIGI
⚡️Ularning shukronalik kayfiyatini biz bilan birga kuzating...