Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.9K subscribers
67.4K photos
4.46K videos
96 files
10.9K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#JARAYON #PASTDARĞOM

💠 Sazag‘on mahallasining uzoq yillik orzulari ushaldi

Pastdarg‘om tumani hokimi Vahobjon Murodqobilov tumanda olib borilayotgan qurilish bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlarini joyiga borib o‘rgandi.

Jumladan, Sazag‘on mahallasi ichki tuproq yo‘lining 1,2 kilometr qismiga asfalt qoplamasi yotqizish rejalashtirilgan bo‘lib, ayni paytda yo‘lni asfaltlash jarayoni olib borilmoqda. Tuman hokimi yo‘l qurilish jarayoni bilan tanishdi. Mas’ullarga yo‘l sifatiga alohida e’tibor berish zarurligini ta’kidladi.

Darhaqiqat, ushbu ko‘cha tuman markazidagi ko‘chalardan biri bo‘lishiga qaramasdan, uzoq yillardan buyon asfaltlanmagan, yozda chang qishda esa loy edi. Bu esa aholiga bir qancha noqulayliklar tug‘dirardi. Endi ushbu mahallada yashovchi fuqarolarning ko‘p yillik orzulari ushaldi.

Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi

https://t.iss.one/SamAvtoyul

|Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube|
#jarayon

Namangan avtoyo‘l bosh boshqarmasi - "Namanganyo‘lko‘kalam'' unitar korxonasi xodimlari tomonidan manzilli ro‘yxat asosida viloyatning barcha shahar va tumanlarda  davlat va mahalliy ahamiyatdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari yoqalariga ekilgan manzarali terak qalamchalarini o‘tlardan tozalab, ariq ochgan holda sug‘orish, agrotexnik saqlash ishlari olib borilmoqda.

|Instagram| Facebook|Telegram|
Шимолий айланма йўлида ирригация тармоқлари созланмоқда

Янги Наманган туман ҳудудидан ўтувчи 4Р-117 автомобиль йўлининг 22-29 км қисмида мукаммал таъмирлаш ишлари кетмоқда. Йўлларни текислаб, асфальтлаш ишлари баробарида ҳудуддаги ирригация тармоқлари ҳам соз ҳолатга келтириляпти.

Лойиҳага кўра «Бест строй-2020» МЧЖ пудратчилиги асосида 7 км узунликдаги йўлда замонавий металл тўсиқлар, ёритиш чироқлари, пиёдалар ҳамда велосипед йўлакчаси ҳам барпо этилади.

Вилоят ҳокими ўринбосари Саидаҳмад Султонов ҳамда туман ҳокими ва сектор раҳбарлари таъмирлаш ишларини кўздан кечирди, жараённи сифатли якунлаш бўйича масъулларга кўрсатмалар берди.