Avtomobil yo'llari qo'mitasi
12.7K subscribers
68K photos
4.59K videos
96 files
11.2K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#jarayon

"Andijonyo‘lko‘kalam" UK xodimlari tomonidan Andijon viloyati  avtomobil yo‘l mintaqasida ekilgan buta va manzarali daraxt ko‘chatlarini parvarishlash hamda sug‘orish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.

|Instagram| Facebook|Telegram|
Хонадонларга қуёш панеллари ўрнатилмоқда      
            Мамлакатимизда қайта тикланувчи энергия манбаларидан кенг  фойдаланишга, табиий ресурпсларни тежашга алоҳида эътибор қаратилаяпти. Тошкент вилояти Автомобиль йўллари бош бошқармасининг тизим корхоналари раҳбарияти яхши ташаббус билан чиқишган, ўзлари яшаётган хонадонларга қуёш батареяларини ўрнатиш бўйтича намуна бўлишни билдиришган эди. Ана шу ғоя амалга ошди, дастлаб Бўстонлиқ ҳамда  Бекобод тумани йўллардан фойдаланиш УК раҳбарияти  ўзлари истеъқомад қилаётган хонадонларнинг том қисмига қуёш батареяларини ўрнатди.
        Албатта, Тошкент вилоятида ҳаётга тадбиқ қилинган мазкур лойиҳани Автомобиль йўллари қўмитасининг ҳудудий бошқармалари кесимида оммалаштирса арзийди.
Тошкен вилояти Автомобиль йўллари бош бошқармаси Ахборот хизмати
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

  Jizzax shahrining markaziy ko‘chasi hisoblangan Sharof Rashidov shoh ko‘chasini ravon qilish maqsadida asfaltlash ishlari boshlandi.

Manba:  @Jizzaxtv_Rasmiy

@Jizzax_avtoyol_pressa
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qo‘qon shahrida mahallalardagi ichki ko‘chalar ta’mirlanmoqda

Davlatimiz rahbarining “Mahallalarda infratuzilmani yaxshilash orqali aholiga qulay sharoitlar yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Qo‘qon shahridagi "Nurafshon" mahallasida 1700 metr ichki ko‘chalarni ta’mirlash uchun 500 million so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilgan.

Ayni paytda mahalladagi Dang‘ara ko‘chasidagi ichki yo‘lni ta’mirlash ishlari nihoyasiga yetkazilib, aholini ko‘p yillardan beri qiynab kelgan muammo hal etildi.

Farg‘ona viloyat Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi axborot xizmati
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
XALQNI ROZI QILISH UCHUN ISHNI NIMADAN BOSHLASH KERAK?

So'nggi kunlarda viloyatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlar obodlik bilan chambarchas bog'liq. Yurtboshimiz tomonidan chiqarilgan qaror esa bu boradagi islohotlarda muhim strategik hujjat bo'lib xizmat qilmoqda.

Birgina Andijon tumanini olaylik. Bu manzil avvalgidanda butunlay o'zgardi. Mazkur hudud ton ma'noda bunyodkorlik va obodlik markaziga aylandi. Tumanning "Maorif" fuqarolar yig'iniga qarashli ko'chalarda ham qaror asosida ichki xo'jalik yo'llarini ta'mirlash yuzasidan salmoqli ishlar bajarildi. Shahrixon tumani yo'lsozlarining savobli mehnati sabab mahalla yo'llari asfaltlandi.

Ahamiyatlisi, mahalla ahli yo'lsozlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan ayni damda minnatdor va taraqqiyotga hayrihox.
Bugunidan rozi!

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
#Texnik_kõrik.

   Avtomobil yo'llari qo'mitasi tarkibidagi, "Bog'ishamol yo'llardan foydalanish" UK ga qarashli texnikalar, jumladan avtosamosvallarni,  biriktirilgan qurilish obektlariga kuzatishdan oldin, texnik holati ko'zdan kechirilib, texnik ko'rikdan o'tkazildi.

Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi

https://t.iss.one/SamAvtoyul

|Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube