Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.91K subscribers
67.4K photos
4.43K videos
96 files
10.8K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
BUYUK TURON MAHALLA AHLI BUGUNIDAN ROZI

So'nggi hafta Buloqboshi tumani aholisi uchun ham quvonch baxsh etadigan samarali ishlar bilan yakun topdi. Xabaringiz bor, Prezidentimizning 2022 yil 25 oktyabr kungi "2022-2023 yillarda mahallar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar  to'grisida" gi PQ-408-sonli qarori qabul qilinib, unga asosan Andijon viloyatidagi 473 ta mahallaning infratuzilmasini yanada yaxshilash uchun 581,1mlrd so'mdan ziyod mablag' ajratilgan edi. Yo'lsozlar tomonidan mazkur qaror asosida mahallalardagi uzoq yillardan buyon yechimini kutayotgan muammolar bartaraf etila boshlandi.

Xususan, kuni kecha Buloqboshi  tumani mutasaddilari va faollari tumandagi "Buyuk turon" mahalla fuqarolar yig'inida bo'lishib, aholining muammolarni xal qilish va yo'lsozlar tomonidan aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida olib borilayotgan keng ko'lamdagi ishlar bilan tanishishdi.

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
Namangan yo‘llari holati nazoratdan o‘tkazilmoqda

So‘ngi yillarda yurtimizda ko‘priklar,  yo‘l o‘tkazgichlar,  yer usti va baland avtomobil yo‘llari qurilishi ko‘lami va sifati oshib bormoqda.

Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari boshqarmasi tomonidan ham davlat ahamiyatidagi hamda ichki yo‘llar holatini yaxshilash, fuqarolar xavfsizligi va farovonligini ta’minlash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Viloyatda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish,  nazorat qilish maqsadida Respublika transport prokurori Ma'rufxon Xodjayev boshchiligida ishchi guruh Namangan viloyatida bo‘lib, Chust tumanidagi asosiy yo‘llardan biri hisoblanuvchi "4R-112-G Chust shahriga kirish avtomobil yo‘lining 10-kilometridan boshlab,  davlat ahamiyatidagi  4R-121 Kosonsoy- Chust shahriga,  Chust temiryo‘l stansiyasi- Pop temiryo‘l stansiyasi" avtomobil yo‘lining 36-kilometri bilan bog‘lovchi 3,6 kilometr uzunlikdagi yangi avtomobil yo‘lini qurilish jarayonini ko‘zdan kechirmoqda.

Mazkur yo‘ldagi asfalt qoplamasining holatini ko‘zdan kechirish baxtsiz hodisalarning oldini olish, yo‘llarning haydovchilar va piyodalar uchun qulay holatda bo‘lishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

Tekshiruv davomida aniqlangan har qanday muammolar zudlik bilan hal qilish choralari ko‘riladi va bu ishlar mintaqadagi har bir kishi xavfsizroq va ishonchli yo‘ldan foydalanishini ta'minlashi bilan ahamiyatlidir.

Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari boshqarmasi
#online

Respublika Transport prokurori Maʻrufxon Xodjayev boshchiligidagi ishchi guruh Saxovat va Bunyodkor mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Oʻrganishlar chogʻida Yangi Namangan tumanining Saxovat mahallasi hududini shahar bilan bogʻlovchi avtomobil yoʻli qurilishining borishi koʻrildi.

4R-214 avtomobil yoʻlining 7-13 km qismida 12,6 km lotoklar, 11,7 km beton bordyur, 621 ta yoʻl toʻsiqlari oʻrnatilib, 3,8 km yoʻlga 41000 tonna asfalt bosish ishlari bajarildi.

Bundan tashqari “Bunyodkor” mahallasiga olib boruvchi 4R-214 avtomobil yoʻlining 0-13 km qismida bajarilgan yoʻlni kengaytirish ishlari nazoratdan oʻtkazildi.

4R-214 avtomobil yoʻlida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini jadallashtirish yuzasidan Respublika transport prokurori masʻullarga tegishli koʻrsatmalar berdi.

Namangan viloyati Avtomobil yoʻllari boshqarmasi
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш ишларини янги поғонага олиб чиқиш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по вопросам поднятия на новый уровень работы в сфере занятости и сокращения бедности.

Facebook|Instagram|Twitter
Davlatobod tumani “Xalqlar doʻstligi” va “Gulobod” MFYlarni bogʻlovchi Shimoliy Fargʻona kanali ustidan oʻtuvchi koʻprik asfaltlanmoqda.