Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.9K subscribers
67.4K photos
4.46K videos
96 files
10.9K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
🚧XAVFSIZ YO'L - XAVFSIZ HAYOT

Xalqimizga ravon yo'l qurib berish, aynan yo'llarda duch kelinadigan noqulayliklarga barham berish maqsadida viloyatimizning barcha hududlarida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada davlat ahamiyatidagi avtomobil yo'llari bosqichma-bosqich joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirilayotgani piyoda va transport vositalarining xavfsiz harakatlanishida katta qulaylikdir.

Avtomobil yo'llarini sifatli ta'mirlash borasida Oltinko'l tumanida ham tizimli ishlar olib borilmoqda. Shu kecha kunduzda tuman yo'lsozlari tomonidan tuman hududidagi mavjud umumfoydalanuvdagi avtomobil yo'llarida yo'l belgilari o'rnatish, piyolar uchun yo'lakchalar chiqish hamda saqlash va joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
"Ташаббусли бюджет" лойиҳаси доирасида "Калдушон" маҳалла фуқаролар йиғинидаги ички йўллар равон бӯлмоқда

Фурқат тумани "Калдушон" маҳалла фуқаролар йиғинида 1 212 та хонадонда 5 544 нафар аҳоли истиқомат қилади. Маҳаллада 11 та - Шох, Боғ, Қумлоқ, Сой, Янги ҳаёт, Ёшлик, Обод, Иттифоқ, Узун, Тутмайизак, Тегирмонбоши кўчалари мавжуд.

"Ташаббусли бюджет" лойиҳасининг ӯтган йилги иккинчи босқичида маҳалланинг таъмирга муҳтож бўлган ички йўлларни таъмирлаш билан боғлиқ ташаббуслари 3 121 та овоз билан ғолиб деб топилган эди.

Айни кунларда, ташаббус натижасида маҳалланинг Боғ, Сой, Қумлоқ, Ёшлик каби кўчаларининг 700 метр ички йўллари астфальтланмоқда.

Фарғона вилояти автомобиль йўллари бош бошқармаси ахборот хизмати
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jamoatchilik_nazorati

Internet tarmogʻida Quyi Chirchiq tumani “Chaqmoq” mahallasida yashovchi fuqaro asfalt sifatini qanday tekshirib olayotgani aks etgan surat tarqalgan edi. “Oʻzbekiston24” telekanalining “Menimcha” tahliliy koʻrsatuvi ijodkorlari voqea joyiga bordi.

Mana shu va, umuman, Toshkent viloyatida “Tashabbusli byudjet” ijrosi boʻyicha qilinayotgan ishlar haqidagi lavhani tomosha qiling.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Buvayda

Buvayda tumani Alimergan qishlog'i aholisining azaliy orzusi ushalmoqda.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
Yangihayot mahallasidagi yarim chaqirimlik taʼmirtalab ichki yoʻllar oʻrnida sement-beton qoplamali yangi yoʻl qurilmoqda

Oʻzbekiston tumanida taʼmirtalab ichki yoʻllarni taʼmirlash, bunda yoʻllarni shagʻallash va aslfaltlashtirish bilan birgalikda sement-beton qoplamaga oʻtkazish ishlari ham davom etmoqda.

Shu asosda tumanning koʻp millatli aholi vakillari istiqomat qiladigan “Yangihayot” mahalla fuqarolar yigʻinidagi Ahil inoq koʻchasidagi 500 metr ichki yoʻllar sozlanib, sement-beton qoplama yoʻl bunyod etilmoqda.

Klaster usulida sement-beton qoplamali ichki yoʻllarni qurish va taʼmirlash ishlari manzilli roʻyxat asosida mahallalar boʻylab davom etishi koʻzda tutilgan.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati