Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.83K subscribers
67.6K photos
4.51K videos
96 files
11K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
Joylarda Prezident qarori ijrosi ta'minlanmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi “2022-2023- yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 408-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Sariosiyo tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan Sariosiyo tumani, "Ayroport" Mahallasi Oq yõl 6.7.9 kõchalarida asfaltobeton qoplamasini yotqizish ishlari bajarildi.

Surxondaryo viloyati avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi matbuot xizmati
“Sulton” mahalla fuqarolar yigʻinida yana ikkita koʻcha asfaltlandi

Uchko'prik tumani “Sulton” mahalla fuqarolar yigʻinida Prezidentimizning 2022-yil 25-oktyabrda qabul qilingan “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori asosida 1 ming 100 metr masofadagi yana ikkita koʻchaga asfalt yotqizildi.

Ayni vaqtda “Sulton” mahalla fuqarolar yigʻinida ham ichki yoʻllar bilan bogʻliq mavjud muammolarni bartaraf etish va bu orqali aholiga qulaylik yaratish maqsadida ichki koʻchalarda asfaltlash ishlari olib borilmoqda.

Loyiha doirasida mahalla hududida qariyb 2 ming 500 metr masofadagi koʻchalar asfaltlanishi rejalashtirilgan.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
Бердақ номидаги Қорақалпоқ давлат академик мусиқали театрида миллатлараро тотувликка бағишланган маданий тадбир бўлди. Унда Президент Шавкат Мирзиёев иштирок этди.

В Каракалпакском государственном академическом музыкальном театре имени Бердаха состоялось культурное мероприятие, посвященное межнациональному согласию. В нем принял участие Президент Шавкат Мирзиёев.

#Mirziyoyev #safar #Qoraqalpogiston #badiiydastur

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#kóprik

Shahrimizning "Bog‘ishamol" mahallasi hududida "Sangzor" daryosidan kesib o‘tuvchi ko‘prikni ta'mirlash ishlari mana o`z nihoyasiga yetib, shunday muborak kunlarda foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodov va mahalla oqsoqollari so`zga chiqib, yurt boshimiz boshchiligida go`zal diyorimizda tinch-totuvlikda shundayin ezgu ishlar amalga oshiralayotganiga yaratganga shukronalar aytishdi. Mazkur ko‘prik Davlat ahamiyatidagi 4R-35 "Jizzax sh-(4R38 avtoyo‘li)-Paxtakor sh-Do‘stlik sh- Gagarin sh-M39 avtoyo‘li(918km) " avtomobil yo‘lining 0.164 kmda joylashgan bo‘lib, Muhtaram Prezidentimizning 2022 yil 22-oktabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 408-sonli qarori asosida ta'mirlangan, loyiha qiymati 3,1 mlrd so‘mni tashkil etadi. Ko‘prikni uzunligi 67 m harakatlanish qatnov qismi 9 m, yuk ko‘tarish quvatti esa har bir o‘qqa 8 tonnadir.

@Jizzax_avtoyol_pressa