Avtomobil yo'llari qo'mitasi
11.5K subscribers
67.7K photos
4.54K videos
96 files
11K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#Live
#Xavfsiz_yo'l
#Mobil_photo

NOQULAY OB HAVO SHAROITIGA QARAMAY YO'LSOZLAR TOMONIDAN YO'LLARDAGI XAVFSIZLIK TA'MINLANMOQDA

Ayni kecha kunduzda viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida noqulay ob-havo sharoiti kuzatilayotgani hech birimizga sir emas. Tunning yarmi bo'lishiga qaramay yog'ayotgan qor hamda muzlamalarni bartaraf etish va transport vositalarining to'xtovsiz harakatlanishini ta'minlash maqsadida Xo'jaobod tumani hududidan o'tuvchi A-373 a avtomobil yo'llida tuman yo'lsozlari tomonidan tezkor tartibda yo'l qoplamasida sirpanchiq bo'lmasligi uchun yo'l qoplamasini qordan tozalash va qum-tuz aralashmasi sepish ishlari jadallik bilan amalga oshirilib, transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi choralari ko'rilmoqda.

Batafsil fotolavhalarimizda...

https://t.iss.one/and_avtoyolpress
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ASAKA TUMANIDA XALQ ROZILIGI YO'LIDA MUAMMOLAR O'Z YECHIMINI TOPMOQDA.

https://t.iss.one/and_avtoyolpress
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mening_Madhiyam

🇸🇱Hur va ozod O‘zbekistonimizning istiqlol kuyi mangu yangrasin!

Bugun O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilinganligiga 30 yil to'ldi. Qatrada quyosh aks etganidek, jonajon O'zbekistonimizning asl sifati, tarifu tavsifi davlatimiz madhiyasida namoyon.

1992-yil 10-dekabr «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun.Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi shartligi alohida ta’kidlangan.

“Vatan tuyg'usi, Vatan madhiyasi... Bu tushunchalar mushtarak, bir-biroviga uyg'unlashib ketgan. Garchi kim uchundir balandparvoz tuyulsa-da, o'zi tug'ilib o'sgan mo'tabar diyorga mehr, o'z eliga bo'lgan ehtiromni shakllantirishda madhiyamizning o'rni beqiyosdir.

https://t.iss.one/and_avtoyolpress
🌨OB-HAVONING HAR QANDAY SHAROITIDA HAM YO'LSOZLAR TUNU KUN MEHNAT QILMOQDALAR!

❄️Xabaringiz bor yurtimizda qish fasli kirib kelganligi munosabati bilan viloyatimiz hududidagi davlat va mahalliy ahamiyatga  ega avtomobil  yo'llarida qishki qarov ishlari keng ko'lamda amalga oshirilmoqda.

❄️Ma'lumki, har qanday katta yoki kichik noqulayliklar tun yarmida ko'zga tashlanadi. Kuni kecha tuni bilan davom etgan noqulay ob-havo va to'xtovsiz yoqqan qor avtomobil yo'llaridagi  qatnovni tubdan og'irlashishiga sabab bo'lishi mumkinligi esa ayni haqiqat.

🛣Xalqimizning qish mavsumida kuzatiladigan noqulay ob-havo va qor yog'ayotganligi sabab avtomobil yo'llaridagi transport vositalarining to'xtovsiz harakatlanishini ta'minlash maqsadida Andijon yo'llardan Muntazam foydalanish unitar korxonasi yo'lsozlari ham tunu kun ishlamoqda. Korxonaning mas'ul hodimlari tomonidan davlat ahamiyatidagi 4R-136 "Ko'tarma-Qorasuv-Xonobod avtoyo'li-Topolino" avtomobil yo'lining  01-41 km oralig'i,  xalqaro ahamiyatidagi "A373 " M39 Guliston-Bo'ka-Angren-Qo'qon va Andijon orqali O'sh" avtomobil yo'lining 436-446 km oralig'ida hamda 4R-130 "Andijon xalqa yo'li"  avtomobil yo‘llining 20-29 km qismlarida tuni bilan yo'llarga qum-tuz aralashmasi sepish ishlari amalga oshirilib, muzlash holatlariga qarshi tezkor choralar ko'rilib, fuqarolar va transport vositalari qatnovida xavfsizlik ta'minlandi.

Jarayonlar batafsil fotolavhalarimizda....

https://t.iss.one/and_avtoyolpress