Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.83K subscribers
67.6K photos
4.51K videos
96 files
11K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
Xayrli tashabbus ko'lami yanada ortib bormoqda...

"Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla" yilida Andijon viloyatida aholi turmush farovonligini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa qurilish, bunyodkorlik ishlarini olib borish, yangi ijtimoiy obyektlarni qurish, mavjudlarini ta'mirlash masalasiga alohida e'tibor qaratilyapti. Bu xayrli ishlarning borishi viloyat hokimining tashabbusi va soha mutasaddilarining doimiy nazorati ostida amalga oshirilmoqda.

Barchamizga ma'lumki, qishloqlarga infratuzilma borsagina hayot sifati yaxshilanadi. Ayni kunlarda viloyatimizning har bir hududida, jumladan, tanlab olingan og'ir hududga kirgan mahallalarda ichki yo'llarni ta'mirlash borasida Paxtaobod tumanida ham samarali ishlar amaliyotga tadbiq etilmoqda.

Xususan, tumanda Qo'qonqishloq  MFY og'ir hudud dep topilgan bo'lib, ushbu mahalla ahli yozda chang qishda loy ko'chalardan aziyat chekayotgan edi.Bugun ularning murojaatlari tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasi yo'lsozlari tomonidan e'tiborga olinib, mahallaning "Ozod diyor" ko'chasida yo'llarni tekislash jarayonlari keng ko'lamda boshlab yuborildi...

Batafsil foto lavhalarimda...


https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
Forwarded from Human.uz | Rasmiy kanal
⚡️⚡️«Қамчиқ» довонида транспорт воситаларининг ҳаракати вақтинча чекланади

«Қамчиқ» довонидан ўтувчи А-373 автомобиль йўлининг 251-километрида тепаликлардан тош кўчириш ишлари олиб борилади. Шу сабабли бугун, 2022 йил 20 ноябрь куни соат 09:30 дан бошлаб транспорт воситаларининг ҳаракати вақтинча (кўп бўлмаган муддатга — кўчириш ва тозалаш ишлари якунлангунга қадар) чекланади.

Мазкур ҳудудда транспортлар учун ҳаракат қайта тикланиши бўйича қўшимча маълумот берилади.

Каналга уланинг:
👉@humanuzofficial
Forwarded from UzA | Tezkor xabarlar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️«Қамчиқ» довонида транспорт воситаларининг ҳаракати вақтинча чекланади

2022 йил 20 ноябрь куни соат 09:30 дан бошлаб «Қамчиқ» довонидан ўтувчи А-373 автомобиль йўлининг 251-километрида тепаликлардан тош кўчириш ишлари олиб борилиши сабабли транспорт воситаларининг ҳаракати вақтинча (кўп бўлмаган муддатга — кўчириш ва тозалаш ишлари якунлангунга қадар) чекланади.

Мазкур ҳудудда транспортлар учун ҳаракат қайта тикланиши бўйича қўшимча маълумот берилади.

Каналга уланиш:

@uzauz
Forwarded from "Қамчиқавтойўл ИЙФК" ДМ (Bahtiyor Yuldashalievich)
#Расмий
«Қамчиқ» довонида транспорт воситаларининг ҳаракати тикланди

«Қамчиқ» довонидан ўтувчи А-373 автомобиль йўлининг 250,5-километрида автотранспортлар қатнов қисмига хавф туғдирадиган тоғ жинслари тушириш ишлари якунланди. 2022 йил 20 ноябрь куни соат 11:05 дан бошлаб транспорт воситаларининг ҳаракати тикланди.
#Mingbuloq

Мингбулоқ тумани йўлларидан фойдаланиш унитар корхонаси 240-йўл бўлими томонидан 4Р-126 "Балиқчи - Мингбулоқ - Найман - Пунгон" автомобил йўлида сақлаш ишлари бажарилмоқда

Наманган вилояти автомобил йўллари бошқармаси
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
⚡️Barcha muvaffaqiyatlarga inson qadrini yuksaltirish orqali erishish bu Yangi O'zbekistonning yangi yo'l xaritasidir...

Ezgu harakatlarga yo'g'rilgan islohotlar zamirida eng avvalo xalqni davlatdan rozi qilish maqsadi mujassam. Shunga ko'ra, Andijon viloyatidagi hududlarning yo'l borasidagi muammolarini aniqlash va bartaraf etishda yo'l bunyodkorlari tomonidan ko'plab savobli ishlar amalga oshirilmoqda.

Marhamat tumani hududidan o'tuvchi umumfoydalanuvdagi 4R-140 "Marg'ilon-Quva-Marhamat-Aravon" avtomobil yo'li transport vositalari va aholi vakillarini uzoq yillardan beri yo'l muammosi qiynayotgan edi.

Ayni kunlarda ushbu masala ijobiy yechim topti. Davlatimiz rahbarining e'tibori, viloyatimiz hokimi tashabbusi bilan Marhamat tumani hududidan o'tuvchi 4R-"Marg'ilon-Quva-Marhamat-Aravon" avtomobil yo'lining 4 km qismida Andijon viloyati yo'llardan Muntazam foydalanish unitar korxonasi tomonidan mukammal ta'mirlash ishlari olib borilib, asfalt qoplamasi yotqizilmoqda.

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Marhamatliklarning quvonchi cheksiz. Sababi, Marhamat tumanidagi 4P-140 «Marg'ilon-Quva-Marhamat-Aravon» umumfoydalanuvdagi avtomobil yo'lining 4 km qismida Andijon yo'llardan Muntazam yo'llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda...

Batafsil jarayonlarimizda...

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa