Avtomobil yo'llari qo'mitasi
12.6K subscribers
67.7K photos
4.54K videos
96 files
11.1K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#Chust

Namangan viloyati Avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi tasarrufidagi Chust tuman yo‘llardan muntazam foydalanish unitar korxonasi 267-yo'l bo'limi xodimlari tomonidan "Farg'ona halqasi" avtomobil yo'lining 39-54-kilometrlari oralig'ida mavjud yo'l qoplamasini bo'yash, ajratuvchi tasmalar chizish, yo'l belgi ustunlari va ogohlantiruvchi ustunlarni oqlash hamda mavjud aylanma harakat maydonlarini (kolsovoy) turli chiqindilardan tozalash ishlari amalga oshirildi.

Yuqoridagi ishlarni bajarish orqali piyodalar va haydovchilarga qulaylik yaratish bilan bir qatorda ekologiyaga e'tiborli bo'lish, atrof-muhitni toza saqlash maqsad qilingan

Namangan viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish — @Namanganavtoyul
#Chust

Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tasarrufidagi Chust tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi xodimlari tomonidan tumandagi "Og‘ir hudud" deb tanlab olingan Yorqishloq MFY, Mustaqillik ko‘chasida beton yo‘l qurish ishlari boshlandi.

Ushbu ko'chaning ichki xo‘jalik yo‘llari ta’mirga muhtoj edi va ayni paytda 310 metr uzunlikdagi beton yo‘l qurishga mazkur yerni tayyorlash maqsadida, yo‘l poyini tekislash va beton qoplama qurish ishlari bajarildi.

1 dona avtogreyder, 1 dona vibrokotok, 6 dona somasval texnikalari yordamida 14 ta ishchi va muhandis jalb qilingan mazkur mahalladagi ishlar nihoyasiga yetkazilsa jami 2800 metr joyda beton-qoplamali yo'l bitkazilib, aholiga foydalanish uchun topshiriladi.

Namangan viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish — @Namanganavtoyul