#BUXORO_VILOYATI
📍 Obod va ko‘rkam hududlar yurt farovonligi bilan bir qatorda kishilar madaniyatidan ham darak beradi. Olot tumani hokimi Nargiza Nematova boshchiligidagi mutasaddilar, sektorlar rahbarlari, tegishli tashkilot va idoralar boshliqlarining tuman hududidagi yo‘l bo‘ylarini o‘rganish, shu kecha-kunduzda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.
🏘 O‘rganishlar chog‘ida tumanning "Usmonshayx" mahalla fuqarolar yig‘ini hududiga kiruvchi xalqaro ahamiyatdagi M 37 "Samarqand—Buxoro—Turkmanboshi" avtomobil yo‘lining 331-qismidan 365-qismiga qadar yo‘llarini obod qilish, zovur va yo‘l bo‘yidagi yaqin yillarda foydalanishga kiritilgan yerlar unumdorligini oshirish, qo‘shimcha qatorlarni to‘ldirib daraxtlar ekish va zovurni tartibga keltirish, eski yildan qolgan o‘tlarni o‘rib tashlash borasida vazifalar belgilab berildi.
🚌 Shuningdek, yo‘l yoqasidagi "Asajam", "Yosh botir", "Arabxona" mahalla fuqarolar yig‘inlarida ham aholi xonadonlari fermer xo‘jaliklariga tegishli yer maydonlarining atrofini tozalash va mevali hamda manzarali ko‘chatlar sonini ko‘paytirish borasida aniq vazifalar mas’ullarga yuklatildi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI
#JARAYON
☄️ Qorovulbozor tumani viloyatning kenja tumani hisoblanadi. Bugun tuman hududida yo‘l va transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlarida qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
🗺 Tuman markaziga yaqin “Bo‘zachi” mahallasida istirohat bog‘i, boks maktabi bunyod etilib, hademay aholi foydalanish uchun topshiriladi.
📍 Ayni kunlarda tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan boks maktabiga olib boruvchi ichki yo‘lda asfaltlashtirish ishlari bajarilmoqda.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
📣 DIYOR YANGILIKLARI informasion dasturi: Yuk avtomobillarining vazn va hajm parametrlariga amal qilinishi yuzasidan reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI
📍 Xalqaro ahamiyatdagi M 37 "Samarqand — Buxoro — Turkmanboshi" avtomobil yo‘lining 264-kilometrida mavjud ko‘prik zovur ustiga qurilgan. Yo‘lning ayni shu qismi juda serqatnov. Ya’ni kasalxonalar, bozor, avto shoh bekat va turli korxonalar shu atrofda bo‘lgani uchun nafaqat avtotransport vositalari, balki piyodalar qatnovi ham gavjum.
📌 Piyodalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida Buxoro Yo‘llardan muntazam foydalanish korxonasi davlat muassasasining 91-yo‘l bo‘limi tomonidan ushbu ko‘prikning piyodalar o‘tish yo‘lagiga BDO-3 beton to‘siqlari o‘rnatildi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI
#xalqaro_hamkorlik
🔼 Ma’lumki, A 380 "Gʻuzor — Buxoro — Nukus — Beynov" xalqaro avtomobil yo‘li bosqichma-bosqich ta’mirlanmoqda. Mazkur loyihani amalga oshirishda Xitoy Xalq Respublikasining “China Road and Bridge Corporation” kompaniyasi pudratchi tashkilot sifatida ish olib bormoqda.
🕹 Bugun kompaniya vakili Wang Chengya Buxoro tumani hokimi Anvarjon Ochilov bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish haqida o‘zaro manfaatli takliflar o‘rtaga tashlanib, ularning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#xalqaro_hamkorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI
#JARAYON
📣 "Zarchabek" mahallasi Shofirkon tumani markazida joylashgan. Mahalladan o‘tuvchi D172 "Gʻijduvon sh. – Shofirkon sh." umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘lining 14.6-kilometrida mavjud ko‘prik eni 20 metr, uzunligi 9 metr bo‘lib, serqatnov yo‘l hisoblanadi.
🌐 Og‘ir turdagi yuk mashinalari harakatlanishi oqibatida mazkur ko‘prikning ma’lum qismi ta’mirtalab holatga kelib qolgan.
🔼 Tuman yo‘lsozlari tomonidan ko‘prikni zudlik bilan ta’mirlash choralari ko‘rildi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI
#JARAYON
📱 Yurtimizda transport vositalari sonining ortib borayotgani aholining turmush tarzi yaxshilanib, iqtisodiy imkoniyatlari kengayib borayotganidan dalolatdir.
⬇️ Yo‘llardagi tirbandliklarning oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘l infratuzilmasi ham rivojlanmoqda.
⛔ D 076 u "Jondor shahriga (289 km dan)" avtomobil yo‘lining tuman markazidan o‘tuvchi qismi asosiy yo‘l hisoblanadi. Yo‘lning avtomashinalar burulib olish joyda masofa kamligi sabab 1,2 metrga kengaytirish ishlar olib borilmoqda.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI
VOBKENT TUMANI
🔼 JARAYON
📈 Ogʻir oqibatli yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, piyodalar bilan bogʻliq boʻlgan baxtsiz hodisalarni kamaytirish hamda piyodalar tomonidan yoʻlning belgilanmagan joylaridan oʻtishlariga chek qoʻyish maqsadida Vobkent tumani hududidan oʻtuvchi xalqaro ahamiyatdagi M37 “Samarqand–Buxoro–Turkmanboshi” avtomobil yoʻlining 239-km da joylashgan Vobkent dehqon bozori qarshisidagi jami 400 metr masofaga temir panjaralar oʻrnatildi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
VOBKENT TUMANI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI
VOBKENT TUMANI
⛰ JARAYON
🔈 Vobkent tumani hududidan oʻtuvchi xalqaro ahamiyatdagi M37 “Samarqand–Buxoro–Turkmanboshi” avtomobil yoʻlining 239-km hamda davlat ahamiyatidagi D198 "Azizobod q.–M37 avtomobil (237 km)–Vobkent sh. Aliyor q.–Xo‘ja Porso q.–A380 avtomobil yo‘li (274 km ga)" avtomobil yoʻlining 25-km oʻzaro kesishgan tutashmaning geometrik parаmetrlari oʻzgartirilib, tartibga solinmagan ikkita piyodalar oʻtish joyi berkitildi va chorrahaga yaqin masofaga koʻchirtirilib, piyodalar hamda harakat ishtirokchilarining xavfsiz harakatlanishi taʼminlandi.
◾️ Shuningdek, mazkur tutashmaning atrofida yangi xavfsizlik orolchalari hamda jami 500 metr masofada mahalliy yoʻl shakllantirildi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
VOBKENT TUMANI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Buxoro_viloyati
#qaror_va_ijro
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-fevraldagi “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-138-son hamda 2023-yil 10-oktabrdagi "Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-330-sonli Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatimiz hududidan o‘tuvchi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining muhofaza mintaqasida noqonuniy, o‘zboshimchalik bilan joylashtirilgan bino-inshootlarni bartaraf qilish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
🖥 PQ-330-sonli Qarorning 7-bandida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalarining ajratilgan yo‘lbo‘yi mintaqalarida noqonuniy qurilgan bino-inshootlarni 2024-yil yakuniga qadar o‘rnatilgan tartibda bosqichma-bosqich ko‘chirilishini hamda ajratilgan yo‘lbo‘yi mintaqalari tashqarisida joylashgan bino-inshootlarga kirib-chiqish yo‘llarining shaharsozlik normalariga mos ravishda qayta qurilishini ta’minlash nazar tutilgan. Qarorga muvofiq, Buxoro viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tomonidan viloyat bo‘yicha yo‘l yoqalarida o‘zboshimcha noqonuniy qurilgan 150 ga yaqin obyektlar egalari bilan tushuntirish ishlari olib borildi.
◾️ Jumladan, xalqaro ahamiyatdagi M 37 "Samarqand — Buxoro — Turkmanboshi" avtomobil yo‘lining Vobkent tumani “Mo‘minobod” aholi punkti hududidan o‘tgan 241-km qismi yo‘lbo‘yi mintaqasida noqonuniy joylashtirilgan yengil konstruksiyali savdo do‘konlari egalari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida fuqarolar tomonidan ushbu savdo do‘konlari ixtiyoriy ravishda bartaraf qilindi.
◾️ Kogon tumani “Bahouddin Naqshband” MFY hududidan o‘tuvchi 80V 001 “Buxoro halqa yo‘li” avtomobil yo‘lining muhofaza mintaqasida F.Xudoyorov tomonidan noqonuniy joylashtirilgan yengil konstruksiyali ayvon ixtiyoriy bartaraf etildi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#qaror_va_ijro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Buxoro_viloyati
#dastur_va_ijro
⛔ QO‘MITA RAISI O‘RINBOSARI QORAKO‘LDA BO‘LDI
⚡️ Hududlarda aholi turmush shart-sharoitini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturlarining natijadorligiga erishishda yangicha yondashuv va to‘plangan milliy tajribani qo‘llash chora-tadbirlarini yanada yuqori bosqichga olib chiqish maqsadida “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Batafsil
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#dastur_va_ijro
Batafsil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM