Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI🇺🇿
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA🔈
📣 YO ‘LLAR RAVON, MANZILLAR YAQIN BO‘LMOQDA
✍️ Prezidetimizning 2018-yil 29-martdagi tegishli Qaroriga muvofiq hamda 2019-yil 17–18-oktabr kunlari Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlariga asosan yangi yo‘l o‘tkazgich qurilib, foydalanishga topshirildi.
Ushbu obyekt Surxondaryo viloyati Denov tumanining “Namozgoh” mahallasi hududidan o‘tgan Davlat ahamiyatidagi 4R108 “Denov aylanma yo‘li” avtomobil yo‘lini Xalqaro ahamiyatdagi M41 “Bishkek - Dushanbe - Termiz” avtomobil yo‘li bilan bog‘laydi.
🟢 Mazkur yo‘l o‘tkazgich - temir yo‘l hamda ikkita avtomobil yo‘li ustidan o‘tgan bo‘lib, uning umumiy qiymati 81,5 mlrd so‘m.
🗺 Buyurtmachi tashkilot Avtomobil yo‘llari Qo‘mitasi, bosh pudratchi “Ko‘prikqurilish” aksiyadorlik jamiyati.
⌛ Ko‘prikning uzunligi 300 metr, kengligi 21 metrni tashkil etadi.
🟢 Ayni jarayondan tayyorlangan videolavha “ZO‘R TV” telekanalining “Bu kun” informatsion dasturi orqali efirga uzatildi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
Ushbu obyekt Surxondaryo viloyati Denov tumanining “Namozgoh” mahallasi hududidan o‘tgan Davlat ahamiyatidagi 4R108 “Denov aylanma yo‘li” avtomobil yo‘lini Xalqaro ahamiyatdagi M41 “Bishkek - Dushanbe - Termiz” avtomobil yo‘li bilan bog‘laydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI🇺🇿
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA🔈
📣 DENOVDA YANGI YO‘L O‘TKAZGICH FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
◾️ Davlatimiz rahbarining 2018-yil 29-martdagi tegishli Qaroriga muvofiq va 2019-yil 17–18-oktabr kunlari Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlariga asosan yangi yo‘l o‘tkazgich qurilib, foydalanishga topshirildi.
◾️ Mazkur obyekt Surxondaryo viloyati Denov tumanining “Namozgoh” mahallasi hududida joylashgan bo‘lib, Davlat ahamiyatidagi 4R108 “Denov aylanma yo‘li” avtomobil yo‘lini Xalqaro ahamiyatdagi M41 “Bishkek-Dushanbe-Termiz” avtomobil yo‘li bilan bog‘laydi.
◾️ Ushbu yo‘l o‘tkazgich - temir yo‘l hamda ikkita avtomobil yo‘li ustidan o‘tgan bo‘lib, uzunligi 300, kengligi esa 21 metrni tashkil etadi. Obyektning umumiy qiymati 81,5 mlrd so‘m.
⬇️ Buyurtmachi tashkilot Avtomobil yo‘llari Qo‘mitasi, bosh pudratchi “Ko‘prikqurilish” aksiyadorlik jamiyati.
📊 Mazkur jarayondan tayyorlangan videolavha “RENESSANS” telekanalining “Ovoza” information dasturi orqali efirga uzatildi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI
⛔ MANZILLAR OBOD, YO‘LLAR RAVON BO‘LMOQDA
🌐 Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi hamda uning tarkibidagi korxonalar tomonidan yo‘l infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida ichki xo‘jalik yo‘llariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
🗺 Jumladan, Angor tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi ishchi-xodimlari tomonidan joriy yilgi belgilangan reja asosida Qiziriq tumanidagi “Istara” (2,640 km), “Yangi turmush” (0,965 km), “Buyuk kelajak” (1,678 km), “Xomkon” (0,302 km), “Xalqobod” (1,115 km) va “Zartepa” (2,03 km) hamda “Tinchlik” (0,562 km) mahallalarining jami 9,292 kilometr ichki xo‘jalik yo‘llariga asfalt qoplamasi yotqizildi.
📣 Shuningdek, mazkur korxona yo‘lsozlari tomonidan Angor tumani “Bahor” mahallasidagi ichki yo‘llarning ham tosh-shag‘al qoplamali 3 kilometr qismi asfalt qilindi.
Jarayonlar jadallik bilan davom ettirilmoqda.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
Jarayonlar jadallik bilan davom ettirilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI
♾ KAM TA’MINLANGAN XONADONLAR FARZANDLARI HOLIDAN XABAR OLINDI
🎹 Xalqimizda “Savob ishni har kishi, har kuni qilishi kerak”–degan hikmat bor. Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasida ushbu naqlga doimo amal qilib kelinadi. Ayniqsa, har bir bayram arafasida bu ezgu tashabbus yaxshi an’ana tusini oladi.
🔠 Yangi yil bayrami munosabati bilan Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Xotamov rahbarligidagi ishchi guruh Muzrabot tumanining “Mustaqillik” MFYdagi 15 ta kam ta’minlangan, nogironligi bor va boquvchisini yo‘qotgan xonadonlarda bo‘lib, ular holidan xabar olishdi.
🏠 Ushbu toifadagi oilalarga, ularning farzandlari qalbiga quvonch olib kirish maqsadida mazkur xonadonlardagi bolajonlarga turli xil kitob, daftar va zarur o‘quv qurollari, dars tayyorlash uchun maxsus partalar, issiq kiyim-bosh hamda turli shirinliklardan iborat bayram sovg‘alari ulashildi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI
⚡️ TOPSHIRIQLAR IJROSI AMALDA
🇺🇿 Prezidentimiz 2023-yilning 16—17-noyabr kunlari Surxondaryoga qilgan tashrifi davomida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ham mas‘ullarga bir qator topshiriqlar bergandi.
🔼 Xususan, Surxon vohasining Muzrabot tumanidan kesib o‘tuvchi mahalliy ahamiyatdagi 4K626 “Sherobod sh.-Boldir temiryo‘l stansiyasi” avtomobil yo‘lining 8 kilometr qismini ta’mirlash ham belgilangan edi.
◾️ Muzrabot TYFDM tomonidan hozirga qadar 4K626 avtomobil yo‘lining 24—26-kilometrlari oralig‘idagi ishlar to‘liq yakunlangan bo‘lsa, mazkur yo‘lning 22—23-kilometrlari oralig‘ida eski asfalt qoplamasini qo‘porib olib chiqish, uning o‘rniga qum-shag‘al aralashmasini to‘shash, zichlash va asfaltga tayyorlash ishlari olib borildi.
🌐 Ayni kunlarda esa bu yerda tunu kun ish qaynayapti, ya’ni, joriy ta’mirlash ishlarining yakuniy – asfalt qoplamasini yotqizish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Surxondaryo_viloyati
#OAV_BIZ_@HAQIMIZDA
📣 TOPSHIRIQLAR IJROSI AMALDA
📊 Prezidentimiz 2023-yilning 13-mart kuni Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida “Darband-Boysun-Elbayon” avtomobil yo‘lini qayta qurish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Ushbu yo‘lni rekonstruksiya qilish ishlari 2023-yilning aprel oyida boshlab yuborildi.
🕓 Bugungi kunda mazkur avtomobil yo‘lining qurilish ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda.
🕹 Hozirda mazkur obyektda 4R105 “Darband q.-Boysun sh.-Elbayon q.” avtomobil yo‘lining 5—70-kilometrlari hamda 4R100 “Manguzar q.-Jarqo‘rg‘on sh.-Bandixon q.-Oltinsoy q.-Denov sh.” avtomobil yo‘li 128—174-kilometrlarining 46 kilometr qismi rekonstruksiya qilinyapti.
⛔ Asosiy loyiha tufayli Surxon vohasidan poytaxt Toshkentga olib boruvchi avtomobil yo‘li 146 kilometrga qisqarishi rejalashtirilgan.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
#OAV_BIZ_@HAQIMIZDA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI
🚶♂ YO‘LLARIMIZ RAVONLIGINI TA’MINLASH YO‘LIDA
👉 Surxondaryo viloyatining shimoliy qismidagi mavjud avtomobil yo‘llarini qordan tozalash ishlari olib borilayotgan bir paytda vohaning janubiy hududlarida asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda.
⚡️ Xususan, Muzrabot tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan hozirga qadar mahalliy ahamiyatdagi 4K626 “Sherobod sh.-Boldir temiryo‘l stansiyasi” avtomobil yo‘lining 24–26-kilometrlari oralig‘idagi ishlar to‘liq yakunlangan bo‘lsa, mazkur yo‘lning 23–24-kilometrlari oralig‘ida eski asfalt qoplamasini qo‘porib olib chiqish, uning o‘rniga qum-shag‘al aralashmasini to‘shash, zichlash va asfaltga tayyorlash ishlari bajarildi.
↪️ Ayni kunlarda esa bu yerda tun-u kun ish bo'lyapti, ya’ni, joriy ta’mirlash ishlarining yakuniy – asfalt qoplamasini yotqizish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI
⛰ TOG‘ YO‘LLARI QORDAN TOZALANMOQDA
🗺 Ma’lumki, Uzun tumani Surxondaryo viloyatining shimoliy qismida joylashgan bo‘lib, tog‘li hudud sanaladi. Shu bois ushbu tumanda yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladi.
🔎 Hududda avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
🗣 Xususan, Uzun tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi xodimlari tomonidan 4K620 “Denov sh.—Bobotog‘ dahasi—Oqmachit q.” avtomobil yo‘lining 12—28-kilometrlari hamda 39—45-kilometrlari oralig‘ida maxsus texnikalar yordamida qor kurash ishlari olib borilyapti.
💬 Yo‘llarda yuzaga kelgan muzlarni tozalash, qor uyumlarini kurash bilan bir qatorda yaxmalak hosil bo‘lishining oldini olish uchun qum-tuz aralashmasini sepish ishlari ham bajarilmoqda.
🟡 Maqsad harakat xavfsizligini ta’minlash orqali yo‘l transport hodisalarining oldini olish, yo‘lovchi va haydovchilarga qulaylik yaratishdan iborat.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI
#JARAYON
📢 Davlatimiz rahbarining 2023-yil 16–17-noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlari asosida Muzrabot tumanidan kesib o‘tuvchi, davlat ahamiyatidagi 4R110 “Sherobod sh.-Pashxurt q.-Oqtosh q.-Muzrabot q.” avtomobil yo‘lining 62–72-kilometr qismlarida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
✔️ Muzrabot tumanining “Sopollitepa”, “Xalq yo‘li”, “Mehrigiyoh” hamda “Tong yulduzi” mahallalaridan kesib o‘tuvchi va hududni Sherobod tumani bilan bog‘lovchi ushbu yo‘lning 10 km. qismini ta’mirlash loyihasi 9 mlrd. 914 mln. so‘m etib belgilangan.
👍 Ayni kunlarda Muzrabot tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan maxsus texnikalar yordamida yo‘lning 62–72-kilometrlar oralig‘ida ta’mirlash ishlarining yakuniy, asfaltlash ishlari olib borilmoqda.
➡️ Bu esa yo‘lovchilar va haydovchilar hamda mahalliy aholining xursandchiligiga sabab bo‘lyapti.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI
⚡️ MUROJAARLAR O‘Z VAQTIDA IJOBIY HAL ETILMOQDA
✍️ Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynayotgan muammolarni joyida hal etish bugun davlatimiz siyosatining asosini tashkil etadi.
◾️ Surxon vohasida ham odamlarni rozi, mushkulini oson qilish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar samarasi o‘laroq shahar va qishloqlar obodlik kasb etib, hududlarning infratuzilmasi tubdan o‘zgarmoqda.
🕓 Bugungi kunda deyarli barcha korxona, tashkilot va muassasalarda murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha aniq mexanizm yaratilgan.
Ayni maqsadda Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi hamda uning tarkibidagi korxonalarda ham murojaatlar bilan samarali ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Viloyatdagi yo‘l sohasiga oid barcha murojaatlar o‘rganilib, qisqa fursatlarda ijobiy hal etilmoqda.
📱 -Raqamlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, o‘tgan 2024-yil davomida Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasiga yo‘l va ko‘priklar masalalari bo‘yicha jami 722 ta murojaat kelib tushgan. Shuning 635 tasi jismoniy, 87 tasi esa yuridik shaxslardan kelib tushgan. Murojaatlar nisbatan ko‘p kelib tushadigan tumanlar Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Sariosiyo va Denov tumanlari hisoblanadi. Termiz shahri bo‘yicha keladigan murojaatlarning aksariyati ichki ko‘chalarni ta‘mirlash yuzasidan bo‘ladi.
📺 Fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar asosan yozma shaklda bo‘lib, og‘zaki, elektron pochta va virtual qabulxona orqali ham ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.
📞 Ayni vaqtga qadar mazkur murojaatlarning 465 tasiga tushuntirish berilgan bo‘lsa, 207 ta murojaat ijobiy hal qilingan. 33 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan va hozirda 8 ta murojaat o‘rganish jarayonida, 9 ta murojaat egalariga esa huquqiy tushuntirishlar berilgan, deydi – Murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomini nazorat qilish bo‘yicha bosh mutaxassis Latofat Alimova.
📱 Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasida uch nafar xodimdan iborat dispetcherlik bo‘limi kecha-yu kunduz faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu bo‘limga murojaatlarini fuqarolar ko‘pincha o‘zlari kelib, yozma ravishda bayon etishadi va boshqarmaga kelib murojaatlari bo‘yicha mas’ul mutaxassislardan atroflicha ma’lumot olishadi.
☎️ - Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasida tashkil etilgan dispetcherlik bo‘limiga asosan yilning kuz-qish mavsumida tabiiy ofatlar tufayli yo‘llarda nosozlik yuzaga kelganida, biror transport xodisasi ro‘y berganida va yo‘l bilan bog‘liq shu kabi holatlar kuzatilgan vaqtlarda qo‘ng‘iroqlar bo‘ladi. Biz bu haqda tumanlar va tegishli bo‘limlar mas’ullarini tezlikda xabardor qilamiz. Shuni alohida ta’kidlash joiz, so‘nggi vaqtlarda bu kabi murojaatlar soni tobora kamayib boryapti. Bu quvonchli holat, albatta. Sababi, odamlarning yo‘l va uning egasi haqidagi tushunchalari ortib, har bitta murojaat tegishliligi bo‘yicha o‘z mas’ullariga yo‘llanmoqda, deydi – dispetcherlik bo‘limi xodimlari.
☎️ Agarda Surxondaryoliklarning avtomobil yo‘llari sohasiga oid murojaatlari bo‘lsa va ayni yo‘nalishda hududlarda mavjud kamchiliklar haqida xabar bermoqchi bo‘lsa Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasining 24 soat ishlab turadigan +998 76 221 19 69 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.
📱 Bu bilan fuqarolar va jamoatchilik faollari viloyatdagi umumfoydalanuvda bo‘lgan yo‘llarda yuz bergan kamchiliklar va muammolar o‘z vaqtida bartaraf etilishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shgan bo‘ladilar.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
Ayni maqsadda Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi hamda uning tarkibidagi korxonalarda ham murojaatlar bilan samarali ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Viloyatdagi yo‘l sohasiga oid barcha murojaatlar o‘rganilib, qisqa fursatlarda ijobiy hal etilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI
⚡️ JAMOATCHILIK ESHITUVI O‘TKAZILDI
📌 D161 (4R105) “Darband q.-Boysun sh.-Elbayon q.” avtomobil yo‘lining 5—70-km qismi va D167 (4R100) avtomobil yo‘lining 128—174-km qismini rekonstruksiya qilish loyihasi Prezidentimizning PQ-189-son qarori asosida amalga oshirilmoqda.
📣 D167 (4R100) avtomobil yo‘lining 128—174-km qismida 2024-yilning 25—26-noyabr kunlari mutaxassislar o‘rganish ishlarini olib borishdi. Loyihaning yo‘l qatnov qismi enini 3 metrdan 3,5 metrgacha qisqartirish orqali qatnov qismlar soni 4, ayrim joylarda 2 tasmali o‘zgartirishlar nazarda tutilib, bunda 1976 tup daraxt qurilish ishlari ostiga tushmoqda. (Eski loyihada 10567 tup) Natijada 8591 tup daraxt saqlab qolindi.
✍️ Surxondaryo viloyati AYBB va Ekologiya boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan jamoatchilik eshituvida ushbu yo‘l qurilish ishlariga xalaqit berayotgan 1976 tup daraxtni ko‘chirib o‘tkazish, to‘liq saqlab qolish bo‘yicha belgilab olingan aniq chora-tadbirlar haqida qatnashchilarga batafsil ma’lumot berildi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI
⚡️ JORIY TA’MIRLASH ISHLARIGA START BERILDI
✍️ Mavsumiy yog‘ingarchiliklar natijasida yuzaga kelgan tabiiy ofatlar davlat ahamiyatidagi D162 (4R104) “Qumqo‘rg‘on sh.-Kofurun q.-Boysun sh.” avtomobil yo‘lining ayrim qismlariga yillar davomida zarar etkazib kelmoqda. Ushbu nosozliklarni bartaraf etish, haydovchi va yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Surxondaryo viloyati AYBB va uning tarkibidagi korxonalar tomonidan ta’mirlash ishlariga start berildi.
🇺🇿 Davlat ahamiyatidagi D162 (4R104) avtomobil yo‘lining Qumqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tgan 0–12-kilometrlari oraliqidagi qismida joriy ta’mirlash ishlari boshlandi.
🗺 Obyektning umumiy uzunligi 8 kilometr. Buyurtmachi Surxondaryo viloyati AYBB, pudratchilar Qumqo‘rg‘on, Bandixon va Uzun TYFDMlari.
⛔ Hozirda yo‘lning ushbu qismidagi mavjud eski asfalt qoplamasini buzib olish va chiqarib ketish ishlari amalga oshirilmoqda.
Jarayonlar jadal olib borilyapti.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
Jarayonlar jadal olib borilyapti.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI
🌐 PIYODALAR YO‘LAKCHASI VA VELOYO‘LAK QURILMOQDA
⛔ Bugun Surxon vohasining shaharu qishloqlari, hatto, eng olis va chekka hududlarida ham bunyodkorlik ishlari avjida.
Ayni jarayonga Surxondaryo viloyati AYBB va uning tarkibidagi korxonalar o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelyapti.
◾️ Xususan, Uzun tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi ishchi-xodimlari tomonidan shu kunlarda mahalliy ahamiyatidagi 75V050 (4N1585) “Uzun sh.-Guliston q.-Yangi kuch q.” avtomobil yo‘lining 0–1-kilometrlari oralig‘idagi qismida aholining piyoda va velosipedda yurishi uchun beton qorishmasi bilan maxsus yo‘lakchalar qurish ishlari olib borilyapti.
◾️ Shu vaqtga qadar mazkur avtomobil yo‘lining belgilangan qismida asos ishlari to‘liq bajarildi. Ayni kunlarda ushbu maydon chetiga kichik beton ariqchalarni yotqizish ishlar amalga oshirilmoqda.
📍 Jarayonlar jadallik bilan davom ettirilyapti.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
Ayni jarayonga Surxondaryo viloyati AYBB va uning tarkibidagi korxonalar o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelyapti.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM