#BUXORO_VILOYATI🇺🇿
#JARAYON⛔
❄️ Sovuq, qorli kunlarda yo‘lsozlar yumushi va mas’uliyati yanada ortadi. Mavsum munosabati bilan Buxoro viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi hamda uning tuman, shahar bo‘limlari tomonidan maxsus shtablar, yo‘llarni tezkor tozalash brigadalari tashkil etilgan.
🔩 Ma’lumki, yo‘l qoplamasini tozalash, shuningdek, yo‘llarga qum-tuz aralashmasi sepish uchun ixtisoslashtirilgan texnika faol qo‘llaniladi. Bu muz hosil bo‘lishining oldini olishga va baxtsiz hodisalar xavfini kamaytirishga yordam beradi.
Viloyat hududidagi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini qor va muzlardan tozalash uchun mavjud barcha maxsus texnika vositalari jalb etilgan. Yo‘lsozlar samarali ishlashi uchun zarur ish qurollari bilan ta’minlangan.
📌 Erta tongdanoq Buxoro Yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi tomonidan umumfoydalanuv yo‘llarini qor va muz qoldiqlaridan tozalash ishlariga kirishildi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
#JARAYON
Viloyat hududidagi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini qor va muzlardan tozalash uchun mavjud barcha maxsus texnika vositalari jalb etilgan. Yo‘lsozlar samarali ishlashi uchun zarur ish qurollari bilan ta’minlangan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI
#OAV_biz_haqimizda
🎬 DIYOR YANGILIKLARI informatsion dasturi: Yo‘lsozlarga kvadrotsikllar topshirildi
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
#OAV_biz_haqimizda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI
⚡️ Vobkentda mahallalarning ichki yo‘llari shag‘allashtirilmoqda
⌛ Aholiga munosib turmush sharoitini yaratish, hududlarda muhandislik- kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash va shay holatda saqlash, obodonlashtirish ishlariga ayni kunda Vobkent tumanida ham e’tibor kuchaytirilgan.
🕓 Joriy yilning birinchi yarmi davrida hududda umumiy qiymati 76 milliard so‘mga teng bo‘lgan jami 68 ta loyiha ro‘yobga chiqarilib, yangilangan obyektlar foydalanishga qabul qilingan. Bu haqdagi dalolatnomalari respublika “Open budjet” portaliga yuklangan. Bundan ko‘rinadiki, o‘nlab qishloq xonadonlari va ularda yashayotgan aholi vakillari duch kelayotgan tashvish-muammo, ya’ni yo‘l, elektr energiyasi, gaz, ichimlik suvi kabi ta’minotdagi nuqson va kamchiliklar bartaraf qilingan.
🔽 Bugunga kelib esa tumanning qator qishloqlarida ichki yo‘llar tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi hamda obodonlashtirish boshqarmasi ishchi-mutaxassislari tomonidan shag‘allashtirilmoqda. Bu amaliy ishni o‘z zimmasiga olib, yo‘l solishda jonbozlik ko‘rsatayotgan tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi ishchi-mutaxassislari ish sifati respublika ishchi guruhi hamda hududdagi ma’muriy sektori mutasaddilari tomonidan qoniqarli baholanmoqda. Buni so‘nggi ikki oyda hududdagi "Kosari", "O‘zbakon", "Sariosiyo", "Charmgaron", "Rozmoz", "Qo‘ng‘irot", "Qo‘qin", "Xalach" va "Beshrabot" kabi mahallalarda yo‘l qismlarida olib borilgan shag‘allashtirish va asfaltlashtirish ishlari bilan ham izohlash mumkin.
◾️ Tuman yo‘lsozlar jamoasi tomonidan bugunga kelib hududdagi 178 kilometrdan oshiq yo‘l qismiga xizmat ko‘rsatilayotgan bo‘lib, shundan 32 kilometr yo‘l respublika ahamiyatidagi, 147 kilometri esa mahalliy ahamiyatdagi yo‘l hisoblanadi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI
#OAV_biz_haqimizda
📣 "Buxoronoma" gazetasining 2024-yil 100-101-sonida o‘qing "Mahalla va qishloq yo‘llari chiroy ochmoqda".
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
#OAV_biz_haqimizda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI
💠 Bugungi kunda tuman aholisi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, infratuzilma holatini yaxshilash borasida Vobkent tumanida ham samarali ishlar olib borilmoqda.
🟥 “Tashabbusli budjet” dasturi orqali Vobkent tumani "Kosari" MFY aholisi qishloq yo‘llarini ta’mirlash uchun ovoz to‘plash jarayonida ancha faollik ko‘rsatdi. Qishloqlarning ichki yo‘llari davlat budjetidan yangidan asfalt bo‘lishidan avvalo aholi manfaatdor bo‘ladi.
📌 Mahalladoshlarning jipsligi, sa’y-harakatlari bilan ovoz yig‘ish jarayoni orqali 4021 ta ovoz yig‘ilishi natijasida 3680 metr masofadagi Kosari qishlog‘ining ichki yo‘llari asfaltalshtirilmoqda.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI
#QAROR_VA_IJRO
🔠 Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 383-son qarori umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari tasniflari o‘zgarganligi, yangi yo‘llar qurilganligi va qayta qurilganligi, avtomobil yo‘llarining toponimik nomlanishidagi o‘zgarishlarni inobatga olib, foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish hamda transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-330-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadiga qaratilgan.
🔠 Ushbu 383-son qaror bilan avtomobil yo‘llarining tasniflari hamda toponimik nomlanishi o‘zgarishlariga binoan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining yangi raqam va nomlanishdagi tasdiqlangan ro‘yxatga asosan Buxoro viloyati hududidan o‘tuvchi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida yo‘l korxonalari tomonidan 5.29.1 "Yo‘l raqami" axborot ko‘rsatgich belgilarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
#QAROR_VA_IJRO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI
☄️ Fuqarolar hamda avtotransport vositalarining harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Jondor tuman Avtomobil yo‘llaridan foydalanish davlat muassasasi ishchilari tomonidan 4K 191 "Jondor aylanma avtoyo‘li" avtomobil yo‘liga beton to‘siqlari o‘rnatildi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI
#JARAYON
⛔ Yo‘l harakati xavfsizligi deganda yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘l-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yo‘l harakati holati tushuniladi.
⛰ Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash yo‘l-transport hodisalari yuzaga kelishi sabablarining oldini olishga, bunday hodisalar oqibatlarining og‘irligini kamaytirishga qaratilgan faoliyatdir.
🗺 Avtomobil yo‘llarida harakatni tashkil qilishning samarador usullaridan biri yo‘l chiziqlarini ishlatishdir. Yo‘l chiziqlarini ishlatish yo‘l-transport hodisalari sonining 30-50 % kamayishiga olib keladi.
🟢 Shofirkon tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan yo‘llardagi bu elementlarga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
📍 Jumladan, ayni kunlarda piyodalar harakat xafvsizligini ta’minlash maqsadida piyodalar o‘tish joyini bildiruvchi yotiq yo‘l chiziqlar chizish ishlari olib borilmoqda.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI
📍 Obod va ko‘rkam hududlar yurt farovonligi bilan bir qatorda kishilar madaniyatidan ham darak beradi. Olot tumani hokimi Nargiza Nematova boshchiligidagi mutasaddilar, sektorlar rahbarlari, tegishli tashkilot va idoralar boshliqlarining tuman hududidagi yo‘l bo‘ylarini o‘rganish, shu kecha-kunduzda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.
🏘 O‘rganishlar chog‘ida tumanning "Usmonshayx" mahalla fuqarolar yig‘ini hududiga kiruvchi xalqaro ahamiyatdagi M 37 "Samarqand—Buxoro—Turkmanboshi" avtomobil yo‘lining 331-qismidan 365-qismiga qadar yo‘llarini obod qilish, zovur va yo‘l bo‘yidagi yaqin yillarda foydalanishga kiritilgan yerlar unumdorligini oshirish, qo‘shimcha qatorlarni to‘ldirib daraxtlar ekish va zovurni tartibga keltirish, eski yildan qolgan o‘tlarni o‘rib tashlash borasida vazifalar belgilab berildi.
🚌 Shuningdek, yo‘l yoqasidagi "Asajam", "Yosh botir", "Arabxona" mahalla fuqarolar yig‘inlarida ham aholi xonadonlari fermer xo‘jaliklariga tegishli yer maydonlarining atrofini tozalash va mevali hamda manzarali ko‘chatlar sonini ko‘paytirish borasida aniq vazifalar mas’ullarga yuklatildi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI
#JARAYON
☄️ Qorovulbozor tumani viloyatning kenja tumani hisoblanadi. Bugun tuman hududida yo‘l va transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlarida qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
🗺 Tuman markaziga yaqin “Bo‘zachi” mahallasida istirohat bog‘i, boks maktabi bunyod etilib, hademay aholi foydalanish uchun topshiriladi.
📍 Ayni kunlarda tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan boks maktabiga olib boruvchi ichki yo‘lda asfaltlashtirish ishlari bajarilmoqda.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
📣 DIYOR YANGILIKLARI informasion dasturi: Yuk avtomobillarining vazn va hajm parametrlariga amal qilinishi yuzasidan reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI
📍 Xalqaro ahamiyatdagi M 37 "Samarqand — Buxoro — Turkmanboshi" avtomobil yo‘lining 264-kilometrida mavjud ko‘prik zovur ustiga qurilgan. Yo‘lning ayni shu qismi juda serqatnov. Ya’ni kasalxonalar, bozor, avto shoh bekat va turli korxonalar shu atrofda bo‘lgani uchun nafaqat avtotransport vositalari, balki piyodalar qatnovi ham gavjum.
📌 Piyodalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida Buxoro Yo‘llardan muntazam foydalanish korxonasi davlat muassasasining 91-yo‘l bo‘limi tomonidan ushbu ko‘prikning piyodalar o‘tish yo‘lagiga BDO-3 beton to‘siqlari o‘rnatildi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI
#xalqaro_hamkorlik
🔼 Ma’lumki, A 380 "Gʻuzor — Buxoro — Nukus — Beynov" xalqaro avtomobil yo‘li bosqichma-bosqich ta’mirlanmoqda. Mazkur loyihani amalga oshirishda Xitoy Xalq Respublikasining “China Road and Bridge Corporation” kompaniyasi pudratchi tashkilot sifatida ish olib bormoqda.
🕹 Bugun kompaniya vakili Wang Chengya Buxoro tumani hokimi Anvarjon Ochilov bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish haqida o‘zaro manfaatli takliflar o‘rtaga tashlanib, ularning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#xalqaro_hamkorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI
#JARAYON
📣 "Zarchabek" mahallasi Shofirkon tumani markazida joylashgan. Mahalladan o‘tuvchi D172 "Gʻijduvon sh. – Shofirkon sh." umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘lining 14.6-kilometrida mavjud ko‘prik eni 20 metr, uzunligi 9 metr bo‘lib, serqatnov yo‘l hisoblanadi.
🌐 Og‘ir turdagi yuk mashinalari harakatlanishi oqibatida mazkur ko‘prikning ma’lum qismi ta’mirtalab holatga kelib qolgan.
🔼 Tuman yo‘lsozlari tomonidan ko‘prikni zudlik bilan ta’mirlash choralari ko‘rildi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI
#JARAYON
📱 Yurtimizda transport vositalari sonining ortib borayotgani aholining turmush tarzi yaxshilanib, iqtisodiy imkoniyatlari kengayib borayotganidan dalolatdir.
⬇️ Yo‘llardagi tirbandliklarning oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘l infratuzilmasi ham rivojlanmoqda.
⛔ D 076 u "Jondor shahriga (289 km dan)" avtomobil yo‘lining tuman markazidan o‘tuvchi qismi asosiy yo‘l hisoblanadi. Yo‘lning avtomashinalar burulib olish joyda masofa kamligi sabab 1,2 metrga kengaytirish ishlar olib borilmoqda.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI
VOBKENT TUMANI
🔼 JARAYON
📈 Ogʻir oqibatli yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, piyodalar bilan bogʻliq boʻlgan baxtsiz hodisalarni kamaytirish hamda piyodalar tomonidan yoʻlning belgilanmagan joylaridan oʻtishlariga chek qoʻyish maqsadida Vobkent tumani hududidan oʻtuvchi xalqaro ahamiyatdagi M37 “Samarqand–Buxoro–Turkmanboshi” avtomobil yoʻlining 239-km da joylashgan Vobkent dehqon bozori qarshisidagi jami 400 metr masofaga temir panjaralar oʻrnatildi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
VOBKENT TUMANI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI
VOBKENT TUMANI
⛰ JARAYON
🔈 Vobkent tumani hududidan oʻtuvchi xalqaro ahamiyatdagi M37 “Samarqand–Buxoro–Turkmanboshi” avtomobil yoʻlining 239-km hamda davlat ahamiyatidagi D198 "Azizobod q.–M37 avtomobil (237 km)–Vobkent sh. Aliyor q.–Xo‘ja Porso q.–A380 avtomobil yo‘li (274 km ga)" avtomobil yoʻlining 25-km oʻzaro kesishgan tutashmaning geometrik parаmetrlari oʻzgartirilib, tartibga solinmagan ikkita piyodalar oʻtish joyi berkitildi va chorrahaga yaqin masofaga koʻchirtirilib, piyodalar hamda harakat ishtirokchilarining xavfsiz harakatlanishi taʼminlandi.
◾️ Shuningdek, mazkur tutashmaning atrofida yangi xavfsizlik orolchalari hamda jami 500 metr masofada mahalliy yoʻl shakllantirildi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
VOBKENT TUMANI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM