Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.89K subscribers
67.4K photos
4.46K videos
96 files
10.9K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#BUXORO_VILOYATI
#OAV_biz_haqimizda

"Бухарский вестник" gazetasining 2024-yil 93-sonida  o‘qing: "АВТОМОБИЛЬНЫЕ ДОРОГИ: экономические артерии страны
"

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI🇺🇿
#JARAYON🔈

Jondor tumanining 4 mingga yaqin aholisiga ega "Ushot" mahallasining “drayveri” hunarmandchilikdir 712 ta xonadon mavjud mahalla joriy yilda yangi qiyofa kashf etdi. Ta’mirlash-tiklash ishlari bilan birga, aholi xonadonlari va ko‘chalar  tartibga keltirildi, obodonlashtirildi va ko‘kalamzorlashtirildi. 2 kilometr yo‘l qismi ta’mirdan chiqarildi.
   🛑 Bu sa’y-harakatlarga xayrixoh bo‘lgan ushotliklar mahallaning ichki yo‘llarida ayrim yo‘l belgilariga ehtiyoj borligi haqida murojaat bilan chiqishgan edi.
   🚶‍♀Tuman Yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi tomonidan 16 dona yo‘l belgilari o‘rnatildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI

🇺🇿 Buxoro viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasida viloyat adliya boshqarmasi hamkorligida "Konstitutsiya huquq va erkinliklarimiz kafolatidir" mavzusida seminar tashkil etildi.

 🟢   Seminarda boshqarma xodimlari hamda ZOOM patformasi orqali boshqarma tarkibidagi korxonalar ishchi-xodimlari ishtirok etdilar.
   ⚡️ Viloyat adliya boshqarmasi xodimi Abdunabi Saidov konstitutsiya mazmun-mohiyati, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklar bilan bir qatorda fuqarolik burchlari haqida tushuncha berdi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI

📍YANGI KO‘PRIK FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

 
🔽  Vobkent tumani "O‘zbakon" mahallasi hududidagi ko‘prik nafaqat Vobkent va Gʻijduvon tumanlarini, balki viloyatimizni Navoi viloyati bilan bog‘lab turadi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-iyuldagi 259-sonli maxsus qaroriga asosan mazkur ko‘prik zamonaviy tarzda qayta qurilib, foydalanishga topshirildi. Loyihaviy qiymati 3 milliard so‘m bo‘lgan ushbu inshoot pudratchi tashkilot Romitan Yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi tomonidan yangidan qurildi. Qurilish ishlarida 30 dan ortiq quruvchilar va 20 dan ortiq texnikalar ishlatildi.

Ochilish marosimida Respublikasi ishchi guruhi a’zolari, viloyat hokimi o‘rinbosari, viloyat Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi boshlig‘i Yaxshimurod Cho‘liyev tuman hokimligi mas’ullari, mahalla faollari hamda yo‘lsozlar ishtirok etdi.

📈Tadbirda so‘zga chiqqanlar yangi qurilgan ko‘prik xalqqa uzoq yillar mobaynida samarali xizmat qilishini ta’kidladilar. Nuroniy otaxonlar ko‘prikni ochib beruvchi ramziy tasmani kesib, uning birinchi foydalanuvchilari bo‘ldilar. Ochilish davomida yaxshi niyatlar bilan qur’on tilovat qilindi. Ko‘prik qurilishida ishtirok etgan Romitan Yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi xodimlariga tuman hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Buxoro_viloyati
#INFOGRAFIKA

📌Buxoro viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi va uning tasarrufidagi korxonalarda mavjud 2024—2025-yilda kuz-qish mavsumiga jalb qilinadigan yo‘l texnikalari haqida INFOGRAFIKA

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI🇺🇿
#JARAYON

❄️ Sovuq, qorli kunlarda yo‘lsozlar yumushi va mas’uliyati yanada ortadi. Mavsum munosabati bilan Buxoro viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi hamda uning tuman, shahar bo‘limlari tomonidan maxsus shtablar, yo‘llarni tezkor tozalash brigadalari tashkil etilgan.

🔩 Ma’lumki, yo‘l qoplamasini tozalash, shuningdek, yo‘llarga qum-tuz aralashmasi sepish uchun ixtisoslashtirilgan texnika faol qo‘llaniladi. Bu muz hosil bo‘lishining oldini olishga va baxtsiz hodisalar xavfini kamaytirishga yordam beradi.
Viloyat hududidagi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini qor va muzlardan tozalash uchun mavjud barcha maxsus texnika vositalari jalb etilgan. Yo‘lsozlar samarali ishlashi uchun zarur ish qurollari bilan ta’minlangan.

📌Erta tongdanoq Buxoro Yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi tomonidan umumfoydalanuv yo‘llarini qor va muz qoldiqlaridan tozalash ishlariga kirishildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI
#OAV_biz_haqimizda

🎬DIYOR YANGILIKLARI informatsion dasturi: Yo‘lsozlarga kvadrotsikllar topshirildi

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI

⚡️Vobkentda mahallalarning ichki yo‘llari shag‘allashtirilmoqda

Aholiga munosib turmush sharoitini yaratish, hududlarda muhandislik- kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash va shay holatda saqlash, obodonlashtirish ishlariga ayni kunda Vobkent tumanida ham e’tibor kuchaytirilgan.

🕓Joriy yilning birinchi yarmi davrida hududda umumiy qiymati 76 milliard so‘mga teng bo‘lgan jami 68 ta loyiha ro‘yobga chiqarilib, yangilangan obyektlar foydalanishga qabul qilingan. Bu haqdagi dalolatnomalari respublika “Open budjet” portaliga yuklangan. Bundan ko‘rinadiki, o‘nlab qishloq xonadonlari va ularda yashayotgan aholi vakillari duch kelayotgan tashvish-muammo, ya’ni yo‘l, elektr energiyasi, gaz, ichimlik suvi kabi ta’minotdagi nuqson va kamchiliklar bartaraf qilingan. 

🔽Bugunga kelib esa tumanning qator qishloqlarida ichki yo‘llar tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi hamda obodonlashtirish boshqarmasi ishchi-mutaxassislari tomonidan shag‘allashtirilmoqda. Bu amaliy ishni o‘z zimmasiga olib, yo‘l solishda jonbozlik ko‘rsatayotgan tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi ishchi-mutaxassislari ish sifati respublika ishchi guruhi hamda hududdagi ma’muriy sektori mutasaddilari tomonidan qoniqarli baholanmoqda. Buni so‘nggi ikki oyda hududdagi "Kosari", "O‘zbakon", "Sariosiyo", "Charmgaron", "Rozmoz", "Qo‘ng‘irot", "Qo‘qin", "Xalach" va "Beshrabot" kabi mahallalarda yo‘l qismlarida olib borilgan shag‘allashtirish va asfaltlashtirish ishlari bilan ham izohlash mumkin.  
 
◾️Tuman yo‘lsozlar jamoasi tomonidan bugunga kelib hududdagi 178 kilometrdan oshiq yo‘l qismiga xizmat ko‘rsatilayotgan bo‘lib, shundan 32 kilometr yo‘l respublika ahamiyatidagi, 147 kilometri esa mahalliy ahamiyatdagi yo‘l hisoblanadi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI
#OAV_biz_haqimizda

📣"Buxoronoma" gazetasining 2024-yil 100-101-sonida o‘qing "Mahalla va qishloq yo‘llari chiroy ochmoqda".

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI

 💠 Bugungi kunda tuman aholisi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, infratuzilma holatini yaxshilash borasida Vobkent tumanida ham samarali ishlar olib borilmoqda.

   🟥  “Tashabbusli budjet” dasturi orqali Vobkent tumani "Kosari" MFY aholisi qishloq yo‘llarini ta’mirlash uchun ovoz to‘plash jarayonida ancha faollik ko‘rsatdi. Qishloqlarning ichki yo‘llari davlat budjetidan yangidan asfalt bo‘lishidan avvalo aholi manfaatdor bo‘ladi.

 📌   Mahalladoshlarning jipsligi, sa’y-harakatlari bilan ovoz yig‘ish jarayoni orqali 4021 ta ovoz yig‘ilishi natijasida 3680 metr masofadagi Kosari qishlog‘ining ichki yo‘llari asfaltalshtirilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM