Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.9K subscribers
67.4K photos
4.46K videos
96 files
10.9K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
Йил якунигача Урганч ва Хива шаҳарлари ҳамда Гурлан ва Тупроққалъа туманларида оқова сув тармоғини қуриш лойиҳаси бошланади.

Электр тармоқлари, подстанция ва трансформаторларни тўлиқ янгилаш бўйича уч йиллик дастур ишлаб чиқилади.

Бунда, 2024 йилда 1 минг километр тармоқ, 10 та подстанция ва 500 та трансформаторни янгилаш кўзда тутилади.

Facebook|Instagram|X
Келгуси икки йилда вилоятда тупроқ йўллар умуман қолмаслиги кераклиги қайд этилди.

Яроқсиз йўлларнинг ярмини шу йилни ўзида таъмирдан чиқариш, “Урганч-Шовот” йўлининг 20 километрини сақлашга хусусий секторни жалб қилиш топширилди.

Вилоятдаги 233 километр йўллар “ҳажм” усулида таъмирланиши, Тупроққалъа, Ҳазорасп, Хонқа ва Урганч туманидан ўтган “4Р-156” автомобиль йўлининг 84 километри цемент бетон қопламага ўтказилиши белгиланди.

Facebook|Instagram|X
Вилоятда ижтимоий соҳани ривожлантириш масалалари ҳам кўриб чиқилди.

Хоразмда автомобилсозлик, туризм, қишлоқ хўжалиги ва балиқчиликда малакали кадрларга талаб ўсиб бораяпти.

Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлигига Урганч шаҳар 2-сон касб-ҳунар мактабида “Пирсон” дастурини жорий қилиб, ўқувчиларга “меҳмонхона иши” ва “туризм” йўналишида халқаро малака беришни йўлга қўйиш топширилди.

Шунингдек, Урганч университетида таълим йўналишлари мақбуллаштирилиб, янги ўқув дастурлари жорий қилинади.

Facebook|Instagram|X
Вилоятдаги поликлиника ва шифохоналар фаолиятини такомиллаштириш зарурлиги қайд этилди.

Ҳудуддаги туғруқхоналарни қон тозалаш ускунаси билан тўлиқ таъминлаш, хорижий мутахассислар иштирокида акушер-гинеколог, неонатолог, реаниматолог ва дояларни ўқитиш топширилди.

Хонқадаги тиббиёт бирлашмасини комплекс қайта қуриш лойиҳаси ишлаб чиқилиб, 2025 йил давлат дастурига киритилади.

Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_viloyati
#Zakovat

"Zakovat"
intellektual o‘yinining Toshkent viloyati bosqichi yakunlari.

📨Telegram | 📩Facebook |📹You Tube |🌐  Veb-sayt
Саховат, меҳр-оқибат ва бағрикенглик кенг намоён бўладиган муқаддас Рамазон ойи яқинлашмоқда.

Давлатимиз раҳбари бу муборак ойда эҳтиёжманд инсонлар, айниқса фарзандларимиз ҳолидан хабар олиш, уларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш муҳимлигини қайд этди.

Шу боис, эшитишда нуқсони бор 500 нафар болага бепул кохлеар аппарати ва бошқа имплантлар қўйиш учун 62 миллиард сўм ажратилиши белгиланди. Яна 2 минг нафар бола эшитиш мосламаси билан таъминланади.

Паралимпия спорт турлари билан шуғулланаётган хоразмлик 10 нафар ёшларга 7 турдаги замонавий спорт протез ва реабилитация воситалари олиб берилади.

Йиғилишда муҳокама қилинган масалалар юзасидан мутасаддиларнинг ҳисоботлари тингланди.


Facebook|Instagram|X
#Buxoro_viloyati

Murojaat ijobiy yechim topdi


Olot tuman "Xalqobod" mahallasi Navoiy ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan ko‘cha yo‘lining bir qismi ta'mirtalab ahvolga kelib qolganligi, suv yig‘ilib qolganligi yuzasidan tuman hokimligiga yo‘llangan murojaat ijobiy yechimini topdi.

Tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi hamda obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan muammo joyida bartaraf etildi.

Yo‘ldan yig‘ilib qolgan suvlar tashib chiqarilib, yo‘lning ta'mirtalab qismi ta'mirlandi.

📨Telegram | 📩Facebook |📹You Tube |🌐  Veb-sayt
#Qoraqalpog‘iston Respublikasi

#Taxiatosh_tumanida yo‘l belgilari yangilanmoqda.


Barchangizga ayon, avtomobil yo‘llarida yo‘l belgilari bilan birga yo‘l chiziqlarining ham ahamiyati katta.

  Shu boisdan ham Taxiatosh  tumanida piyodalar o‘tish yo‘li va yo‘l chiziqlari soha xodimlari tomonidan yangidan chizilmoqda.

  Xususan, tuman hududidagi 4 r171 avtomobil yo‘lining 5—4-kilometr qismida fuqarolarning o‘tish yo‘li hamda 4 avtomobil yo‘lining 6, 5—8, 5-kilometr qismida yo‘l yotiq chiziqlarini chizish ishlari olib borildi.

  Bu olib borilgan ishlar natijasida, avtotransport boshqaruvchilari va piyodalarning harakat xavfsizligi yanada yaxshilanadi
.

📨Telegram | 📩Facebook |📹You Tube |🌐  Veb-sayt
#LIVE
A-373 “M-39 a/y.- Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq" dovonida havo bulutli. 171—267- km.lar oralig‘ida qor yog‘moqda. Tuman, yo‘llarda ko‘rish masofasi 2000 metrni, shamol 4-9 m/s. ni, havo harorati -9 darajani, namlik 83 %ni tashkil etmoqda.Qor yog‘ib turgan paytda dovonda avtotransport vositalarining to‘xtovsiz ikki tomonlama harakatlanishini ta’minlash maqsadida "Qamchiqavtoyo‘l IYFK" DM tomonidan yo‘l qoplamasida sirpanchiq bo‘lmasligi uchun tunu-kun mashina-mexanizmlar yordamida yo‘l qoplamasini qordan tozalash va qum-tuz aralashmasi sepish ishlari amalga oshirilmoqda. Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.
‼️"Qamchiqavtoyo‘l IYFK" DM “Qamchiq" dovoni orqali harakatlanayotgan barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda tezlikni meʻyordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini va barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini tavsiya qiladi.

📨Telegram | 📩Facebook |📹You Tube |🌐  Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE
A-373 “M-39 a/y.- Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq" dovonida havo bulutli. 171—294- km.lar oralig‘ida qor yog‘moqda. Yo‘llarda ko‘rish masofasi 4000 metrni, shamol 3-11 m/s. ni, havo harorati -9 darajani, namlik 68 %ni tashkil etmoqda.Qor yog‘ib turgan paytda dovonda avtotransport vositalarining to‘xtovsiz ikki tomonlama harakatlanishini ta’minlash maqsadida "Qamchiqavtoyo‘l IYFK" DM tomonidan yo‘l qoplamasida sirpanchiq bo‘lmasligi uchun tunu-kun mashina-mexanizmlar yordamida yo‘l qoplamasini qordan tozalash va qum-tuz aralashmasi sepish ishlari amalga oshirilmoqda. Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.
‼️"Qamchiqavtoyo‘l IYFK" DM “Qamchiq" dovoni orqali harakatlanayotgan barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda tezlikni meʻyordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini va barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini tavsiya qiladi.

📨Telegram | 📩Facebook |📹You Tube |🌐  Veb-sayt
#OAV_biz_haqimizda
#Sirdaryo_viloyati

“Oydin yo’l” gazetasining 2024-yil fevral oyidagi 2-sonida Sirdaryo viloyati Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi faoliyatiga oid “Yo’llarimiz ravon, ko’ngillarimiz shodon", "Yo’lsozlar "Zakovat"da bellashdi"  nomli maqolalar chop etildi.

📨Telegram | 📩Facebook |📹You Tube |🌐  Veb-sayt
#Xorazm_viloyati

Viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tasarrufidagi korxonalar tomonidan 4R165 umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘lining 0—2 km qismlarida  yo'lni kengaytirish ishlari, zamonaviy piyodalar yo'lagi va velosiped yo'laklari qurish, tungi yoritish chiroqlari  o’rnatish hamda yashil hudud tashkil etish ishlari bajarilib, foydalanishga topshirildi.



📨Telegram | 📩Facebook |📹You Tube |🌐  Veb-sayt