This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Uchrashuv🔔
🥇 Mamlakat rahbari 8 mart —Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan jamiyatda faollik ko‘rsatib kelayotgan 74 nafar xotin-qizlarni turli unvon, orden va medallar bilan hamda davlat va jamiyat hayotida faol bo‘lgan 28 nafar xotin-qizni Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlagan edilar.
Ular orasida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi huzuridagi “O‘zyo‘lko‘prik” klasterining Farg‘ona viloyati filiali yo‘l bo‘limi ishchisi Matluba Yo‘lbarsova hamda Toshkent davlat Transport universitetining Avtomobil yo‘llarini loyihalash va qurish mutaxassisligi bo‘yicha 1- bosqich magistranti Kamola Irisqulovalar ham bor.
👏 Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan xotin-qizlarni tabriklash uchun uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Qo‘mita raisi Jamshid Tursunov ularni tabriklar ekan, yo‘l xo‘jaligi tizimining 2 nafar vakilasiga berilgan bu mukofot davlat rahbarining yo‘l xo‘jaligi sohasiga ko‘rsatayotgan e’tibori ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
“Shuhrat” medalining sohibasi Matluba Yo‘lbarsova va Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining laureati Kamola Irisqulovalar ham o‘z navbatida ularga ko‘rsatilgan bunday ehtirom uchun Yurtboshiga va Qo‘mita rahbariyatiga minnatdorliklarini bildirdilar.
✨ Mukofot javoban yanada ko‘proq mehnat qilishlarini, tizim rivoji uchun munosib hissa qo‘shib, yangilik yaratishga intilishlarini aytib o‘tdilar.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube |🌐 Website
Ular orasida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi huzuridagi “O‘zyo‘lko‘prik” klasterining Farg‘ona viloyati filiali yo‘l bo‘limi ishchisi Matluba Yo‘lbarsova hamda Toshkent davlat Transport universitetining Avtomobil yo‘llarini loyihalash va qurish mutaxassisligi bo‘yicha 1- bosqich magistranti Kamola Irisqulovalar ham bor.
“Shuhrat” medalining sohibasi Matluba Yo‘lbarsova va Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining laureati Kamola Irisqulovalar ham o‘z navbatida ularga ko‘rsatilgan bunday ehtirom uchun Yurtboshiga va Qo‘mita rahbariyatiga minnatdorliklarini bildirdilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM