Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.93K subscribers
67.4K photos
4.42K videos
96 files
10.8K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#Buxoro viloyati

Xavfsiz harakat nazorati


🚦Haydovchi va piyodalarning xavfsizligini ta’minlashda yo‘l belgilarining ahamiyati katta. Shu maqsadda Shofirkon tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan yo‘l belgilarining saqlanishi va o‘rnatilishi masalalari doimiy nazorat qilib boriladi.

📌Yo‘l qatnov holati va aholi xonadonlarining joylashuvidan kelib chiqib 4K-215 "Shofirkon halqa yo‘li" avtomobil yo‘lida 1.31; 5.16.2 va 3.24 yo‘l belgilari o‘rnatilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Faoliyat

YO‘L QANDAY QURILADI?

🛣Yo‘l xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi rolik
.


Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-sayt
#Sirdaryo viloyati

Huquqiy bilimlarni oshirish bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi


🛣Sirdaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasida tizimda mehnat qilayotgan xotin-qizlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 401-son PQ ijrosi yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

📑Davra suhbatida bosh boshqarma yuriskonsulti J.Hasanov, inspektor T.Norqulov tizimda mehnat qilayotgan xotin-qizlarning huquqlarini ta’minlash, ularga qulay mehnat sharoitlarini yaratish yuzasidan mehnat qonunchiligida belgilangan imtiyozlar, yangi qabul qilingan qaror mazmun-mohiyati bo‘yicha ma’lumot berdi.

📍Ayni paytda viloyat Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasida tizimidagi davlat muassasalarida mehnat qilayotgan 859 nafar ishchi-xodimlarning 89 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-sayt
#Surxondaryo viloyati

Aholi murojaatlari hal etilmoqda

✍️Muzrabot tumani “Yakkatol” mahallasida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash maqsadida
sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.



Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-sayt
#Qamchiq dovoni

Qamchiq dovonida qor yog‘yapti


A-373 “M-39 a/y.— Guliston—Bo‘ka—Angren—Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh” avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonida havo bulutli.

🌨171-253 kilometrlar oralig'ida qor yog‘moqda.

📌Tuman, yo‘llarda ko‘rish masofasi 500 metrni, shamol 6-17 m/s ni, havo harorati -10 darajani, namlik 75 %ni tashkil etmoqda.

Qor yog‘ib turgan paytda dovonda avtotransport vositalarining to‘xtovsiz ikki tomonlama harakatlanishini ta’minlash maqsadida "Qamchiqavtoyo‘l IYFK" DM tomonidan yo‘l qoplamasida sirpanchiq bo‘lmasligi uchun tun-u kun mashina-mexanizmlar yordamida yo‘l qoplamasini qordan tozalash va qum-tuz aralashmasi sepish ishlari amalga oshirilmoqda.

Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.

‼️"Qamchiqavtoyo‘l IYFK" DM Qamchiq dovoni orqali harakatlanayotgan barcha haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini tavsiya qiladi.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-sayt
#Faoliyat

Yo‘llarning holati tahlil qilinmoqda

🛣«Avtomobil yo‘llari texnik holati tahlili va harakat xavfsizligi markazi» davlat muassasasi tomonidan IQN 05—2011 "Avtomobil yo‘llarining holatini tashxis qilish va baholash qoidalari"ga muvofiq, Sirdaryo viloyatidan o‘tuvchi 1 450 km umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining mavjud holatini tahlil qilish va ularning ta’mirtalab qismlarini aniqlash ishlari zamonaviy o‘lchov vositalari yordamida amalga oshirilmoqda.

📐O‘lchov ishlari yakuniga yetgach, ilmiy tasdiqlangan ma'lumotlar asosida ta'mirtalab yo‘l qismlari va yo‘l inshootlarini ta'mirlash hamda tiklash ishlari dasturi shakllantiriladi.


Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Namangan viloyati

Yo‘l muzlamalarining oldi olinmoqda


🌨Namangan viloyatining Qamchiq dovoniga tutash Kosonsoy, Yangiqo‘rg‘on, Chortoq tumanlarida qor yog‘moqda.

📌Shu bois mazkur hududlarda harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida ikki smenali ish tashkil etilib, qum-tuz aralashmasini sepish va qor uyumlarini tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-sayt