Avtomobil yo'llari qo'mitasi
12.7K subscribers
68.1K photos
4.59K videos
96 files
11.3K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Namangan viloyati

Oromgoh massividagi ko‘prik qurilishi davom etmoqda


🏗Yangi Namangan tumanining Oromgoh massivi hududidan oqib o‘tuvchi Katta Namangan kanali ustidagi ko‘prik rekonstruksiya qilinmoqda.

📌Yillar davomida eskirib qolgan, serqatnov mazkur ko‘prik haydovchilar va piyodalar harakati uchun biroz noqulayliklar keltirib chiqarayotgan edi. Endilikda uzunligi 34 va eni 13 metr bo‘lgan ushbu obyekt 30 metrgacha kengaytirilib, zamonaviy ko‘rinishga keltiriladi.

🏦Buning uchun 6 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ sarf etilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, hozirda qurilish-montaj ishlari, hududdagi irrigatsiya tarmoqlarini ko‘chirish jarayonlari olib borilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-sayt
#Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Kecha yoqqan qordan so‘ng yo‘lchilarning mehnati yanada ortdi


❄️Qish fasli soat bilan sanashmaydigan yo‘lchilar uchun biroz og‘irroq keladi. Kecha Qoraqalpogʻiston Respublikasida yoqqan qor sabab, avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash, muzlamalar hosil boʻlishining oldini olish maqsadida, barcha umumfoydalanuv avtomobil yo‘llarida yoʻlchilar tomonidan qum-tuz aralashmasini sepish va tozalash ishlari amalga oshirildi.

📌Yoʻllarni qordan tozalash ishlari bugun ham davom etmoqda.


Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-sayt
#Sirdaryo viloyati

Piyodalar svetofori o‘rnatildi


🚦Yo‘l — tartibni yoqtiradi. Ayniqsa, yildan-yilga yo‘llarda transport vositalari sonining ortib borayotganligi haydovchi va piyodalardan yanada hushyorlikni oshirishlarini talab etadi.

🛣Xovos tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi ishchi-xodimlari tomonidan davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R32 avtomobil yo‘lining 1-kilometrida Sirdaryo viloyati IIB YHXB bilan hamkorlikda yana bir xayrli ish amalga oshirildi.

Yangiyer shahar Dehqon bozori ro‘parasida piyodalar xavfsizligini ta‘minlash maqsadida avtomatik rejimida ishlovchi piyodalar svetofori o‘rnatilib, ishga tushirildi.

📌Natijada Yangiyer shahar Dehqon bozoriga kelib-ketuvchi piyodalarning xavfsiz harakatlanishlari uchun zarur sharoit yaratildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YOLODAMI

YO’L ODAMI

Farg‘ona viloyati, Yozyovon tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasida ko‘p yillardan buyon faoliyat olib borayotgan yo‘lchilar sulolasi Umurzoqovlar oilasi haqida.


Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-sayt
#Buxoro viloyati

Obod bo‘layotgan manzillar


🏘Kogon shahri "Xo‘jabargi" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida manzilli dasturlar asosida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

📍Xususan, mahallaning Xo‘jabargi ko‘chasidagi ichki yo‘lni shag‘allashtirish uchun yo‘lning asos qatlami tayyorlanmoqda. Bu jarayonga maxsus texnikalar va ishchi-xodimlar jalb etilgan.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-sayt
#Qashqadaryo viloyati

Olis mahallalarda ravon ko'chalar

🧮 “Ochiq budjet” axborot portalida o‘tkazilgan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2023-yil 2-mavsumi davomida mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan Koson tumanidagi mahallalarda ham ko‘plab ichki xo‘jalik yo‘llari ravon holatga keltirildi.

Jumladan, tumanning “Darcha”, “Ayronchi”, “Yangi O‘zbekiston”, “Ushoqtepa”, “Etak” hamda “Gala” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi ichki ko‘chalarga asfalt yotqizilib, aholining yo‘llar bilan bog‘liq muammolariga, notekis va mashaqqatli harakatlanishiga sabab bo‘layotgan holatlarga barham berildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-sayt