Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.87K subscribers
67.5K photos
4.48K videos
96 files
10.9K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

📹“O‘zbekiston” telekanali “Yangi O‘zbekiston” ko‘rsatuvi

Ulaning: 👉
https://t.iss.one/avtoyulqumita
#Farg‘ona_viloyati

🔺Uchko‘prik tumani yo‘lsozlari tomonidan kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 4R-17e “Qo‘qon shahri aylanma avtoyo‘liga” avtomobil yo‘lining 0 — 2,4 kilometr qismida zarur texnikalar jalb etilgan holda yo‘l mintaqasida to‘plangan chiqindilarni tozalash hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ulaning: 👉 https://t.iss.one/avtoyulqumita
#Andijon_viloyati

💠Qo‘rg‘ontepa tumanining “Navro‘z” mahallasi viloyatdagi aholi eng zich istiqomat qiluvchi mahallalardan biri hisoblanadi. Ushbu hududda tuman buyum bozori, shuningdek, davlat idoralarining tuman bo‘limlari joylashgani bois mahalladan o‘tuvchi yo‘llardan bir kunda minglab avtomobillarning harakatlanishiga to‘g‘ri keladi.

🔷Shu paytga qadar avtomobillarning qatnov ko‘lami katta bo‘lgan mazkur yo‘l talab darajasida emas edi. Aholi, qolaversa, bu yo‘ldan harakatlanuvchi haydovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Qo‘rg‘ontepa TYFUK tomonidan yo‘lning 1 ming 750 metr qismiga asfalt yotqizilib, yo‘l ravon va soz holga keltirildi.

Ulaning: 👉 https://t.iss.one/avtoyulqumita
#Navoiy_viloyati

💠Navbahor tumanining "Qorovultepa" mahallasida "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" mezonini joriy etish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.

Ayni kunlarda ushbu mahallaga biriktirilgan viloyat, tuman korxona va tashkilotlari tomonidan qator ishlar bajarilmoqda.

🔷Xususan, mahalladagi 2,5 km masofadagi ichki ko‘chalarga shag‘al yotqizish, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 400 metr suv quvurlari ta'mirlanadi, 1 km 200 metr masofadagi ko'chalar asfaltlashtirildi.

Ulaning: 👉 https://t.iss.one/avtoyulqumita