Avtomobil yo'llari qo'mitasi
8.46K subscribers
67.7K photos
4.54K videos
96 files
11K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
Nishon tumanidagi "Balxiyak" mahallasida keng ko‘lamda ishlar amalga oshirilmoqda

Xabaringiz bor, 13-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining maslahatchisi Botir Parpiyev, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Alisher Amirov, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Alisher Qodirov tomonidan "Balxiyak" mahallasida nuroniylar, ko‘chaboshilari hamda faol fuqarolarning murojaatlari, takliflari tinglangani haqida xabar bergan edik.

Shu bois, кеча, 14-iyun kuni "Balxiyak" mahallasida fuqarolarning ichki yo‘llarni ta'mirlashda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaatini ijobiy hal etish maqsadida mahallada keng ko‘lamda ta'mirlash, obodonlashtirish ishlari olib borilib, mahallaning 2,5 km ichki yo‘llari shag‘allashtirildi.
Bu jarayonda Qashqadaryo viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tarkibidagi korxonalarining 40dan ziyot maxsus texnika vositalari, hamda 120 dan ziyot ishchi kuchi jalb qilindi.

Bugun 15 iyun kuni "Balxiyak" mahallasida erta tongdan shag‘allashtirish ishlari boshlab yuborildi, rejada 3,5 km ichki yo‘llari shag‘allashtiriladi.

@qashqadaryoavtoyol
Respublika ishchi guruhi G‘uzor tumanining chekka qishlog‘ida ish boshladi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi, Respublika ishchi guruhi vakili Botir Parpiyev boshchiligidagi respublika ishchi guruhi G‘uzor tumanida bo‘ldi.

Vazir maslahatchisi boshchiligidagi respublika ishchi guruhi ijtimoiy-iqtisodi og‘ir bo‘lgan "Eshonquduq" mahallasi Eshonquduq qishlog‘ining ichki yo‘llarini taʼmirlash, qurilish-obodonlashtirish, ichimlik suvi, elektr va gaz taʼminotini yaxshilash, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda kam taʼminlan xonadonlarga ko‘rsatilayotgan yordamlar kabi masalalarda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, ularga ko‘maklashmoqda.

Respublika ishchi guruhi vakilining G‘uzor tumaniga tashrifida tuman sektor rahbarlari, viloyat tashkilot rahbarlari va tegishli masʼullar hamrohlik qilishdi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|Twitter
Oqirtma mahallasida yo‘l qurilish ishlari davom etmoqda

Tumanning qo‘shni davlat bilan chegara hududida joylashgan “Oqirtma” mahallasining “Oqirtma”, “Xo‘japullast”, “Zog‘cha ota” qishloqlaridagi ichki tuproq yo‘llar shag‘allashtirilmoqda. Reja asosida 12 kilometr tuproq yo‘l shag‘allashtirilishi mo‘ljallangan bo‘lib, hozirga qadar yo‘lning 4 kilometri ta’mirlangan va qolgan 8 kilometrni ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

Ushbu mahallada yo‘l ta’miri bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tuman mas’ullari hamrohligida Respublika ishchi guruhi mas’uli B.Parpiyev hamda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sh.Nisbatxonov tomonidan ko‘zdan kechirildi.

Kanalga obuna bo‘ling: 👉 t.iss.one/dehqonobodpress
Zamonaviy “bahodirlar” Torqopchug‘ay mahallasida

Prezident tomonidan ajratilgan maxsus yo‘l qurilish texnikalari navbatli ro‘yxat asosida “Torqopchug‘ay” mahallasida hashar yo‘li bilan yo‘l ta’miri ishlarini davom ettirmoqda.

Mazkur yo‘l ta’miri ishlari ham Respublika ishchi guruhi tomonidan ko‘zdan kechirildi.

Kanalga obuna bo‘ling: 👉 t.iss.one/dehqonobodpress