Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.93K subscribers
67.4K photos
4.42K videos
96 files
10.8K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#Jarayon
#foto_hisobot

⚡️YOʻLLARNING SOZ VA OZODALIGI DOIMIY NAZORATDA

Farg'ona viloyatida aholi farovonligi hamda turmush darajasini yaxshilash va qulaylik yaratish maqsadida ko'plap bunyodkorlik ishlari jadallik bilan davom etmoqda.

Jumladan Rishton tumani TYFUK 447,448-yo'l bo'limi yo'lsozlari tomonidan yo'l infratuzilmasini yaxshilash maqsadida, 4r-147 , 4к-872а, 4n-871 hamda 4k 873 v mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo'llarida qatnov yo'llarini joriy ta'mirlash, tozalash va obodonlashtirish, yo'l belgilari o'rnatish, qatnov muammo keltirib chiqayotgan chuqur-chanoqlarni ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
#PQ408
TOSHLOQNING 23 TA MAHALLASIDAGI YO’LLAR YAXSHILANADI

Batafsil, #Zo'r TV #BuKun yangiliklar dasturi orqali efirga uzatilgan mazkur lavhadan tanishib olishingiz mumkin.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
Янги уй-жой қурилиши ва 2023 йил учун ипотека дастурини амалга ошириш бўйича ўтган видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада.

Facebook|Instagram|Twitter
Forwarded from "Қамчиқавтойўл ИЙФК" ДМ (Bahtiyor Yuldashalievich)
#RASMIY
А-373 “М-39 Гулистон-Бўка-Ангрен-Қўқон-Андижон орқали-Ўш” автомобиль йўлининг "Қамчиқ" довонидан ўтган қисмининг 259 км.да "Тошкент-Водий" йўналиши бўйича ҳаракатланиб келаётган юк машинаси бошқарувни йўқотиб йўл транспорт ҳодисасини содир этганлиги сабабли бугун 6 апрель куни соат 11:15 да мазкур автомобиль йўлида транспорт воситаларнинг икки томонлама ҳаракати вақтинча тўхтатилди.
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
Asosiy maqsadimiz-odamlarning roziligi, yurtimiz obodlgi

Barchamizga ma'lumki, yaqin yillardan buyon viloyatimiz ko'rki tubdan o'zgarib, obod va go'zal go'shaga aylanmoqda. Buni farovon xalqning obod mamlakatda yashashini ta'minlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarning yana bir yorqin ifodasi desak, mubolag‘a bo'lmaydi. Barcha jabhalarda bo'lgani kabi yo'lsozlik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar ko'lami endi mahallarga ham kirib bormoqda.

⚡️Bugun Andijon viloyati Shahrixon tumani "Yangi" mahallasida ham o'zgacha tong otdi. Tuman yo'lsozlari tomonidan mahallaning 2 km 610 metr masofasidagi ichki ko'chalar asfaltlanib aholi farovonligi va turmush darajasi yanada yaxshilandi.

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
#TEZKOR
"ҚАМЧИҚ" ДОВОНИДА АВТОМОБИЛЛАР ҲАРАКАТИ ҚАЙТА ТИКЛАНДИ.

А-373 “М-39 Гулистон-Бўка-Ангрен-Қўқон-Андижон орқали-Ўш” автомобиль йўлининг "Қамчиқ" довонидан ўтган қисмининг 259 км.да "Тошкент-Водий" йўналиши бўйича ҳаракатланиб келаётган  юк машинаси бошқарувни йўқотиб йўл транспорт ҳодисасини содир этганлиги сабабли бугун 6 апрель куни соат 11:15 да мазкур автомобиль йўлида транспорт воситаларнинг икки томонлама ҳаракати  вақтинча тўхтатилган эди.
"Қамчиқавтойўл" ИЙФУК ва ҳамкор ташкилотлар билан биргаликда кўрилган тезкор чора-тадбирлардан сўнг бугун 6 апрел куни соат 13:15 дан мазкур автомобиль йўлида автотранспорт воситалари учун икки томонлама ҳаракати тўлиқ қайта тикланди.
Ўз навбатида барча автотраспорт воситаси ҳайдовчиларига йўл ҳаракати қоидаларига риоя қилиб ҳаракатланишини тавсия қилиб қоламиз.
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
Barcha islohotlar inson qadri uchun...

Xalqimizda yo'l qurmoq savob, yo'l yurmoq rohat degan hikmat bor. Bu bejiz emas. Chunki yo'larning ravon va tekisligi kishi dilini yayratib, huzur baxsh etadi.

So'nggi yillarda yo'lsozlik sohasidagi ishlar viloyatimizda sezilarli darajada oshdi. Avvaliga yo'llar shag'allandi, endi Andijon tajribasi sifatida beton yo'llar qurilmoqda. Narijada esa yillar davomida ta'mirtalab hududlarning ichki ko'chalari tekislanib, ravon yo'llarga aylanmoqda. Bu albatta, eng olis hududlardagi qishloq aholisining ham yashash sharoiti yaxshilanshiga xizmat qiladi.

Shu bugunda yo'lsozlik ishlari amalga oshirilayotgan Qo'rgontepa tumani "Nurli yog'du" MFY "Yoshlik" ko'chasi misolida ham namoyon. Hududda amalga oshirilayotgan ishlari doirasida mahallaning ichki yo'llarga beton qoplamasi yotqiziib, yozda tuproq, qishda esa loy kechib yurgan mahalla aholisi bu yilgi mavsumni quruq va ravon yo'llarda shukronalik bilan o'tkazishiga zamin yaratmoqda.

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa