Avtomobil yo'llari qo'mitasi
7.22K subscribers
70.7K photos
5.18K videos
97 files
12.6K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
Prezident qarori amalda!

Paxtakor mahallasida 2.5 kilometr masofadagi ichki yoʻllarda asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda

“2022–2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga koʻra joylarda boʻlgani kabi Qoʻshtepa tumanida ham ichki yoʻllar, ichimlik suv, elektr energiyasi va boshqa infratuzilma obyektlari yaxshilanmoqda.

Jumladan, Paxtakor mahalla fuqarolar yigʻinida ham PQ-408-sonli qaror asosida 1, 25 mlrd.soʻm mablagʻ evaziga Yoshlarobod va Orzu koʻchalarida “Fargʻona mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati” DUK tomonidan 2.5 kilometr masofadagi ichki yoʻllarda asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
#ҳудудлар_ҳаёти
#Вобкент _тумани

Равон йўл қуриш, ёз ва қиш чилласида айнан йўлларда дуч келинадиган қийинчиликларга барҳам бериш мақсадида шу кеча-кундузда Вобкент туманида ҳам бир қатор ишлар амалга оширилмоқда. Айниқса, бу борада ички йўллар ҳам босқичма-босқич таъмирланиб, асфальт-бетон қилинаётгани аҳолига катта қулайликдир.

Вобкент туманида кўчалар ва қишлоқ йўлларини таъмирлаш бўйича амалга оширилаётган ишлар навбати "Латифсобунгар" маҳалла фуқаролар йиғини ҳудудида жойлашган Қатаған, Латифсобунгар ва Талпушмон қишлоқлари, шунингдек "Қурувчи" маҳалласининг Ўзбекистон кўчаларига етиб келди. Ҳозирги вақтда "Латифсобунгар" маҳалласининг 6600 метр ички кўчалари асфалътлаштирилиб, "Қурувчи" маҳалласининг Ўзбекистон кўчаларидаги 1800 метр масофадаги ички йўллар бетонлаштирилмоқда.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Uzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Барча ислоҳотлар инсон қадри учун...

Халқимизда йўл қурмоқ савоб, йўл юрмоқ роҳат деган ҳикмат бор. Бу бежиз эмас. Чунки йўлларининг равон ва текислиги киши дилини яйратиб, ҳузур бахш этади.

Сўнгги йилларда йўлсозлик соҳасидаги ишлар вилоятимизда сезиларли даражада ошди.Халқаро аҳамиятдаги йўлларнинг таъмирланиши Бу албатта, энг олис ҳудудлардаги қишлоқ аҳолисининг ҳам яшаш шароити яхшиланишга хизмат қилади.

Сурхондарё вилояти автомобиль йўллари Бош бошқармаси матбуот хизмати
“Kichik sanoat zona” mahallasining ichki koʻchalari taʼmirlanib, koʻrkam tus olmoqda

Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholining koʻp yillik muammolariga barham berish va ularning turmush darajasini oshirishga koʻmaklashish yuzasidan belgilangan vazifalar Namangan tumanida qizgʻin davom etmoqda.

Hudud infratuzilmasini yaxshilash orqali aholiga qulaylik yaratish maqsadida “Kichik sanoat zona” mahalla fuqarolar yigʻini yo’llari manzilli dasturi asosida ichki yoʻllari taʼmirlanib, asfalt yotqizilmoqda.

Tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi yoʻlsozlari tomonidan shu kungacha 945 metr masofada asfaltlashtirish ishlari bajarildi. Amaliy jarayonlar davom etishi, loyiha doirasida mahallaning ming metrdan ziyod ichki koʻchalarini ravon holatga keltirish belgilangan.

Hududlar koʻrkiga koʻrk qoʻshib, aholiga qulaylik yaratishga xizmat qilayotgan shu kabi xayrli ishlar tumanning yana koʻplab mahallalarida avj olgan

Namangan viloyati Avtomobil yo’llari boshqarmasi