Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.83K subscribers
67.6K photos
4.51K videos
96 files
11K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#Axborot

Transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy yilning 28 mart kuni Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda G‘allaorol tuman yo‘llardan foydalanish UK xodimlari tomonidan o‘quv mashqi tadbirlari o‘tkazildi. Xavfli geologik jarayonlarni bartaraf etish maqsadida, 4R38 "M39 avtoyo‘li (962 km) -Uchtepa q-Jizzax sh.-M39 avtoyo‘li (1013 km)" avtomobil yo‘lining 43-44 km oralig‘idagi tog‘ qiyaligidan tog‘ toshi ko‘chishi xavfi yuqori bo‘lgan mazkur hududdan toshlar ko‘chirib olindi va maxsus texnikalar yordamida ortilib, tashib chiqarildi.

@Jizzax_avtoyol_pressa
#Axborot

Jizzax viloyati G‘allaorol tumani hokimi fuqaro muxofazasi boshlig‘ining 2023 yil 24 mart sanasidagi “G‘allaorol tumani 4R38 "M39 avtoyo‘li (962 km) -Uchtepa q-Jizzax sh.-M39 avtoyo‘li (1013 km)" avtomobil yo‘lining 43-44 km.da xavfli geologik jarayonlarni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikda maxsus-taktik o‘quv mashqini o‘tkazish to‘g‘risida”gi №05 sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida xavfli geologik jarayonlarni bartaraf etish orqali, mazkur hududda transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun joriy yilning 28 mart kuni Favqulotda vaziyatlar bo‘limi hamda tuman yo‘llardan foydalanish UK xodimlari tomonidan o‘quv mashqi tadbirlari o‘tkazildi. O‘quv mashqi tadbirida tuman yo‘llardan foydalanish UKsida ishlovchi 20 kishidan iborat ishchilar jamoasi hamda korxonaga qarashli "avtokran, avtosomasval, avtopogruzchik, ekskavator" kabi maxsus texniklar ishtirok etdi. Tadbir davomida 4R38 "M39 avtoyo‘li (962 km) -Uchtepa q-Jizzax sh.-M39 vtoyuli (1013 km)" avtomobil yo‘lining 43-44 km oralig‘idagi tog‘ qiyaligidan tog‘ toshi ko‘chishi xavfi yuqori bo‘lgan hududdan 75 m3 hajmdagi yirik toshlar ko‘chirib olindi va maxsus texnikalar yordamida ortib tashib chiqarildi.

@Jizzax_avtoyol_pressa
#jarayon

"Namanganyo‘lko‘kalam'' UK xodimlari hamda Viloyat Karantin boshqarmasi Chust tuman hudud mutaxassisi, Tabiat Resurslari Vazirligi Namangan viloyat boshqarmasi Chust tumani mutaxassislari ishtirokida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 2023 yil 30-31 mart kunlari Chust tuman hududida Pop-Chust yo‘nalishi Davlat va Mahalliy ahamiyatdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari yoqalaridagi ekilgan va saqlashdagi mavjud manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini parvarishlash, oziqlantirish uchun situgumat va novosel bilan aralashgan holatda suspenza qilib dori sepish ishlari olib borilmoqda.

|Instagram| Facebook|Telegram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Кеча Президентимиз Нукусдаги Алтин жағис маҳалласида бўлганида, сумалак пишираётган аёллар билан ҳам илиқ суҳбатлашди

Вчера, посещая махаллю Алтын-жагыс в Нукусе, Президент тепло пообщался и с женщинами, готовившими сумаляк

Facebook|Instagram|Twitter
Урганч шаҳрида Халқ депутатлари Хоразм вилояти Кенгаши сессияси бўлиб ўтмоқда. Унда Президент Шавкат Мирзиёев иштирок этмоқда.

Сессияда ташкилий масала кўриб чиқилди. Президент Хоразм вилояти ҳокими лавозимига ҳоким вазифасини бажариб келаётган Раҳимов Жўрабек Раҳимович номзодини тавсия этди.

Номзод вилоятда аҳоли бандлигини таъминлаш ва даромадини ошириш, озиқ-овқат хавфсизлигини таъминлаш, саноатни ривожлантириш, энергетика қувватларини ошириш, ижтимоий масалаларни ҳал этиш, маҳаллада яшаш шароитларини яхшилаш бўйича режаларини тақдимот қилди.

Сўнг Хоразм вилояти ҳокимини тайинлаш масаласи овозга қўйилди. Овозга қўйиш натижаларига кўра, Жўрабек Раҳимов вилоят ҳокими этиб тасдиқланди.

Айни пайтда сессияда вилоятни янада ривожлантириш истиқболлари муҳокама қилинмоқда, келгуси режа ва вазифалар белгилаб олинмоқда.

Facebook|Instagram|Twitter
Jarqo‘rg‘onda ichki yoʻllarni taʼmirlash ishlari davom etmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi “2022-2023- yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 408-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Muzrabot tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan Jarqo‘rg‘on tumani, "Soqchi" mahallasi ichki koʻchalari ta'mirlanmoqda.

Surxondaryo viloyati avtomobil yoʻllari Bosh boshqarmasi matbuot xizmati.