Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.91K subscribers
67.4K photos
4.45K videos
96 files
10.9K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#Jarayon

   Samarqand tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan, Xalqaro ahamiyatga ega M-39 Toshkent.sh-Samarqand.sh- Termiz.sh avtomobil yo'lining 1081-1086 km lari oralig'ida, saqlash ishlari doirasida, qarama qarshi harakatni ajratib turuvchi metal to'siqlarni yuvish ishlari olib borildi.

Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi

https://t.iss.one/SamAvtoyul

|Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
⚡️Автомобиль йўллари ҳудудий бош бошқармасида янги раҳбар иш бошлади

Темиров Умид Баротович
Сурхондарё вилояти автомобиль йўллари ҳудудий бош бошқармаси бошлиғи этиб тайинланди. У мазкур лавозимда Жўра Қиличевнинг ўрнида иш бошлади.

Умид Темиров 1972 йил 29 сентябрда Денов туманида туғилган. Маълумоти олий, 1996 йилда ҳозирги Тошкент автомобиль йўлларини лойиҳалаштириш, қуриш ва фойдаланиш институтини тамомлаган. Мутахассислиги муҳандис-қурувчи.

У.Темиров янги тайинловга қадар Автомобиль йўллари қўмитасида фаолият юритиб келаётган эди.

🌐 https://t.iss.one/AOKA_Surxondaryo
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
ANDIJON VILOYATI AVTOMOBIL YO‘LLARI BOSH BOSHQARMASI TOMONIDAN 2022 YILDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLARI SARHISOBI...

Yo'l qurmoq savob, yo'l yurmoq rohat degan naql bor. Ayniqsa yo'llar tekis hamda ravon bo'lsa albatta  bundan  dilimiz  yayraydi. Ko'nglingiz taskin topadi. Yo'l yursangiz ham charchoqni sezmaysiz. Bugun hoh avtomobil hoh piyoda bo'lsin viloyatimizning qay bir hududiga yo'l olmang, o'zingizda ana shunday yengillikni his etasiz. Bunda albatta yo'lsozlarimizning munosib hissalari bor. Poyoniga yetgan 2022 yilda viloyatimizdagi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini ta'mirlash, yangi yo'llar qurish, ko'priklar barpo etish va mavjudlarini ta'mirlash ishlari keng ko'lamda amalga oshirildi.

Andijon viloyatida jami 13,368 km avtomobil yo‘llari mavjud bo'lib, shundan 2463 km qismi umumiy foydalanuvdagi yo'llar hisoblanadi.
103 km xalqaro ahamiyatdagi va 1560 km mahalliy ahamiyatdagi yo'llardan iborat. Ichki xo'jalik yo'llari esa 10,905 km bo'lib, shahar ko'chalari 1092 km va ichki yo'llar 9813 kmni tashkil etadi.

Viloyatimizdagi mazkur umumfoydalanuv avtomobil yo'llarida 624 dona ko'priklar mavjud bo‘lib, 2022 yilda 20 ta ko'prikda to'liq ta'mirlash ishlari olib borildi. Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tomonidan belgilangan dasturlar va topshiriqlar asosida yakuniga yetgan yilda umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarida 252 mlrd so'mlik ta'mirlash ishlarni rejalashtirilgan bo'lib, amalda 257 mlrd so'mlik yo'llar ta'mirlandi. Jumladan, investitsiya dasturi asosida 116,4 mlrd so'mlik, to'la ta'mirlaash dasturi asosida 116,4 mlrd so'mlik, to'la ta'mirlash dasturiga asosan 36,6 mlrd so'mlik joriy ta'mirlash va saqlash ishlari uchun esa 94,1 mlrd so'mlik ishlar bajarilib manzillarga eltuvchi yo'llar soz holatga keltirildi.

Ichki yo'llarni ta'mirlash borasida ham 2022 yilda salmoqli ishlar amalga oshirildi. Yo'lsozlar tomonidan 145,3 mlrd so'm mablag' evaziga 124 ta mahalla fuqarolar yig'inida 316,1 km yo'l asfalylanib, 175 kmga semento-beton qoplamalar yotqizildi. Bundan tashqari hashar yo'li bilan 542 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarning 876 km ichki yo'llarini shag'allashga erishildi.Shuningdek, ichki yo'llarda 4 ta ko'priklarni ta'mirlash ko'zda tutilgan bo‘lib, hozirga qadar 4 tasida to'la ta'mirlash ishlari yakunlanib foydalanishga topshirildi. Keyingi 5 yillikda yana 12 ta ko'priklarni ta'mirllash rejalashtirilmoqda.

Bir so'z bilan aytganda, 2021 yilga nisbatan yo'lsozlar tomonidan yakuniga yetgan 2022 yilda 3,5 barobar, shundan ichki yo'llarda 10 barobar ortiq yo'llar ta'mirlandi.

Manzillardan manzillarga olib boruvchi yo'llarimiz ravon bo'lsin. Yo'lsozlarga yangi  2023 yilda ham xalqimizni rozi  qilishga yangidan yangi yo'llar qurishda  metindan shijoat tilab qolamiz.

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
А-373 “М-39 а/й Гулистон-Бўка-Ангрен-Қўқон-Андижон орқали-Ўш” автомобиль йўлининг "Қамчиқ" довонидан ўтган қисмининг 171-261 км.лар оралиғида қор ёғмоқда .
Қор ёғиб турган пайтда довонда автотранспорт воситаларининг тўхтовсиз икки томонлама ҳаракатланишини таъминлаш мақсадида "Қамчиқавтойўл" ИЙФУК томонидан йўл қопламасида сирпанчиқ бўлмаслиги учун туну-кун машина-механизмлар ёрдамида қордан тозалаш ва қум-туз аралашмаси сепиш ишлари амалга оширилмоқда. Айни пайтда, автотранспорт воситалари икки томонлама хавфсиз ҳаракатланмоқда. Қор. Йўлларда кўриш даражаси 1000 метрни, ҳаво ҳарорати -3 даражани, шамол шимолдан жанубга 2-13 м/с, намлик эса 81% ни ташкил этмоқда. "Қамчиқавтойўл" ИЙФУК “Қамчиқ" довони орқали ҳаракатланаётган ҳайдовчиларга барча хавфсизлик чораларини кўришларини тавсия қилади.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live
А-373 “М-39 а/й Гулистон-Бўка-Ангрен-Қўқон-Андижон орқали-Ўш” автомобиль йўлининг "Қамчиқ" довонидан ўтган қисмининг 218-245 км.лар оралиғида кучсиз қор ёғмоқда .
Қор ёғиб турган пайтда довонда автотранспорт воситаларининг тўхтовсиз икки томонлама ҳаракатланишини таъминлаш мақсадида "Қамчиқавтойўл" ИЙФУК томонидан йўл қопламасида сирпанчиқ бўлмаслиги учун туну-кун машина-механизмлар ёрдамида қордан тозалаш ва қум-туз аралашмаси сепиш ишлари амалга оширилмоқда. Айни пайтда, автотранспорт воситалари икки томонлама хавфсиз ҳаракатланмоқда. Қор. Йўлларда кўриш даражаси 3000 метрни, ҳаво ҳарорати -4 даражани, шамол шимолдан ғарбга 6-15 м/с, намлик эса 71% ни ташкил этмоқда. "Қамчиқавтойўл" ИЙФУК “Қамчиқ" довони орқали ҳаракатланаётган ҳайдовчиларга барча хавфсизлик чораларини кўришларини тавсия қилади.
#Jarayon
#tabiiy_ofat

Harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida Baxmal TYFUK yo'lsozlari bugun 4R41 "M39 avtoyo'li-O'smat sh-Baxmal-q" avtomobil yo‘lining 38-39 km oralig‘ida joylashgan quvurda sodir bo‘lgan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlarini bajarishdi. Yo'lning chekka qismi (obochina) yog'ingarchilik tufayli yuzaga kelgan sel toshqini natijasida yuvilib ketgan.
O'z vaqtida soha xodimlari tomonidan kelib chiqishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlarni bartaraf etish uchun barcha zaruriy choralar ko'rildi.

@Jizzax_avtoyol_pressa
🛣Surxondaryo viloyatida keng qamrovli yoʻl qurilish ishlari boshlandi

Surxondaryo viloyatining barcha tumanlarida yoʻl infratuzilmasini yaxshilash maqsadida bosqichma-bosqich taʼmirlash ishlari rejasi ishlab chiqilib, ayni damda oʻta taʼmir talab hisoblangan yoʻllarda keng qamrovli taʼmirlash ishlari boshlab yuborildi.

Surxondaryo viloyati avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi Matbuot xizmati