Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.92K subscribers
67.4K photos
4.42K videos
96 files
10.8K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#LIVE
#Xavfsiz_yo'l

Viloyatimizda ayni kunlarda avtomobil yo'llarida harakat xavfsizligini ta'minlash tizimini takomillashtirish sohasida keng qamrovli tashkiliy-amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Andijon viloyati Qo'rgontepa tumani hududidan o‘tgan 4K-75 avtomobil yo‘lida tuman tushgan vaqtda haydovchilarning xavfsiz harakatlanishini taʼminlash maqsadida yo‘l yotiq chiziqlari chizilmoqda.

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
#LIVE
#Xavfsiz_yo'l

Viloyatimiz hududida ob-havo sharoitining keskin o'zgarishi, qor va yomg'ir yog'ishi, avtomobil yo'llarida qalin tuman tushishi yo'llarda harakat qatnashchilari uchun harakatlanish vaqtida bir qancha mas'uliyatni oshiradi.

Shu sabab, viloyatimizning barcha  hududlarida avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini tizimini takomillashtirish yuzasidan keng qamrovli tashkiliy-amaliy ishlar bajarilmoqda.

Xozirda Asaka tumani hududidan o'tgan 4K-105 avtomobil yo'lida murakkab ob-havo sharoitini hisobga olgan holda noqulayliklarni bartaraf etish, tungi vaqtlarda harakat  xavfsizligini ta'minlash maqsadida yo'l yotiq chiziqlari chizish ishlar jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
MUNOSABAT

Joriy yilning 16 dekabr kuni
https://t.iss.one/Vodiy1uzofficial/67385
rasmiy sahifasi orqali "Yo'llar tuman, chiziqlar qani? Andijon viloyat hokimining topshirig'i tumandek tarqab ketdimi?" sarlavhasi ostida video murojaat e'lon qilindi.Ushbu murojaat yuzasidan Andijon avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi MATBUOT XIZMATI quyidagilarni ma'lum qiladi:

Video murojaatda ko'rsatilgan yo'l, Shahrixon tumani Do'lan qishlog'i hududidan o'tuvchi 4R-112v "Shahrixon shahriga kirish" avtomobil yo'li hisoblanadi. Andijon viloyati hududida  yo'l harakati havfsizligini ta'minlash, noqulay ob-havo sharoiti sabab kelib chiqayotgan yo'l transport hodisalarini oldini olish maqsadida viloyatimizning barcha avtomobil yo'llarida yo'l yotiq chiziqlari chizish ishlari keng ko'lamda amalga oshiralayotganligini va mazkur murojaatdagi yo'lda joriy yilning 17 dekabr kuni yo'l yotiq chiziqlarini chizish ishlari to'liq yakunlanishini ma'lum qilamiz.

Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi MATBUOT XIZMATI
#Live
#Xavfsiz_yo'l

Avtomobil yo'llarida yo'l yotiq chiziqlari chizilmoqda...

Andijon viloyati hududida  yo'l harakati havfsizligini ta'minlash hamda yo'l infratuzilmasini yaxshilash, shuningdek hozirgi kundagi noqulay ob-havo sharoiti sabab kelib chiqayotgan yo'l transport hodisalarini oldini olish maqsadida viloyatimizning barcha hududlarida yo'l yotiq chizig'lari chizish ishlari keng ko'lamda olib borilmoqda.

Ayni damda Buloqboshi tumanidagi davlat va mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo'llarida yo'l yotiq chizish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur amalga oshirilayotgan ishlar yo'llarda transport vositalari harakatlanishini xavfsizligini ta'minlash bilan bir qatorda  yo'llarda sodir bo'lishi mumkun bo'lgan avariya holatlarini oldini olishga xizmat qiladi.

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa