Navoiy viloyati Navbahor tumani yo'llardan foydalanish UK yo'lsozlari tomonidan 4R 63 (Kogon sh. — Quyimozor suv ombori — Qiziltepa sh.— Toshrabot q. — Arabsaroy q. — Yangiqo‘rg‘on q.) avtomobil yo'lining 90-91 kilometrlari oralig'ida piyodalar yo'lagi qurish ishlari olib borilmoqda.
Navoiy viloyati Navbahor tumani yo'llardan foydalanish UK yo'lsozlari tomonidan 4R 48 (Zarafshon trakti) avtomobil yo'lining 164-165 kilometrlari oralig'idagi Suv quvurini yangisiga almashtirish ishlari olib borildi.
Navoiy viloyati Navoiyyo'lko'kalam Unitar Korxonasi tomonidan Davlat ahamiyatdagi 4R 57 Qizilqum halqa yo‘li (Karmana sh. — Nurota sh. — Boymurot q. — O‘tamurot q. — Mullali q. — Tomdibuloq q.) avtomobil yo'li yoqalarida manzarali daraxt va buta ko'chatlarini ekish, mavjud ko'chatlarga shakl berish va butash ishlari bajarilmoqda.