Avtomobil yo'llari qo'mitasi
9.86K subscribers
68.5K photos
4.72K videos
96 files
11.5K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#SURXONDARYO_VILOYATI
#JARAYON

✍️Davlatimiz rahbarining 2023-yil 16–17-noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlari asosida Muzrabot tumanidan kesib o‘tuvchi, davlat ahamiyatidagi D163 (4R110) "Sherobod sh.-Pashxurt q.-Oqtosh q.-Muzrabot q." avtomobil yo‘lining 62–72-kilometr qismlarida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
🌐 Muzrabot tumanining “Sopollitepa”, “Xalq yo‘li”, “Mehrigiyoh” hamda “Tong yulduzi” mahallalaridan kesib o‘tuvchi va hududni Sherobod tumani bilan bog‘lovchi ushbu yo‘lning 10 km qismini ta’mirlash loyihasi 9 mlrd 914 mln so‘m etib belgilangan.
📊 Ayni kunlarda Muzrabot tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan maxsus texnikalar yordamida ushbu avtomobil yo‘lining 62–72-kilometrlari oralig‘ida ta’mirlash jarayonining so‘nggi bosqichi, ya’ni, asfaltlash ishlari olib borilyapti.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI

📍 YO'LLAR RAVON, MANZILLAR OBOD BO'LMOQDA

✍️ Angor tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi ishchi-xodimlari tomonidan Muzrabot tumani hududidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatydagi 75V068 (4N1603) “Mehnatobod q.-75V045 avtomobil yo‘li (19 km ga)” avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
◾️ Dastlab mazkur avtomobil yo‘lining 2–9-kilometrlari oralig‘idagi 7 kilometr qismining yaroqsiz qora qoplamasi buzib olinib, asos yotqizish ishlari bajarildi.
◾️ Hozirda mahalliy ahamiyatydagi ushbu avtomobil yo‘lining belgilangan qismida yakuniy bosqich, ya’ni, asfaltlash ishlari amalga oshirilyapti.
📊 Ta’mirlash ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

📣 YÕLLAR RAVON, MANZILLAR OBOD BÕLMOQDA

📍Surxondaryo viloyati Avtomobil yõllari Bosh boshqarmasi va uning tarkibidagi korxonalar "Yang Õzbekiston" massivlari hududlaridagi yõllar qurilishida faollik kõrsatishmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI

◾️ICHKI YO‘LLAR TA’MIRLANMOQDA

✍️ Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi hamda uning tarkibidagi korxonalar tomonidan ichki xo‘jalik yo‘llarida ham keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
◾️ Xususan, ayni kunlarda belgilangan reja asosida Sariosiyo tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan tumanning “Turmushobod” mahallasidagi ta’mirtalab holatga kelib qolgan 4 kilometr ichki yo‘llarda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilyapti.
Yo‘lning belgilangan qismida hozirda asos qurish ishlari olib borilayotgan bo‘lsa, so‘ngra zichlash, yakuniy bosqichda esa issiq asfalt qoplamasini yotqizish ishlari bajariladi.
◾️ Jarayonlar bosqichma-bosqich izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI

⚡️ JARAYON

📍 Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tarkibidagi Angor tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan ichki xo‘jalik yo‘llarida ham qurilish va rekonstruksiya ishlari jadal sur'atlarda olib borilmoqda.
◾️ Xususan, mazkur korxona ishchi-xodimlari tomonidan Angor tumanidagi “Kattaqum” mahallasining 1,5 kilometr uzunlikdagi tuproq qoplamali ko‘chasiga tosh-shag‘al aralashmasidan qoplama yotqizildi.
🟢 Shuningdek, mazkur mahallaning 0,3 kilometr uzunlikdagi ichki ko‘chasining mavjud qora qoplamasi buzib olinib, uning o‘rniga issiq asfalt-beton qoplamasi to‘shaldi.
🕓 Buning uchun Angor tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasining 7 ta maxsus texnikasi hamda 12 nafar ishchi-xodimlari jalb etildi.
Jarayonlar jadallik bilan davom ettirilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🟢D161 (4R105) avtomobil yo‘lining 5—70-km qismi va D167 (4R100) avtomobil yo‘lining 128—174-km qismini rekonstruksiya qilish loyihasi Prezidentimizning 2022-yil 4-apreldagi 189-son Qarori asosida amalga oshirilmoqda.
☄️ D167 (4R100) avtomobil yo‘lining 128—174-km qismida 2024-yilning 25—26-noyabr kunlari mutaxassislar joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlarini olib borishdi.
Unga ko‘ra, loyihaning yo‘l qatnov qismi enini qisqartirish nazarda tutilib, bunda 8 591 tup daraxtni saqlab qolishga erishildi.
📍 Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan jamoatchilik eshituvida ushbu yo‘l qurilish ishlariga xalaqit berayotgan 1 976 tup daraxtni belgilangan tartibda obodonlashtirish yer maydonlariga ko‘chirib o‘tkazish va ularni to‘liq saqlab qolish bo‘yicha belgilab olingan aniq chora-tadbirlar haqida qatnashchilarga batafsil ma’lumot berildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI
#JARAYON

✍️Qish faslida yanada kuchaygan mavsumiy yog‘ingarchiliklar avtomobil yo‘llarida turli nosozliklarni yuzaga keltirib, yo‘l qoplamasining ayrim qismlariga jiddiy zarar yetkazyapti.
    🛣 Yo‘l infratuzilmasi sifati buzilishiga sabab bo‘layotgan ushbu nuqsonlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi hamda uning tarkibidagi korxonalar mas’ullari jadal sur’atlarda ta’mirlash ishlarini olib borishmoqda.
    🍎 Xususan, Jarqo‘rg‘on tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi ishchi-xodimlari tomonidan Davlat ahamiyatidagi D169 (4R101) “Jarqo‘rg‘on sh.-Kakaydi sh.-Lalmikor q.-Qo‘shcheka q.-Tojikiston Respublikasi chegarasi” avtomobil yo‘lining Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Besh buloq”, “Paxta obod”, “Yashnabod” va “Obod guzar” mahallalari hududidan o‘tuvchi 0–6-kilometrlari oralig‘ida ta’mirlash ishlari olib borilyapti.
   ❗️  Jarayonlar jadal davom etmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI
#JARAYON

✍️ Olis va chekka tumanlarda barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivlari qurilishida Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llar Bosh boshqarmasi va uning tarkibidagi korxonalar faollik ko‘rsatyapti.
   ◾️  Xususan, belgilangan reja asosida Sariosiyo TYFDM tomonidan tumanning “Lutfikor” mahallasidagi “Yangi O‘zbekiston” massivi hududida ham keng ko‘lamli qurilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Loyiha qiymati 9 mlrd so‘m bo‘lib, unga ko‘ra, “Yangi O‘zbekiston” massivida 20 sm qalinlikda, uzunligi 5 km bo‘lgan ichki yo‘l qurilishi rejalashtirilgan.
   ◾️  Hozirda bu yerda sement-beton qoplama yotqizish uchun asos tayyorlash va yer ishlari hamda suv qochiruvchi beton ariq (latok) o‘rnatish ishlari amalga oshirilyapti.
    ◾️ Ayni maqsadlar uchun 14 ta texnika, 36 nafar ishchi-xodim jalb etilgan.
   ◾️  Jarayonlar izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI

⚡️ XITOYLIK INVЕSTORLAR SURXONDARYODA

✍️Prezidentimizning 2022-yil 22-yanvardagi PQ-98-son qaroriga asosan Sariosiyo tumani “Bog‘cha” aholi punktidan Shahrisabz tumani “Kamar” qishlog‘iga olib boruvchi 2-toifali 78 kilometr uzunlikdagi yo‘l qurish obyektida hozirda budjet mablag‘lari hisobidan qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda.
 🗺  Ushbu loyihaning qurilish ishlarini to‘liq yakunlash bo‘yicha Xitoyning “Shaanxi Road and Bridge Group” kompaniyasi tomonidan qiziqish bildirilgan.
  ⚡️ Kompaniya vakillari loyihani o‘rganish maqsadida Surxondaryo viloyati AYBBda bo‘lishdi.
 🛣  Xitoyliklar ikkita (90 km va 120 km) loyihani taklif etishmoqda.
  ⬆️ Loyiha doirasida 3,7 km dan 5 km gacha bo‘lgan tonnel hamda 15 ta ko‘prik mavjud.
  ⚡️ Loyiha amalga oshishi natijasida Denov, Sariosiyo va Uzun tumani aholisining Toshkent shahriga borish yo‘li 182 km ga qisqaradi.
  📍 Xitoylik investorlar bilan muzokaralar davom etmoqda.


Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI

📣 YO‘L QOPLAMASIDAGI NUQSONLAR BARTARAF ETILMOQDA

📌 Qish faslida yuz berayotgan yog‘ingarchiliklar yo‘l infratuzilmasi sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
   📣   Yuzaga kelgan ushbu noqulayliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida Surxondaryo viloyati AYBB hamda uning tarkibidagi korxonalar mas’ullari tun-u kun ta’mirlash ishlarini olib borishyapti.
  📌    Xususan, Qumqo‘rg‘on TYFDM tomonidan Mahalliy ahamiyatdagi 75V016 (4K596) “M41 avtomobil yo‘li (1567 km dan)–Suv tarmog‘i–D165 avtomobil yo‘li (15 km ga)” avtomobil yo‘lining Qumqo‘rg‘on tumani “Arslonboyli” mahallasi hududidan o‘tuvchi 0–5-kilometrlari oralig‘idagi 1100 metr qismi freza yordamida kesib olinib, ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
    ❗️  Bundan tashqari, joriy ta’mirlash ishlari davomida ushbu yo‘lning 900 metr kvadrat qismiga kartasimon qoplama yotqizish ishlari ham olib borilyapti.
     🔽 Jarayonlar jadal davom ettirilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM