Avtomobil yo'llari qo'mitasi
10K subscribers
68.5K photos
4.71K videos
96 files
11.5K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#SURXONDARYO_VILOYATI

🔔JARAYON

✍️Surxon vohasining shimolida qish, janubiy qismida esa bahor shukuhi hukmron bo‘lib, yog‘ingarchilik va tabiiy ofatlar natijasida avtomobil yo‘llarida yuzaga kelgan nuqsonlar bartaraf etilmoqda.
 🎉  Davlat ahamiyatidagi D162 (4R104) “Qumqo‘rg‘on sh.-Kofrun q.-Boysun sh.” avtomobil yo‘lida haydovchi va yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Surxondaryo viloyati AYBB va uning tarkibidagi korxonalar tomonidan joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilyapti.
   Ya’ni, D162 (4R104) avtomobil yo‘lining 0–12-kilometrlari oralig‘idagi qismida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
  📍 Umumiy uzunligi 8 kilometr bo‘lgan mazkur obyektning pudratchilari Qumqo‘rg‘on, Bandixon va Uzun TYFDMlari etib belgilangan.
  ➡️ Ular tomonidan avtomobil yo‘lining ushbu qismidagi mavjud eski asfalt qoplamasi buzilib, chiqarib ketildi.
 🔼  Hozirda yer ishlari amalga oshirilyapti.
❗️Jarayonlar jadallik bilan davom ettirilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🎤“DIYOR YANGILIKLARI” informasion dasturi: Yo‘l qurilishida ekologik talablarga qat’iy amal qilinadi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_viloyati
#Ayolga_ehtirom

🎉8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Toshkent viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasida xizmat qilayotgan munis opa-singillar e’zozlanib, bayram kayfiyati ulashildi!

💐Bayramingiz muborak, aziz ayollar!

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SAMARQAND_VILOYATI
#HUQUQIY_TARGʼIBOT

📍Samarqand tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi yuristi R. Xalilov tomonidan M39 “Almati-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” Xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining Ulug‘bek bekatida avtomobillar to‘xtashi uchun noqonuniy ravishda o‘rab olingan maydon aniqlanib, avtomobillarning erkin harakatlanishi uchun ochib qo‘yildi.
      🔗 Shu bilan birga, tadbirkorlar va haydovchilarga “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yo‘llari mintaqasida xavfsizlikni taminlash va tashkil etish qoidalari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash borasida tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QORAQALPOGʻISTON_RESPUBLIKASI
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🚩Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasining bosh muhandisi Yusuf Ernazarov Qoraqalpog‘iston telekanalining “Intervyu Plus” ko‘rsatuvida mehmon bo‘ldi.
     📍  Ko‘rsatuvda A380 “G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu” avtomobil yo‘lida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE
#QAMCHIQAVTOYOʻL_IYFK_DM

📣Qor ko‘chkisi xavfi yuzaga kelganligi sababli “Qamchiq” dovonida avtomobillar harakati vaqtincha to‘xtatildi.

📣Gidrometrologiya markazining 2025-yil 7-martdagi 129-sonli byulleteniga asosan qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi.
◾️ Shu sababli bugun, 7-mart kuni soat-15:00dan A373 “Toshkent-Ohangaron-Angren-Qo‘qon-Shahrixon-Andijon” avtomobil yo‘lining 137—162-kilometrlari oralig‘ida qor ko‘chkisi xavfi borligi sababli “Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#NAVOIY_VILOYATI 📍
#VAZN_VA_HAJM_PARAMETRLARI🚚

🗺Navoiy viloyati hududidagi avtomobil yo‘llarida ham sifatni yaxshilash, yo‘llarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini tiklash va xizmat ko‘rsatish muddatini uzaytirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

⚡️Xususan, Xatirchi tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida transport vositalari vaznini oʻlchovchi  ko‘chma tarozi yordamida  nazorat ishlari olib borildi.

🖥Ma’lumot o‘rnida aytish lozim, bugungi kunda Navoiy viloyatida 4 dona koʻchma tarozi punktlari faoliyat yuritmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI

⚡️ AYOLLAR HAR DOIM E‘ZOZDA

Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi hamda uning tarkibidagi korxonalarda 2015-yilda 51 nafar xotin-qiz faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, hozirga kelib ularning soni 80 nafarga yetdi.
💐 Bu ko‘rsatkich – yil sayin tizimda qulayliklar yaratilib, sharoit va imkoniyatlar ko‘lami kengayib borayotganidan darak beradi.
🌸 Binobarin, ayol – bu mo‘tabar ona, sadoqatli yor, mehribon singil! Shuningdek, ular “yaxshi mutaxassis” hamdir.
🪻Ushbu nozik xilqat oldida eng oliy ta’riflar ham kamdek, go‘yo.
🌸 Bahor faslining ilk ayyomi bo‘lgan 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan xotin-qizlarga ehtirom ko‘rsatildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QORAQALPOGʻISTON_RESPUBLIKASI

🌺 8-MART – XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI TASHKIL ETILDI

🌷 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi tomonidan "8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

🌹 Tadbirni boshqarma boshlig‘i Umrbek Matnazarov ochib berib, boshqarmada ishlovchi barcha xotin-qizlarga bayram tilaklari va qilayotgan ishlari haqida o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

💐Shuningdek, jamiyatda ayollarga bo'lgan e'tibor va ularning oiladagi o'rni katta ekanligi haqida fikrlar bildirildi.
🌸So‘ng tayyorlangan bayram sovg‘alari boshqarma xotin-qizlariga topshirildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SIRDARYO VILOYATI
#JARAYON

🖥 AVTOMOBIL YOʻLLARIDA TA’MIRLASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

⚡️ Avtomobil yoʻllarining soz holatda boʻlishi mamlakatimiz rivojlanishi va sayyohlar oqimining kengayishini ham belgilab beradi. Sirdaryo viloyatidan oʻtuvchi xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllardan sayyohlar oqimi uzilmaydi. Mahalliy va xorijiy sayyohlar hamda haydovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Sirdaryo tuman Yoʻllardan foydalanish davlat muassasasi ishch-xodimlari tomonidan D039 avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

📌 Sirdaryo viloyati Avtomobil yoʻllari Bosh boshqarmasi tasarrufidagi barcha korxonalarda shu tarzda kunlik ishlar jadallik bilan davom ettirilyapti.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM