Avtomobil yo'llari qo'mitasi
9.87K subscribers
68.5K photos
4.72K videos
96 files
11.5K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#Samarqand_viloyati

Bulung‘ur tuman Yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi
tomonidan Bulung‘ur tumani 1-sektordagi "Mingchinor" MFY hududidan o‘tgan D066 avtomobil yo‘lining 5—6-km (o‘ng) qismida "Yashil makon" umummilliy dasturi asosida 2025-yil bahor mavsumi uchun katalpa ko‘chati ekish ishlari olib borilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#NAMANGAN_VILOYATI
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

📍«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida «Namanganyo‘lko‘kalam» davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida Namangan viloyati teleradiokompaniyasining «Namangan Axboroti» informatsion dasturida lavha efirga uzatildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JIZZAX_VILOYATI
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

📍Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining "Ko'z o'ngimizda" ko‘rsatuvida Jizzax viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritiladi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
@xalqarojurnalistika_fakulteti

OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetining Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqa yoʻnalishida tahsil oluvchi 1-bosqich talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi matbuot xizmati rahbari Nilufar Jumayeva ishtirokida mahorat darsi tashkil etdik.

    Interaktiv tarzda oʻtgan dars mashgʻulotida matbuot kotibi vazifalari, ularning jurnalistlardan farqi, Axborot xizmati ishini tashkil etish, inqirozli vaziyatlarda boshqaruv, press tadbirlar oʻtkazish va ularni yoritishda eʼtibor qaratish kerak boʻlgan muhim jihatlar haqida gapirilib, tavsiyalar berildi.


Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UzA | Tezkor xabarlar
“Fargʻona Xalqasi” avtomobil yoʻlining bir qismida choʻkish yuzaga kelgan, bu hududda vaqtinchalik harakat cheklandi

Joriy yilning 24-fevralga oʻtar kechasi “Fargʻona Xalqasi” avtomobil yoʻlining Bagʻdod tumani, “Qaxat” MFY hududidan oʻtgan 286 kilometrida yoʻlning oʻng tomonidan oqib oʻtuvchi Fargʻona kanalida suv sathi koʻpayib yoʻlning tag qismidan sizib oʻtishi natijasida asfalt yoʻl qoplamasida choʻkish yuzaga kelgan.

Hozirgi vaqtda mazkur avtomobil yoʻlining Qoʻqon-Fargʻona yoʻnalishi boʻyicha 285 kilometr va Fargʻona-Qoʻqon yoʻnalishining 288 kilometrlarida vaqtinchalik harakat cheklanib, ushbu tumanning 40V 047 “Bagʻdod-Dasht-Ultarma” (Qoʻqon-Fargʻona) va 40V 046 “Yangiqoʻrgʻon-Ultarma-Qaqir” (Fargʻona-Qoʻqon) avtomobil yoʻllari orqali harakat tashkil etilgan va yoʻl choʻkkan qismida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish:
@uzauz
#QORAQALPOGʻISTON_RESPUBLIKASI
#JARAYON

📍Avtomobil yo'llari qordan tozalanmoqda

❄️Kecha 23-fevral kuni Respublikamiz hududlarida qor yog‘ishi kuzatildi. Qor yog‘ishi oqibatida avtomobil yo‘llarida yaxmalaklar paydo bo‘ldi. Avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash, muzlamalarning oldini olish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tizimidagi barcha tuman tashkilotlari tomonidan 24 soatlik ish rejimi tashkil etilib, barcha zarur choralar ko‘rildi. Avtomobil yo‘llarini qordan tozalash, qum-tuz aralashmasini sepildi ishlari olib borildi.  Xususan, bu ishlarga 90 dona maxsus texnikalar, 576 nafar ishchilar jalb qilinib, 559 tonna qum-tuz aralashmasi, 86 tonna tuz, 473 tonna qum avtomobil yo‘llariga sepilib, harakat xavfsizligi ta’minlandi. Yo‘llarda baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida hozirgi vaqtda ham ishlar qizg‘in davom etmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#NAMANGAN_VILOYATI
#YASHIL_MAKON

📈Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimiz bo‘ylab keng ko‘lamda o‘tkazilayotgan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida Namangan viloyatida, xususan, avtomobil yo‘l bo‘ylarida ham yashil hududlarni tashkil etish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

🌎«Namanganyo‘lko‘kalam» davlat muassasasi viloyatda jami 3286 kilometr masofada avtomobil yo‘l mintaqalariga manzarali daraxt, buta ko‘chatlarni ekish, mavjudlarini saqlash va tabiiy landshaft yaratish ishlari bilan shug‘ullanadi.

🛍Bugungi kunda loyiha doirasida muassasa tomonidan 745 ming dona daraxt va buta ko‘chatlari ekilib, ularning nobud bo‘lishini oldini olish maqsadida 16,8 kilometr masofada tomchilatib sug‘orish texnologiyasi yo‘lga qo‘yildi.

↗️Hozirgi kunda muassasa tomonidan avtomobil yo‘l mintaqalariga 19 turdagi manzarali ko‘chatlar ekildi.

📊Shuningdek, muassasaning Kosonsoy tumanida joylashgan 16 gektar maydondagi ko‘chatchilik xo‘jaligida 39 turdagi 500 mingdan ortiq turli ko‘chatlar parvarishlanib, ayni vaqtda ko‘chatlarni saralash, yetkazib berish va hududlarda ekish ishlari jadal sur’atda amalga oshirilmoqda.

📱«Yashil makon» loyihasi doirasidagi mazkur ishlar ekologik muhitni yaxshilash, havo sifatini oshirish hamda yo‘l bo‘ylari va hududlarni ko‘kalamzorlashtirish orqali yanada go‘zal va yashil makonga aylantirishga xizmat qiladi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Buxoro_viloyati

📺DIYOR YANGILIKLARI
informatsion dasturi: 
Buxoroda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda “yashil belbog‘” tashkil etilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sirdaryoda_viloyati

📍Sirdaryoda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlari yangi bosqichda

Sirdaryo viloyatida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Hududlarda yo‘llarni ta’mirlash masalasiga alohida e’tibor qaratilib, sifatli va xavfsiz yo‘llarni barpo etish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

🔔Xususan, Guliston tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi ishchi-xodimlari tomonidan mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan 20V 012 avtomobil yo‘lining 9–12-kilometrlari oralig‘i ta’mirlanmoqda. Ushbu jarayon natijasida yo‘lning holati yaxshilanib, harakatlanish yanada qulay va xavfsiz bo‘lishi ta’minlanadi.

📢Sirdaryo viloyatining turli hududlarida ham yo‘lsozlik ishlari jadal davom etmoqda. Bu boradagi sa’y-harakatlar nafaqat transport harakati uchun qulaylik yaratadi, balki hududning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga ham xizmat qiladi.

💠Sirdaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tomonidan yo‘l infratuzilmasini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#NAVOIY_VILOYATI

📍Navoiy viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tizimidagi barcha davlat muassasalari joriy yil qish mavsumiga shay holatda.
❄️24-fevraldan 25-fevralga o‘tar kechasi harorat -4 gradusga tushdi.
❄️ Tuni bilan yoqqan qor tufayli yo‘llarda yuzaga kelgan muzlamalar yo‘lsozlarning faol harakatlari bilan tozalanib, harakat xavfsizligi ta'minlanmoqda.
❄️ Navoiy viloyati markazidan olis bo'lgan Tomdi tuman hududidan o‘tgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining cho'l hududlari va ko‘prik usti qismlarida, xavfli burulishlar va past baland yo‘llarida tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.
❄️Qor yog‘ishda davom etmoqda, tunda boshlangan harakat, tuz sepish ishlari bilan davom etayabdi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM