#Buxoro_viloyati
#qaror_va_ijro
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-fevraldagi “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-138-son hamda 2023-yil 10-oktabrdagi "Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-330-sonli Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatimiz hududidan o‘tuvchi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining muhofaza mintaqasida noqonuniy, o‘zboshimchalik bilan joylashtirilgan bino-inshootlarni bartaraf qilish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
🖥 PQ-330-sonli Qarorning 7-bandida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalarining ajratilgan yo‘lbo‘yi mintaqalarida noqonuniy qurilgan bino-inshootlarni 2024-yil yakuniga qadar o‘rnatilgan tartibda bosqichma-bosqich ko‘chirilishini hamda ajratilgan yo‘lbo‘yi mintaqalari tashqarisida joylashgan bino-inshootlarga kirib-chiqish yo‘llarining shaharsozlik normalariga mos ravishda qayta qurilishini ta’minlash nazar tutilgan. Qarorga muvofiq, Buxoro viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tomonidan viloyat bo‘yicha yo‘l yoqalarida o‘zboshimcha noqonuniy qurilgan 150 ga yaqin obyektlar egalari bilan tushuntirish ishlari olib borildi.
◾️ Jumladan, xalqaro ahamiyatdagi M 37 "Samarqand — Buxoro — Turkmanboshi" avtomobil yo‘lining Vobkent tumani “Mo‘minobod” aholi punkti hududidan o‘tgan 241-km qismi yo‘lbo‘yi mintaqasida noqonuniy joylashtirilgan yengil konstruksiyali savdo do‘konlari egalari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida fuqarolar tomonidan ushbu savdo do‘konlari ixtiyoriy ravishda bartaraf qilindi.
◾️ Kogon tumani “Bahouddin Naqshband” MFY hududidan o‘tuvchi 80V 001 “Buxoro halqa yo‘li” avtomobil yo‘lining muhofaza mintaqasida F.Xudoyorov tomonidan noqonuniy joylashtirilgan yengil konstruksiyali ayvon ixtiyoriy bartaraf etildi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#qaror_va_ijro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#QASHQADARYO_VILOYATI
#BUGUNGI_QASHQADARYO
📌 Yo‘l qurilishi – jamiyat taraqqiyotining yetakchi kuchidir!
☄️ Qashqadaryoda yo‘l xo‘jaligi sohasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
⚡️ Ravon yo‘llar yurt ko‘rki...
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#BUGUNGI_QASHQADARYO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#taqdimot
⛔ Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida reja-jadval asosida taqdimotlar davom etmoqda.
🗺 Yo‘l xo‘jaligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan loyihalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining kreditlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini aniqlash, ularning yillik, qisqa va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish, loyihani ishlab chiqishda tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilish, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida kredit mablag‘larini jalb qilishda ishtirok etish, tender savdolari natijasida g‘olib bo‘lgan pudrat tashkilotlar bilan tegishli shartnomalar rasmiylashtirilishini tashkil qilish kabi vazifalarni amalga oshirish bilan bevosita shug‘ullanadigan “Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tasarrufidagi "AVTOYO‘LINVEST" agentligi" Davlat muassasasi o‘tgan 2023—2024-yillarda amalga oshirgan loyihalari sarhisobi va 2025-yilda bajarishi kutilayotgan ishlar rejasi bo‘yicha ma’lumotlarni, mavjud muammolar hamda takliflarini taqdim etmoqda.
Taqdimot davomida loyihalarni amalga oshirish yuzasidan tizimli monitoring yuritish, shuningdek, pudratchi tashkilotlar tomonidan yo‘l xo‘jaligi sohasi normalari va qoidalari talablariga rioya etilishini tahlil qilish, loyihalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelgan muammolarni o‘z vakolati doirasida bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha fikr-mulohazalar o‘rtaga tashlandi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
Taqdimot davomida loyihalarni amalga oshirish yuzasidan tizimli monitoring yuritish, shuningdek, pudratchi tashkilotlar tomonidan yo‘l xo‘jaligi sohasi normalari va qoidalari talablariga rioya etilishini tahlil qilish, loyihalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelgan muammolarni o‘z vakolati doirasida bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha fikr-mulohazalar o‘rtaga tashlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XORAZM_VILOYATI
#JARAYON
🟢 Mahalla yo‘llari asfaltlashga tayyorlanmoqda
⚡️ Xiva shahrining "Lolazor" mahallasidagi Bayram va Zarafshon ko‘chalarining holati tubdan yaxshilanmoqda. Mahalla ko‘chalarini asfaltga tayyorlash maqsadida tosh yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda Xiva shahar Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan maxsus texnikalar jalb etilib, ishlar jadal sur’atda olib borilmoqda.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SIRDARYO_VILOYATI
#JARAYON
📍 Poytaxt Toshkent shahridan manziliga ketmoqchi boʻlgan har qanday yoʻlovchi Sirdaryo tumani hududidan oʻtgan M 34 yoʻlidan oʻtadi. Turli rusumdagi avtomobillarning koʻproq harakatlanishi oʻz navbatida yoʻlning tozaligi hamda saqlash ishlarini muntazam ravishda olib borishni taqozo etadi. Shu jihatlar inobatga olinib, Sirdaryo tumani Yoʻllardan foydalanish davlat muassasi ishchi-xodimlari mazkur yoʻlda tozalash, saqlash ishlarini olib bormoqda.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI
📍 YO'LLAR RAVON, MANZILLAR OBOD BO'LMOQDA
✍️ Angor tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi ishchi-xodimlari tomonidan Muzrabot tumani hududidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatydagi 75V068 (4N1603) “Mehnatobod q.-75V045 avtomobil yo‘li (19 km ga)” avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
◾️ Dastlab mazkur avtomobil yo‘lining 2–9-kilometrlari oralig‘idagi 7 kilometr qismining yaroqsiz qora qoplamasi buzib olinib, asos yotqizish ishlari bajarildi.
◾️ Hozirda mahalliy ahamiyatydagi ushbu avtomobil yo‘lining belgilangan qismida yakuniy bosqich, ya’ni, asfaltlash ishlari amalga oshirilyapti.
📊 Ta’mirlash ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#NAMANGAN_VILOYATI
#JARAYON
🚩 Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tasarrufidagi Pop tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan yo‘llarda haydovchi va piyodalar uchun qulaylik yaratish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
⛔ Xususan, muassasa yo‘lsozlari tomonidan davlat ahamiyatidagi D 017 d «Tojikiston Respublikasi chegarasiga» avtomobil yo‘lining 1–7-kilometrlari oralig‘ida avtomobil yo‘llarida xavfsiz harakatlanishni ta’minlash maqsadida yo‘l yotiq chiziqlari chizilmoqda.
📣 Shuningdek, mazkur yo‘lning chegara posti hududida ajratuvchi to‘siq, yo‘l chetiga bardyor o‘rnatish, yo‘l belglarini yangisiga almashtirish va saqlash ishlari amalga oshirildi.
📌 Ayni paytda yuqoridagi kabi ishlar viloyatning barcha hududlarida davom ettirilmoqda.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SIRDARYO_VILOYATI
#JARAYON
📍 Guliston tumani hududidan oʻtgan mazkur davlat ahamiyatidagi D037 avtomobil yoʻli avtomashinalar serqatnov harakatlanadigan yoʻl hisoblanadi. Bu esa yoʻlni doimiy ta'mirlab borishni talab qiladi. Avtomobillarning ravon yoʻldan qulay harakatlanishini taʼminlash maqsadida
Guliston tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi ishchi-xodimlari tomonidan davlat ahamiyatidagi D037 avtomobil yo'lining 15,5—17-killometrii oralig'ida ta'mirlash ishlari bajarilmoqda.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Guliston tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi ishchi-xodimlari tomonidan davlat ahamiyatidagi D037 avtomobil yo'lining 15,5—17-killometrii oralig'ida ta'mirlash ishlari bajarilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM