Avtomobil yo'llari qo'mitasi
12.6K subscribers
67.7K photos
4.54K videos
96 files
11.1K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#NAMANGAN_VILOYATI
#JARAYON

📍Namangan shahrida zamonaviy ko‘prik qurilishi davom etmoqda

🗺Namangan shahrining A. Navoiy ko‘chasida transport tirbandliklarini bartaraf etish va piyodalar harakatini osonlashtirish maqsadida zamonaviy ko‘prik qurish ishlari olib borilmoqda.

Namangan Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmasi asosida
«Xushnud-Humo» MJCh tomonidan qurilayotgan mazkur liftli-eskalatorli piyodalar o‘tish ko‘prigining umumiy uzunligi 48, eni 3 va balandligi 6 metrni tashkil etadi.

◾️Ta’kidlash joizki, bir milliondan ziyod aholisi bor Namangan shahriga shu kabi zamonaviy ko‘prik qurilayotgani ayni muddaodir. Boisi, 2024-yilning dekabr oyida qurilishi boshlangan mazkur inshoot shaharning gavjum bo‘lgan «Sardoba» bozori hududida tirbandliklar hamda yo‘l transport hodisalarini oldini olish, piyodalarning erkin harakatlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.

📍Ayni paytda obyektning asosi va
tayanchlari armaturasini to‘qish, beton quyish ishlari hamda A. Navoiy ko‘chasining markaziy serqatnov qismi o‘rtasida
o‘rnatiladigan ustun o‘rnini kavlash jarayoni amalga oshirilmoqda.

🔽Ushbu yo‘l o‘tkazgichini 2025-yil oxirigacha foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.


Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JIZZAX_VILOYATI
#JARAYON

📍Jizzax viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi, Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi nazorati bilan Jizzax shahridan o‘tgan 25V025a (4K253) avtomobil yo‘lining 4--5-km oralig‘ida 33.5 PM yerosti piyodalar o‘tish yo‘lagi qurilishi davom etmoqda.
🔼Yo‘lning bir tomonlama qatnov qismida yo‘lak usti yopilib, armatura karkas to‘qish va betonlash harakatlari olib borilmoqda.
📍Qurilish maydoniga to‘g‘ri kelgan ichimlik suv quvuri va kanalizatsiya tarmog‘i yo‘nalishlari o‘zgartirilmoqda.
🖥Bu ishlarga 6 ta maxsus texnika va 25 nafar malakali xodimlar jalb etilgan.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_savodxonlik_burchagi

🇺🇿 Davlat idoralariga murojaat qilish tartibini bilasizmi?
📱Murojaat qilish tartibi qanday? 📱Anonim murojaat nima?
☎️Quyidagi videorolik orqali barcha savollarga javob topasiz.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QASHQADARYO_VILOYATI
#JARAYON

🌐Mamlakatimizda so‘nggi yillarda xalqaro standartlarga muvofiq yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash, avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning amaliy natijasini xalqaro ahamiyatga ega, umumfoydalanishdagi va ichki yo‘llar holati yildan-yilga yaxshilanib borayotganida ko‘rish mumkin.   
🟢Yo‘llar ravon va tekis bo‘lsa, ko‘zlangan manzilga bexavotir, ko‘ngil xotirjam holda yetib boramiz.   
◾️Qashqadaryo viloyatida ham bu borada samarali ishlar olib borilmoqda.
Qarshi  Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tasarrufida bo'lgan davlat ahamiyatidag D153 (4R90) “Qarshi-Beshkent-Qamashi-Kasbi-Koson” avtomobil yo‘lining Qarshi  shahri hamda Beshkent tumani  hududidan o‘tgan  0—20- kilometrlari orlig‘ida 30 tonna issiq asfalt-beton qoplamasi yordamida yamoq ishlari bajarildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI
#JARAYON

  
☄️  Qorovulbozor tumani viloyatning kenja tumani hisoblanadi. Bugun tuman hududida yo‘l va transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlarida qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
 🗺   Tuman markaziga yaqin “Bo‘zachi” mahallasida istirohat bog‘i, boks maktabi bunyod etilib, hademay aholi foydalanish uchun topshiriladi.
 📍   Ayni kunlarda tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan boks maktabiga olib boruvchi ichki yo‘lda asfaltlashtirish ishlari bajarilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoʻl_boshqarmalari_100_yoshda

📶 "Yillar va yo‘llar hikoyasi"

🗺 Ushbu loyiha yo‘l xo‘jaligi sohasining kechasi va buguni haqida hikoya qiladi.

🎤 Loyiha qahramoni faxriy yo‘lchi Muhammad Muxtorov.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QAMCHIQAVTOYOʻL_IYFK_DM
#LIVE

📍A373 “Toshkent-Ohangaron-Angren-Qo‘qon-Shahrixon-Andijon” avtomobil yo‘lining 81—165 km.lar oralig‘ida qor yog‘moqda. Tuman, havo harorati -11 daraja, yo'llarda ko'rish masofasi 300 metrni, shamol 13-26 m/s ni, namlik 86 % ni tashkil etmoqda. Qor yog‘ib turgan paytda dovonda avtotransport vositalarining to‘xtovsiz ikki tomonlama harakatlanishini ta’minlash maqsadida "Qamchiqavtoyo‘l IYFK" DM tomonidan yo‘l qoplamasida sirpanchiq bo‘lmasligi uchun tunu-kun mashina-mexanizmlar yordamida qum-tuz aralashmasi sepish va qordan tozalash ishlarini amalga oshirishmoqda. Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.
"Qamchiqavtoyo‘l IYFK" DM “Qamchiq" dovoni orqali harakatlanayotgan barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda tezlikni meʻyordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini va barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini tavsiya qiladi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ишки жолларда қолайлықлар жаратылмақта

👉 Толық оқыў - kknews.uz/kk/228823.html

📲 Telegram| Instagram | Live | Sport|
#TANQID_VA_TAHLIL

✍️KELGUSIDAGI REJALAR MUHOKAMA QILINDI

📍Navoiy viloyati Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasida tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-330-sonli qarori ijrosiga qaratilgan mazkur yig‘ilishda boshqarma boshligʻi A.Halimov yo‘l xo‘jaligini boshqarishning zamonaviy tizimini o‘z faoliyatlari davomida shakllantirish, sohada sifat nazoratini kuchaytirish va budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish yuzasidan nutq so‘zladi.

✍️ Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilariga joriy yilda bajarilgan ishlar natijasi va kelgusidagi rejalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM