#Press_tur🎤
#live🔴
🎤 Ayni paytda Buxoro viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tomonidan viloyatda yo‘l qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida jamoatchilikka keng axborot berish maqsadida press-tur o‘tkazilmoqda.
🕹️ Press-tur ishtirokchilari dastlab boshqarmada tashkil etilgan matbuot anjumanida qatnashishdi.
📣 Anjumanda boshqarma boshlig‘i Y.Cho‘lliyev jurnalist va blogerlarga hudud bo‘yicha mavjud umumfoydalanuvdagi yo‘llar va ularni qurish, rekonstruksiya qilish, saqlash, ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
📣 Anjumanda sohada erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda qilinishi kerak bo‘lgan ishlarga ham alohida to‘xtab o‘tildi.
Matbuot anjumanida jurnalistlar tomonidan sohadagi mavjud muammolar o‘rtaga tashlandi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
#live
Matbuot anjumanida jurnalistlar tomonidan sohadagi mavjud muammolar o‘rtaga tashlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#press_tur
📺 Press-tur ishtirokchilari xalqaro ahamiyatdagi M37 “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” yo‘lining 255-km qismidagi ko‘prikda bajarilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishishdi.
⛔ Buxoro tumani hududidan o‘tuvchi yo‘lning 255,6-km qismidagi mazkur ko‘prik 1974-yilda qurilgan bo‘lib, ko‘prikning o‘ng tomoni 4—5 qator temir-beton plitasi singan va yig‘ma temirbeton balkalar orasidagi shoflari yemirilishi natijasida yaroqsiz holga kelib qolgan.
⛔ Ta’mirlash ishlari “Romitan yo‘llardan muntazam foydalanish” davlat muaassasasi tomonidan bajarilayotgan ko‘prikni tez kunlarda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#press_tur
#live
🔩 "Osiyo taraqqiyot banki" ishtirokidagi “Milliy avtomobil yo‘llarni rivojlantirish” loyihasi doirasida qishloq avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilishning manzilli dasturiga asosan Peshku tumanining “Turkiston”, “Navgahon” va “O‘zbek” mahallalarida 15,5 kilometr uzunlikdagi yo‘l betonlashtirilmoqda. Bundan tashqari, hozirda Buxoro tumani “Ko‘chko‘mar” mahallasining 6,3 km qismi ham betonlashtirilmoqda.
➡️ Ushbu loyihada buyurtmachi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tasarrufidagi O‘zavtoyo‘linvest agentligi hisoblanadi. Loyihada bosh pudratchi sifatida Xitoyning “China Railway 20 Bureau Group Corporation” va FIDIC talablariga asoslangan yo‘l qurilish-montaj ishlari ustidan texnik nazoratni Koreyaning "Dohwa Engineering Co., Ltd" injener konsalting kompaniyasi olib bormoqda.
⏰ Mazkur loyiha doirasida 23 ta ko‘prik ta’mirlanishi, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari oldida 3,1 km. uzunlikdagi piyodalar yo‘lagi va yoritish chiroqlari hamda yo‘lni ko‘ngdalang kesib o‘tgan jami 956 pagonometr uzunlikdagi suv quvurlarini kengaytirish va yangisiga almashtirish ko‘zda tutilgan.
📌 Ayni paytga qadar Peshku tumanida 15,5 km uzunlikdagi yo‘lda tosh-beton qoplamali asos qurish, 5 ta ko‘prikni qayta ta’mirlash va 46 metr uzunlikdagi suv quvurlarini almashtirish ishlari amalga oshirildi. Yo‘lda 18 sm qalinlikda syementobeton qoplamasini yotqizish ishlari ham jadallik bilan olib borilmoqda. Loyiha 2025-yil 1-iyuliga qadar to‘liq yakunlanishi va foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
💠 Loyihaning asosiy maqsadi - qishloq hududlarida transport infratuzilmasini yaxshilash va mahalliy aholining hayot sifatini oshirishdir. Ushbu yo‘llar kichik biznes va qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga sezilarli turtki beradi.
📢 Loyiha 2 bosqichdan iborat bo‘lib, 1-bosqichda 54 km yo‘l rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan. Zamonaviy texnologiyalar jalb qilingan va mahalliy ishchi kuchi hamda qurilish materiallari keng miqyosda ishlatilmoqda, bu esa yangi ish o‘rinlari yaratishga ham xizmat qilmoqda.
♾ Press-tur ishtirokchilari betonlashtirish ishlari bilan batafsil tanishtirilib, ularga loyiha haqida to‘liq ma’lumot berildi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
#live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM