Avtomobil yo'llari qo'mitasi
12.7K subscribers
68.1K photos
4.59K videos
96 files
11.3K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#LIVE
#Navoiy_viloyati
#Zakovat

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tashabbusi bilan tizim tarkibidagi korxona-tashkilotlar ishchi-xodimlarining intellektual bilimini sinovdan o‘tkazish, aqliy salohiyatini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazilmoqda.

Viloyat saralash bosqichida Navoiy viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarma tasarrufidagi muassasa xodimlardan iborat 11 jamoa ishtirok etmoqda. Ishtirokchilarning 5 nafari ayollardir.

Ishtirokchi jamoalarning har bir a’zosi “Zakovat” intellektual o‘yinida faollik ko‘rsatish orqali nafaqat tafakkurini sinovdan o‘tkazib olishdi, balki o‘z faoliyat olib borayotgan tuman korxonasi sha’nini ham himoya qilishga harakat qilishmoqda.

📨Telegram | 📩Facebook |📹You Tube |🌐  Veb-sayt
#LIVE
#Navoiy_viloyati
#Zakovat

“Zakovat” intellektual o‘yinining Navoiy viloyati saralash bosqichi qiz‘in davom etmoqda.
Ishtirokchilar  yo'l qurilishi sohasiga oid normativ hujjatlar, mantiqiy va qiziqarli savollarga  javob topishda faollik ko'rsatmoqdalar.

📨Telegram | 📩Facebook |📹You Tube |🌐  Veb-sayt
#Navoiy_viloyati

#Zakovat

“Zakovat” intellektual o‘yinining Navoiy viloyati saralash bosqichi g'oliblari aniqlandi.
Navoiy muntazam yo'llardan foydalanish davlat muassasasi jamoasi 1-o'rinni, Navbahor tumani yo'llardan foydalanish davlat muassasasi jamoasi 2-o'rinni, Navoiy mintaqaviy yo'llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi jamoasi 3-o'rinni egallab, maxsus diplom, statuetka va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.
"Eng yaxshi soha bilimdoni" nominatsiyasida Karmana tuman yo'llardan foydalanish davlat muassasasi jamoasi, "Eng faol jamoa" nominatsiyasida Xatirchi tuman yo'llardan foydalanish muassasasi va O'zyo'lko'prik klaster Navoiy filiali jamoalarining barcha a'zolari taqdirlandi.
Shuningdek, Guliniso Safarova - "Eng yaxshi ayol zakovatci", Zohid Kamolov - "Eng yaxshi erkak zakovatchi", Azamat Eshmamatov - "Eng yoshi ulug' ishtirokchi" nominatsiyasi bo'yicha taqdirlandilar.
Barcha g'oliblarga diplom, statuetka va qimmatbaho sovg'alar topshirildi.

📨Telegram | 📩Facebook |📹You Tube |🌐  Veb-sayt