Avtomobil yo'llari qo'mitasi
12.7K subscribers
68.1K photos
4.6K videos
96 files
11.3K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#Sirdaryo viloyati

Piyodalar svetofori o‘rnatildi


🚦Yo‘l — tartibni yoqtiradi. Ayniqsa, yildan-yilga yo‘llarda transport vositalari sonining ortib borayotganligi haydovchi va piyodalardan yanada hushyorlikni oshirishlarini talab etadi.

🛣Xovos tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi ishchi-xodimlari tomonidan davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R32 avtomobil yo‘lining 1-kilometrida Sirdaryo viloyati IIB YHXB bilan hamkorlikda yana bir xayrli ish amalga oshirildi.

Yangiyer shahar Dehqon bozori ro‘parasida piyodalar xavfsizligini ta‘minlash maqsadida avtomatik rejimida ishlovchi piyodalar svetofori o‘rnatilib, ishga tushirildi.

📌Natijada Yangiyer shahar Dehqon bozoriga kelib-ketuvchi piyodalarning xavfsiz harakatlanishlari uchun zarur sharoit yaratildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YOLODAMI

YO’L ODAMI

Farg‘ona viloyati, Yozyovon tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasida ko‘p yillardan buyon faoliyat olib borayotgan yo‘lchilar sulolasi Umurzoqovlar oilasi haqida.


Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-sayt
#Buxoro viloyati

Obod bo‘layotgan manzillar


🏘Kogon shahri "Xo‘jabargi" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida manzilli dasturlar asosida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

📍Xususan, mahallaning Xo‘jabargi ko‘chasidagi ichki yo‘lni shag‘allashtirish uchun yo‘lning asos qatlami tayyorlanmoqda. Bu jarayonga maxsus texnikalar va ishchi-xodimlar jalb etilgan.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-sayt
#Qashqadaryo viloyati

Olis mahallalarda ravon ko'chalar

🧮 “Ochiq budjet” axborot portalida o‘tkazilgan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2023-yil 2-mavsumi davomida mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan Koson tumanidagi mahallalarda ham ko‘plab ichki xo‘jalik yo‘llari ravon holatga keltirildi.

Jumladan, tumanning “Darcha”, “Ayronchi”, “Yangi O‘zbekiston”, “Ushoqtepa”, “Etak” hamda “Gala” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi ichki ko‘chalarga asfalt yotqizilib, aholining yo‘llar bilan bog‘liq muammolariga, notekis va mashaqqatli harakatlanishiga sabab bo‘layotgan holatlarga barham berildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qamchiq dovoni

Qamchiq dovonida qor yog‘moqda


❄️A-373 “M-39 a/y.—Guliston—Bo‘ka—Angren—Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh” avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonida havo bulutli.

🌨226—250-kilometrlar oralig‘ida qor yog‘moqda.

📌Yo‘llarda ko‘rish masofasi 2000 metrni, havo harorati -1 darajani, namlik 67 %ni tashkil etmoqda.

Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.

‼️"Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK Qamchiq dovoni orqali harakatlanayotgan barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda, barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini tavsiya qiladi.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Buxoro viloyati

OAV biz haqimizda

🏘Buxorodagi yana bir mahalla obod manzilga aylantirilmoqda.


Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-sayt
Forwarded from Hudud Inform
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
А-373 “М-39 а/й.- Гулистон-Бўка-Ангрен-Қўқон ва Андижон орқали Ўш” автомобил йўлининг “Қамчиқ" довонида ҳаво булутли. 226-250 км.лар оралиғида қор ёғмоқда. Йўлларда кўриш масофаси 2000 метрни, ҳаво ҳарорати-1 даражани, намлик 67 %ни ташкил этмоқда. Автотранспорт воситалари икки томонлама хавфсиз ҳаракатланмоқда.
‼️"Қамчиқавтойўл" ИЙФУК “Қамчиқ" довони орқали ҳаракатланаётган барча ҳайдовчилардан об-ҳаво шароитини инобатга олган ҳолда тезликни меʻёрдан оширмасдан, оралиқ масофани сақлаб ҳаракатланишларини ва барча хавфсизлик чораларини кўришларини тавсия қилади.

https://t.iss.one/hudud_inform
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qamchiq dovoni

Qamchiq dovonida qor yog‘moqda


❄️A-373 “M-39 a/y. —Guliston—Bo‘ka—Angren—Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh” avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonida havo bulutli.

🌨171—250-kilometrlar oralig'ida qor yog‘moqda.

📌Tuman, yo‘llarda ko‘rish masofasi 2000 metrni, havo harorati -1 darajani, namlik 67 %ni tashkil etmoqda.

Qor yog‘ib turgan paytda dovonda avtotransport vositalarining to‘xtovsiz ikki tomonlama harakatlanishini ta’minlash maqsadida "Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK tomonidan yo‘l qoplamasida sirpanchiq bo‘lmasligi uchun mashina-mexanizmlar yordamida qum-tuz aralashmasi sepish ishlari amalga oshirilmoqda.

📍 Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.

‼️"Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK Qamchiq dovoni orqali harakatlanayotgan haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini tavsiya qiladi.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-sayt
#Namangan viloyati

Eski yo‘llar ta’mirlanmoqda


🛣Mingbuloq tumanining 4N-479 "Uyurchi—Mazgil—Guliston" avtomobil yo‘lida Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan ta’mirlash ishlari boshlandi.

⚡️Mazkur avtomobil yo‘lining 3 kilometr uzunlikdagi qismida kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, unga 8 nafar ishchi-xodimlar hamda 3 ta maxsus texnika jalb etildi.

📌 Hozirda, ular yordamida avtomobil yo‘lining asos qatlami tayyorlanmoqda.
Mazkur manzildagi qurilish ishlari sifatli tarzda yakunlanib, belgilangan muddatda aholi foydalanuviga topshiriladi.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-sayt