Avtomobil yo'llari qo'mitasi
12.7K subscribers
68.1K photos
4.6K videos
96 files
11.3K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#Buxoro viloyati

🚦SERQATNOV YO‘LLARGA SVETOFORLAR O‘RNATILMOQDA

🚙So‘nggi vaqtlarda avtotransport vositalarining tobora ko‘payib borayotgani yo‘llarda harakat xavfsizligini ta'minlash, haydovchi va piyodalar uchun qulay sharoitlar yaratishni yanada dolzarb masalaga aylantirmoqda.

Qorako‘l tumani markazining aholi gavjum joylaridagi piyodalar yo‘lakchalariga haydovchi va piyodalar harakatini tartibga solish maqsadida svetaforlar o‘rnatishga ehtiyoj tug‘ilayotgani esa bunga yaqqol misoldir. Shu bois, tuman markazidagi tuman tibbiyot birlashmasi oldidan o‘tgan serqatnov yo‘lga ham svetofor moslamalari o‘rnatildi.
Buning natijasida ushbu hududdan o‘tuvchi katta yo‘l bo‘ylab harakatlanayotgan avtomobil haydovchilari va yo‘lni kesib o‘tuvchi piyodalar uchun xavfsiz yo‘l va qulaylik yaratildi.

📨Telegram | 📩Facebook |🎞You Tube |🪩Veb-sayt
Audio
#Sirdaryo viloyati

ОАV_biz_haqimizda

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 675-sonli qarori asosida Sirdaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tasarrufidagi tashkilotlarda ishlab, kamida besh yillik mehnat faoliyatiga ega bo‘lgan xodimlar Oliy ta’lim muassasalariga tavsiya asosida o‘qishga qabul qilinmoqda. Ana shunday talaba bo‘lgan xodimlar soni bugungi kunda 7 nafarni tashkil etmoqda.

🎤Ular ishtirokida “Sirdaryo yoshlari” radiosining “Onlayn muloqot” dasturi orqali suhbat efirga uzatildi.

📨Telegram | 📩Facebook |🎞You Tube |🪩Veb-sayt
#Andijon viloyati

Ichki ko‘chalar obod bo‘lmoqda

📌”Andijon tuman yo‘llardan muntazam foydalanish” davlat muassasasi yo‘lchilarining Andijon tumani, “Chumbog‘ich” mahalla fuqarolar yig‘inidagi ichki ko‘chalarda ta’mirlash va asfaltlash ishlari olib borildi.

🛣Shuningdek, viloyatning Oltinko‘l tumani “Ijtimoyat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgan Birdamlik ko‘chasining 790 metrlik ichki ko‘chasiga kuz-qish mavsumi oldidan tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi yo‘lchilari sa’y-harakatlari bilan to‘liq asfalt yotqizildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-saytb
#Buxoro viloyati

Mavsumga tayyorgarlik

🌨 Kuz faslining so‘nggi kunlari ham o‘tib bormoqda. Qishning qor-qirovli kunlari boshlanadi. Qish fasli oldindan alohida tayyorgarlikni talab etadi.

🔰 Buxoro viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tarmoq tashkilotlari tomonidan noqulay ob-havo, yog‘ingarchilik kunlarida yo‘llarda transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta'minlashning zarur chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.

❄️ Qish kunlari qor va muzlamalarni bartaraf etish maqsadida viloyat bo‘yicha 1 487 tonna tuz hamda 4 370 m3 qum zaxirasi yaratildi.

⚠️ Bundan tashqari, barcha yo‘llarda ogohlantiruvchi 1.15 “Sirpanchiq yo‘l” belgilari o‘rnatib chiqilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-saytb
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sirdaryo viloyati

ОАV_biz_haqimizda

Sirdaryo tumanida yo‘l qurilishi bilan bog‘liq davlat dasturlarining amalga oshirilish jarayonlari viloyat televideniyesining “Diyor yangiliklari” axborot dasturida.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-saytb
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida Fransiyaning “Meridiam” kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿Qo‘mita raisi Jamshid Tursunov yo‘l xo‘jaligi sohasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Meridiam kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi.

Muzokaralar chog‘ida mehmonlar “Toshkent —Samarqand” va “Toshkent —Andijon” pullik yo‘l loyihasiga katta qiziqish bildirishdi.
Loyihani amalga oshirish bo‘yicha har ikki tomonning takliflari tinglandi.

Ma’lumot o‘rnida: 2005-yilda Parijda tashkil topgan ushbu kompaniya yo‘l qurish, rekonstruksiya qilish ishlari bilan shug‘ullanadi va bugungi kunda kompaniyaning dunyo bo‘yicha 10 dan ortiq ofislari mavjud.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-saytb