Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.87K subscribers
67.5K photos
4.48K videos
96 files
10.9K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Surxondaryo

Аvtomobil yoʼllari qoʼmitasi
tomonidan Surxondaryo viloyati OАV vakillari uchun oʼtkazgan Press- tur tafsilotlari
.

📨Telegram | 📩Facebook |🎞You Tube |🪩Veb-saytb
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj | Аvtomobil yoʼllari infratuzilmasini rivojlantirish.
#2nov #uzbekiston24

📨Telegram | 📩Facebook |🎞You Tube |🪩Veb-saytb
#Qashqadaryo

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 2023-yil kuz mavsumida avtomobil yo‘llari yoqasida  ekilgan daraxt ko'chatlari (2023-yil 1- 2-noyabr holatida)

Umumiy reja 38120 tup
Mavsum boshidan buyon 1035 tup

📨Telegram | 📩Facebook |🎞You Tube |🪩Veb-saytb
#Fargʻona

Yo‘l infratuzilmasidagi islohotlar
 
📌Farg‘ona viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi avtomobil yo‘llarida mavjud harakatni tartibga soluvchi qurilmalar haqida umumiy ma’lumotlar.

📨Telegram | 📩Facebook |🎞You Tube |🪩Veb-saytb
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Namangan

Avtoavariyalar sodir bo‘lishida yo‘lning nosozligini sabab qilib ko‘rsatish nechog‘lik to‘g‘ri?
Qaysi holatlarda yo‘lni aybdor qila olamiz?


📨Telegram | 📩Facebook |🎞You Tube |🪩Veb-saytb
Qozog‘iston yo‘l xo‘jaligi tajribasi  Namangan viloyatida qo‘llaniladi

Vodiyda yo‘l xo‘jaligini yanada takomillashtirish maqsadida Namangan avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i Akramjon Hamdamov tashabbusi bilan Qozog‘istonning yirik asfalt bosuvchi "UneedUs group" kompaniyasi tomonidan seminar o'tkazildi.

Unda davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llarida asfaltning chaqirtosh mastikali SHMA-15 turidan eksperimental foydalanishning texnik jihatlari va afzalliklari haqida tushuntirildi. Ushbu yondashuv, ayniqsa, davlat ahamiyatidagi yo'llarning mustahkamligi va uzoq umr ko'rishini ta'minlashi kutilmoqda.

Seminarda Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Saidahmad Sultonov, qolaversa Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlari avtomobil yo‘llari tizimi korxonalari vakillari hamda nufuzli asfalt yotqizuvchi korxonalar rahbarlari ishtirok etdi. 

SHMA-15 asfalt-beton aralashmasini qo‘llash quyidagi afzalliklarni beradi;

1. Yangi asfalt yotqizish usuli yoʻllarning ishlash muddatini uzaytiradi
2. Aralashmaning chaqmoqtoshli mastika komponenti eskirishga nisbatan yaxshi qarshilik ko'rsatadi va tez-tez ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatishga bo'lgan ehtiyojni kamaytiradi.
3. Bu usul natijasida yaxshilangan yoʻl qoplamasi sirpanishga qarshilikni taʼminlaydi, baxtsiz hodisalar xavfini kamaytiradi.
4. Yo'llarning uzoq umr ko'rishi ta'mirlash xarajatlarini kamaytirishga olib keladi, bu esa yo'l sohasida resurslarni yanada samaraliroq taqsimlashga imkon beradi.

Ushbu tizimni joriy etishda Namangan viloyati yetakchilik qilgan holda, mamlakatning boshqa hududlari ham ushbu innovatsion yondashuvni qo‘llashi kutilmoqda, bu esa butun mamlakat bo‘ylab yanada mustahkam va samarali yo‘llar tarmog‘i qurilishiga sabab bo‘ladi.

📨Telegram | 📩Facebook |🎞You Tube |🪩Veb-saytb
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_viloyati

Yangiyo‘l tumani yo‘lladan foydalanish DM yo‘lsozlari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida yo‘llarda harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida
ogohlantiruvchi va tezlikni cheklovchi yo‘l belgilarini o‘rnatdilar.
📍 Yangiyo‘l tuman “Sho‘ralisoy” MFY “Temirchi-1” ko‘chasi maxsus texnikalar yordamida asfaltbeton qoplamasini yotqizish uchun tayyor holts keltirildi hamda Yangiyo‘l shahar Yangi bog‘ MFY hududida monolit betondan mustahkamlovchi devor qurish uchun tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. “Bahor” MFY hududidagi “Samarqand”ko‘chasida esa suv quvurlari nosozligi natijasida asfaltbeton qoplamasida yuzaga kelgan nuqsonlar bartaraf etildi.
🌴Yashil makon” dasturi doirasida xalqaro ahamiyatdagi M-34 avtomobil yo‘li va 410-YB ning ma`muriy hududi ko‘kalamzorlashtirildi. 407-yo‘l bo‘limi hududida manzarali daraxtlar ko‘chatlari ekilmoqda.

📨Telegram | 📩Facebook |🎞You Tube |🪩Veb-saytb
Avtomobil yoʼllari texnik holati va harakat xavfsizligini ta‘minlash — dolzarb masala

Sirdaryo viloyatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-iyuldagi “2022—2026-yillarda amalga oshirilishi mo’ljallangan “Xavfsiz va ravon yo’l” umummilliy dasturini tasdiqlash to’g‘risida”gi 316-sonli qarori ijrosini ta’minlash, yoʼl harakati xavfsizligini ta‘minlash tizimini takomillashtirish sohasida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, Sirdaryo viloyat avtomobil yoʼllari bosh boshqarmasi hamda viloyat IIB JXX YHXB Maxsus ekspluatatsiya-montaj bo‘limi tomonidan viloyatimizda joriy yilda oʼrnatilishi belgilangan 468 dona yangi yoʼl belgilaridan 383 tasi o‘rnatildi. Yaroqsiz holatga kelgan 259 dona yo‘l belgilaridan 149 tasi almashtirildi.
Belgilangan rejaga koʼra, viloyat hududida 3 ta svetofor va yana 3 ta piyodalar tomonidan boshqariladigan svetofor obyektlari qurildi.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʼllari, shaharlar va boshqa aholi punkti koʼchalari, xoʼjaliklararo qishloq avtomobil yoʼllarida 4 kilometr piyodalar yo‘lagi, 5 kilometr velosiped yoʼlagi bunyod etildi.
Bundan tashqari Xovos tumani hududidan oʼtgan xalqaro ahamiyatdagi A-376 avtomobil yo‘lining 219—222 kilometr oralig‘ida transport vositalari harakat oqimini 2 tomonga ajratuvchi BDO-5 toʼsiqlari o‘rnatildi.
Shuningdek, davlat ahamiyatidagi 4R-32 avtomobil yoʼlining 0—4 va 36—42 kilometrlari hamda xalqaro ahamiyatdagi A-373 “M-39 avtoyoʼli — Guliston — Boʼka — Angren — Qoʼqon va Andijon orqali Oʼsh” avtomobil yoʼlining 0—5 va 26—29 kilometrlari oralig‘ida yuzaga kelgan toʼlqinsimon notekisliklar, harakatga raxna soluvchi chuqurchalar, qatnov qismida hosil boʼlgan g‘ildirak izi boʼylab boʼylama choʼkishlar bartaraf etildi. Xalqaro ahamiyatdagi M-34 avtomobil yoʼlining 72—94 kilometrlari oralig‘ida fosforli yoʼl yotiq chiziqlari chizdirildi.
Harakat xavfsizligini ta‘minlash borasidagi ishlar davom etmoqda.

📨Telegram | 📩Facebook |🎞You Tube |🪩Veb-saytb
#Fargʻona

Yangi ko‘priklar - hudud infratuzilmasining ko‘rkidir
  
✏️ Azaldan yo‘l, ko‘prik qurganlarning mehnati ulug‘lanadi. Chunki bunday qurilishlar orqali odamlarning mushkuli oson bo‘ladi. Ular vositasida ko‘zlangan manzilga oson va xavfsiz yetib olish imkoniyati yaratiladi.
     📌O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining   2022-yil,   30- dekabrdagi  "2023 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi 465-sonli  qarorini hayotga tadbiq etish maqsadida
     📍 davlat ahamiyatidagi 4R140 "Marg‘ilon shahri-Quva shahri-Marhamat shahri-Aravon qishlog‘i" avtomobil yo‘lining 15-kilometr qismida  "BRK Guliston" mas’uliyati cheklangan jamiyati pudratchilari tomonidan 2085 mln so‘mlik qurilish-montaj ishlari  amalga oshirildi.
    📌Shuningdek, mahalliy ahamiyatdagi 📍4K844 "Quvasoy shahri-Polvon qishlog‘i" avtomobil yo‘lining 0-kilometr  qismidagi ko‘prikni rekonstruksiya qilish ishlari  jadallik bilan olib borilmoqda. Shu kunga qadar pudratchi tomonidan  1500 mln so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi.
     ⚡️Ayni damda, mazkur obyektlarda ko‘prikni sifatli tarzda qurib bitkazish va foydalanishga topshirish asosiy vazifa bo‘lib turibdi.

📨Telegram | 📩Facebook |🎞You Tube |🪩Veb-saytb
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Avtomobil yo'llari infratuzilmasi yaxshilanmoqda.

📨Telegram | 📩Facebook |🎞You Tube |🪩Veb-saytb