Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.91K subscribers
67.4K photos
4.45K videos
96 files
10.9K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#Farg‘ona_viloyati

💠Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-martdagi “Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 48-sonli qarori ijrosini hayotga tadbiq etish maqsadida Oltiariq tumani hududidan o‘tuvchi R-148 “4R-115 avtoyo‘li — Yangiqadam qishlog‘i — Uchuy qishlog‘i — Oltiariq shaharchasi — Chimyon qishlog‘i — Vodil qishlog‘i” avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

☑️O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori Ikrom Narimov viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i Abdulboqi Izzatullayev hamda soha mas’ullari hamrohligida yo‘lsozlar tomonidan olib borilayotgan ishlar ko‘lami bilan yaqindan tanishdilar.

Ulaning: 👉 https://t.iss.one/avtoyulqumita
#Buxoro_viloyati

🔷Qorako‘l tumanidagi eng olis hududlari sanalgan “Jig‘achi” hamda “Qoraqulonchi” mahallalari aholisi har ikkala mahallani o‘zaro bog‘lovchi yo‘lning uzoq yillardan beri ta’mirga muhtojligidan aziyat chekib kelgan. Aholi murojaatlari inobatga olinib, tuman yo‘lsozlari tomonidan 1 kilometr masofadagi mazkur yo‘l ravon va soz holatga keltirildi.

🌀Ma’lumot uchun: tumanda yo‘llarni ta’mirlash borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida 2023 yilning hozirgi davriga qadar 80 kilometrdan ortiq yo‘llar asfaltlashtirildi. Shuningdek, mavjud ichki yo‘llarning 8 km qismi betonlashtirilib, 160 kilometrdan ortig‘i shag‘allashtirildi.

Ulaning: 👉 https://t.iss.one/avtoyulqumita