Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.89K subscribers
67.5K photos
4.46K videos
96 files
10.9K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#Buxoro_viloyati

💠Qishloq va shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, aholining turmush farovonligini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

❗️Xususan, “Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla” dasturi doirasida Kogon tumanidagi “Sorg‘un” mahallasida ayni kunlarda mazkur dastur doirasida qurilish va obodonlashtirish ishlari avj pallada.

🔹 Tuman yo‘lsozlari tomonidan mahallaning ichki yo‘llarini yaxshilash va asfalt bosishga tayyorlash ishlari bajarilmoqda. Shuningdek, yo‘llarning maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari yonidan o‘tuvchi qismida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida piyodalar o‘tish yo‘laklari o‘rnatilmoqda.

Ulaning: 👉 https://t.iss.one/avtoyulqumita
#Namangan_viloyati

🔷Tabiiy ofat tufayli Pop tumanidan o‘tuvchi Farg‘ona halqa yo‘lining 14,1 kilometrining 50 metr uzunlikdagi qismi yaroqsiz holga kelgan edi.

💠Obyektda ta’mirlash ishlarini bajarish uchun 1 mlrd 800 mln so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, Namangan viloyati Ko‘priklardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan mazkur hududda sel kelish xavfi vujudga kelganda buzilmaydigan, yo‘lning sifatiga zarar yetmaydigan darajadagi yo‘l qurish ishlari bajarilmoqda.

☑️Ayni paytda yer tayyorlash ishlari yakunlanib, sement-beton bosishga tayyorganlik ishlari ketmoqda. Qurilish-ta’mirlash ishlar sentabr oxirida yakunlanib, sifatli holda aholiga foydalanishga topshiriladi.

Ulaning: 👉 https://t.iss.one/avtoyulqumita
Forwarded from Kun.uz | Rasmiy kanal
O‘zbekistonga yo‘l sifatini aniqlaydigan maxsus avto texnikalar keltirildi

Jahon bankining 3 million dollar mablag‘lari hisobidan O‘zbekistonga yo‘l sifatini aniqlash, tahlil qilishga qodir maxsus jihozlangan texnikalar keltirildi. Ular yordamida respublika yo‘llarini ta’mirlashda inson omilini kamaytirish ko‘zda tutilgan.

📹 VIDEONI SAYTIMIZDA KO'RING
#OAV_biz_haqimizda

🗞Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan Press-tur Milliy tiklanish" demokratik partiyasining ijtimoiy-siyosiy gazetasi sahifalarida

https://online.anyflip.com/husmc/kbfy/mobile/index.html
#Farg‘ona_viloyati

🔶“Xavfsiz yo‘l — xavfsiz piyoda” tamoyili asosida Oltiariq tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tasarrufidagi 4N-862 “Katta Farg‘ona kanali — Oqbo‘yra qishlog‘i — Zilha qishlog‘i” avtomobil yo‘lining 0 — 7 kilometrida piyodalar yo‘lagini qurish, shuningdek, mazkur yo‘nalishda yo‘l belgilarini yangisiga almashtirish ishlari olib borilmoqda.

Ulaning: 👉 https://t.iss.one/avtoyulqumita
#Buxoro_viloyati

💠Shofirkon tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasiga qarashli mahalliy va davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llarining maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari yonidan o‘tuvchi qismida avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l transport hodisalari oldini olish maqsadida 2.4 (“Yo‘l bering!”), 3.24 (“Yuqori tezlik cheklangan”), 5.16.2 (“Piyodalar o‘tish joyi”) kabi yo‘l belgilari o‘rnatildi.

Ulaning: 👉 https://t.iss.one/avtoyulqumita