Avtomobil yo'llari qo'mitasi
12.7K subscribers
68K photos
4.59K videos
96 files
11.2K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#jarayon

"Navoiyyo‘lko‘kalam" unitar korxonasi xodimlari tomonidan davlat ahamiyatidagi 4R57 "Qizilqum xalqa yo‘li" avtomobil yo‘lining yoqalarida ekilgan manzarali daraxt va buta ko‘chatlari atrofini begona o‘tlardan tozalash, motopompalar yordamida sug‘orish hamda kunlik saqlash ishlari olib borilmoqda.

|Instagram| Facebook|Telegram|
Наманган автойўл бош бошкармаси - "Наманганйўлкўкалам'' унитар корхонаси ишчи ходимлари томонидан "Яшил макон" умум миллий лойиҳаси доирасида Бахор мавсумида манзиллий рўйхат асосида Барча шахар ва туман худудларида Давлат ва Махаллий ахамиятдаги умумий фойдаланишдаги автомобиль йўллари ёқаларига экилган терак қаламча кўчатларини ўтлардан тозалаб, ариқ очиб суғориш ишлари бажарилмоқда.
Кичик саноат зонасига элтувчи йўллар таъмирланмоқда

        Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2023 йил 13 мартдаги 105-сонли қарорининг ижросини таъминлаш мақсадида  Бўка туманидаги Хўжақўрғон маҳалласи ҳудудидан ўтган автомобиль йўллари таъмирланмоқда. Йиллар давомида уйдум-чуқур бўлиб кетган йўлнинг маълум қисми кенгайтирилади, текисланиб асфальт босилмоқда. Бу ишга тизимдаги махсус техника воситалари, етарли даражада ишчи кучи жалб қилинган бўлиб асосий эътибор қурилишни муддатида якунлашга қаратилмоқда. Бажарилаётган  ишларнинг сифати лаборатория кўригидан ўтказилаяпти, ҳудудда  жамоатчилик назорати ўрнатилган.

Тошкент вилояти Автомобиль йўллари бош бошқармаси Ахборот хизмати
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
#Inson_qadri
#Islohotlar_amalda

YO'LING RAVON BO'LSA QOQILMAYSAN

Viloyatimizda aholi turmush darajasini yanada yuksaltirishga xizmat qiladigan obodonlashtirish ishlari qizg'in davom etmoqda. Bu borada belgilangan qaror ijrosi Asaka tumanida ham amalga oshirilmoqda

Xatlov yoki ishchi guruh yo'l muammolarini o'rganmoqda desa, avval ham murojaatlarimizini yozib ketishangandi hech qanday o'zgarish bo'lmadi deya fuqarolar norozilik bildirayotgani bor gap edi. Tumanning "Birdamlik" mahallasi aholosining  ham dastlab ko'nglidan shunday o'y o'tganini yashirishmadi. Oradan qisqa vaqt o'tib aholining murojaatiga yechim topilib, yo'lsozlar tomonidan asfaltlashtirish ishlari boshlandi.

Ayni kunlarda yo'lsozlar tomonidan hududda qisqa fursatlarda amalga oshirilayotgan bu kabi ta'mirlash va asfaltlash ishlari olib borilayotganligi mahalla ahlining quvonchiga sabab bo'lmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting...

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa