Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.88K subscribers
67.5K photos
4.47K videos
96 files
10.9K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
Forwarded from Narpay.uz | Rasmiy kanal
TINIM BILMAS YO‘LSOZLAR-EL MANFAATINI KO‘ZLAR

Tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi hamda bir qator xususiy korxonalar tomonidan yil boshidan bugunga qadar tumanimizdagi 35 kilometrdan ortiq ichki yo‘llarga asfalt yotqizish ishlari amalga oshirildi.

Tuman hokimi, sektor rahbarlari hamrohligida tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasida olib borilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Shu kabi, Do‘stlik, Yangiobod, Qozikent va Ipak yo‘li mahallalarini bog‘lab turuvchi hamda M-37 xalqaro yo‘liga olib boruvchi yo‘lda davom etayotgan asfalt qoplamasi yotqizish ishlari jarayonini ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, tez orada 16 ta mahallada boshlanayotgan 25 kilometr yo‘lga asfalt yotqizish ishlari oxiriga yetkaziladi.
#JARAYON #PASTDARĞOM

💠 Sazag‘on mahallasining uzoq yillik orzulari ushaldi

Pastdarg‘om tumani hokimi Vahobjon Murodqobilov tumanda olib borilayotgan qurilish bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlarini joyiga borib o‘rgandi.

Jumladan, Sazag‘on mahallasi ichki tuproq yo‘lining 1,2 kilometr qismiga asfalt qoplamasi yotqizish rejalashtirilgan bo‘lib, ayni paytda yo‘lni asfaltlash jarayoni olib borilmoqda. Tuman hokimi yo‘l qurilish jarayoni bilan tanishdi. Mas’ullarga yo‘l sifatiga alohida e’tibor berish zarurligini ta’kidladi.

Darhaqiqat, ushbu ko‘cha tuman markazidagi ko‘chalardan biri bo‘lishiga qaramasdan, uzoq yillardan buyon asfaltlanmagan, yozda chang qishda esa loy edi. Bu esa aholiga bir qancha noqulayliklar tug‘dirardi. Endi ushbu mahallada yashovchi fuqarolarning ko‘p yillik orzulari ushaldi.

Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi

https://t.iss.one/SamAvtoyul

|Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube|
#jarayon

Namangan avtoyo‘l bosh boshqarmasi - "Namanganyo‘lko‘kalam'' unitar korxonasi xodimlari tomonidan manzilli ro‘yxat asosida viloyatning barcha shahar va tumanlarda  davlat va mahalliy ahamiyatdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari yoqalariga ekilgan manzarali terak qalamchalarini o‘tlardan tozalab, ariq ochgan holda sug‘orish, agrotexnik saqlash ishlari olib borilmoqda.

|Instagram| Facebook|Telegram|