Avtomobil yo'llari qo'mitasi
12.6K subscribers
67.7K photos
4.55K videos
96 files
11.1K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
⚡️Qaror va ijro : 21 ta mahallalarda joriy davrga qadar 38,5 km ichki yoʻllar asfalt qoplamasi mukammal taʼmirlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi PQ-408-sonli qaroriga asosan 1-bosqichda Margʻilon shahridagi 36 ta mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash ishlarini amalga oshirish uchun 33,1 mlrd.soʻm mablagʻlar ajratilgan.

Xususan, 21 ta mahallalarda joriy davrga qadar 38,5 km ichki yoʻllar asfalt qoplamasi mukammal taʼmirlandi. Dastur doirasida ushbu koʻrsatkich 41 km. dan oshishi koʻzda tutilgan.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
Forwarded from Saydullo Kurbanov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
А-376 “Qo’qon-Jizzax” avtomobil yo’lining 214+300 km da joylashgan Toshkent-Xovos temir yo’li ustida qurilgan yo‘l o‘tkazgich
01.05.2023

https://youtu.be/9CF8f1vTl3w

Xalqaro axamiyatdagi А-376 “Qo’qon-Jizzax” avtomobil yo’lining 214+300 km da joylashgan temir-beton yo’l o’tkazgich ko’prigi 1980 yilda qurilgan. Yo’l o’tkazgich ko’prigining umumiy uzunligi 199,7 metrni tashkil qilib, sxemasi 11×18,0 metr, gabariti 11,60+2(0,25+0,8+0,2)dan iborat. Yo’l o’tkazgich ko’prigi yig’ma temir-beton konstruktsiyalardan qurilgan va ustunli tayanchlarga o’rnatilgan.

Mazkur ob’ekt O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 dekabrdagi “2023-2025 yillarda…

Batafsil ma'lumot uchun:
https://sirdaryoavtoyol.uz/2023/05/02/а-376-qoqon-jizzax-avtomobil-yolining-214300-km-da-joylashgan-toshkent-xovos-temir-yoli-ustida-qurilgan-yol-otkazgich/
Ички йўллар равон бўлмоқда

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 25 октябрдаги “2022-2023-йилларда маҳаллалар инфратузилмасини янада яхшилаш бўйича чора-тадбирлари тўғрисида“ги қарори ижроси доирасида Тошкент вилоятининг Ангрен шаҳрида 39 км ички йўллар таъмирланмоқда. Ҳозирга келиб жами 10 та маҳалладан 9 тасида белгиланган вазифалар ижроси тўлиқ якунига етказилди, ички йўллар транспорт воситаларининг ҳаракатланиши учун очилди.
“Боғи сурх” маҳалласидаги 6 километрга яқин ички кўчаларнинг “Архитектор қурилиш” масъулияти чекланган жамияти йўлсозлари томонидан асфальт қилиниши ҳудуднинг қиёфасини тубдан ўзгартирди, фуқароларнинг кайфиятига кўртаринкилик бахшида этаяпти.

Тошкент вилояти Автомобиль йўллари бош бошқармаси Ахборот хизмати
Qisqa muddatdagi katta islohotlar- Oltiariq tumani

Prezidentimizning 2022-yil 25-oktyabrda qabul qilingan “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori asosida amalga oshirilayotgan salmoqli ishlar yurtimizning chekka hududlarida ham yangi oʻzgarishlarga sabab boʻlmoqda.

Jumladan, Oltiariq tumanida ichki yoʻllarni taʼmirlash boʻyicha 19 ta mahallalarning jami: 90,8 km koʻchalarida asfaltlashtirish olib borilmoqda. Hozirga qadar 59,8 km asfalt qoplamasi yotqizilgan boʻlib, yogʻin-sochinli kunlarda aholiga qulaylik yaratish maqsadida bosqichma-bosqich asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
#jarayon

"Buxoroyo‘lko‘kalam'' unitar korxonasi tomonidan barcha shaxar va tumanlardagi umumfoydalanishdagi avtomobil yo’llari yoqalarida ekilgan hamda saqlashdagi manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini tremmer yordamida o‘tlardan tozalash, oqlash, ariq kosachasini ochib maxsus suv qo‘yish texnikalari yordamida sug‘orish, parvarishlash hamda agrotexnik ishlar tizimli ravishda olib borilmoqda.

|Instagram| Facebook|Telegram|