Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.87K subscribers
67.5K photos
4.48K videos
96 files
10.9K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
ULUG'NORDA MAHALLALAR OBODLIGI INSONLAR KO'NGLIGA KO'CHMOQDA

Viloyatimizda olib borilayotgan keng islohotlar avvalo mahallalarda ko'rinsa, odamlar bu o'zgarishlarni o'z hayotlarida his etsagina chinakam islohot maqomiga erishadi.

Ma'lumki, muhtaram yurtboshimiz tomonidan hududlarni xususan, mahallalar ichki yo'llarini ta'mirlash, aholiga zarur sharoitlarni yaratish borasidagi tashabbuslari, farmon va qarorlari hayotga tadbiq etilib, tez fursatlarda uning ijrosiga qaratilgan islohotlar misli ko'rilmagan o'zgarishlarga sabab bo'lmoqda.

Ayni bugunda yo'lsozlar tomonidan mahallalar qiyofasini tubdan yaxshilash maqsadida Ulug'nor tumani  "Bobur" MFY mahallasida asfaltlash ishlari amalga oshirilib, asosiy maqsad ham xalqni rozi qilishga qaratilmoqda.

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
#LIVE
#Bunyodkorlik

Bugun yurtimizning qay bir hududiga bormang ulkan bunyodkorlik ishlariga guvoh bo'lyapmiz.Ayniqsa, yo'lsozlarning qo'li qo'liga tegmay xayrli tashabbuslar yo'lida chekka hududlarni ham qamrab olayotganligi taqsinga sazovor.

Andijon viloyati hududida yo'l harakati havfsizligini ta'minlash hamda yo'l infratuzilmasini yaxshilash, shuningdek, yo'l transport hodisalarini oldini olish maqsadida hududlarda keng ko'lamdagi joriy ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Ayni bugunda ham Andijon tumanidan o'tuvchi mahalliy ahamiyatga ega 4N-1085 "Andijon shahri-Ekin-tikin qishlog'i" avtomobil yo'lining 22 km qismidan o'tuvchi Otchopar MFY hududida tuman yo'lsozlari tomonidan maxsus texnikalar biriktirilgan holda keng ko'lamdagi joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
#LIVE

Ayni damda Andijon tumani yo'llardan foydalanish unitar korxonasi yo'lsozlari tomonidan yo'l infratuzilmasini yaxshilash va avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida Andijon shahri hududidan o'tuvchi davlat ahamiyatidagi 4R-17d "Andijon shahriga kirish" avtomobil yo'lining 10-11 km qismida joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda

Bizni kuzatishda davom eting...

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
Xabaringiz bor, Andijon viloyati hokimi tashabbusi bilan Oltinko'l tumanidagi "Dalvarzin" mahalla fuqarolar yig'inida yana bir fayzli mahalla barpo bo'lish ostonasida ekanligi yuzasidan ma'lumot bergan edik.

Ayni bugunda tuman yo'lsozlari tomonidan mahalladagi "Mevazor" ko'chasida ta'mirlash ishlari jadallik bilan boshlanib, 2,3 km to'liq asfaltlashtiriladi. Tez fursatlarda mahallaning yo'llari ravon, fayzli va obod go'shaga aylanadi.

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa