Avtomobil yo'llari qo'mitasi
12.7K subscribers
67.9K photos
4.58K videos
96 files
11.2K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#Qaror_ijrosi_amalda
#Mening_mahallam
#Hududlardan_jarayon

YURTOBOD MAHALLASINING YO'LLARI OBOD BO'LDI...

So'nggi hafta viloyatimiz aholisi uchun quvonch baxsh etadigan samarali ishlar bilan yakun topdi.

Xabaringiz bor, Prezidentimizning 2022 yil 25 oktabr kungi "2022-2023 yillarda mahallar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'grisida"gi PQ-408-sonli qarori qabul qilinib, unga asosan Andijon viloyatidagi 473 ta mahallaning infratuzilmasini yanada yaxshilash uchun 581,1mlrd so'mdan ziyod mablag' ajratilgan edi. Yo'lsozlar tomonidan mazkur qaror asosida mahallalardagi uzoq yillardan buyon yechimini kutayotgan muammolar bartaraf etila boshlandi.

Xususan, Baliqchi tumanidagi "Yurtobod" mahalla fuqarolar yig'inida ham hudud aholisining ko'p yillik muammosi ham ichki yo'llar borasida edi. Yo'lsozlar tomonidan aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida jarayonlari boshlanib, mahalla ko'chalari asfaltlandi.

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Islohotlar_samarasi
“Ibrat” mahallasida ham ichki yoʻllar asfalt qilindi


Fargʻona shahridagi “Ibrat” mahalla fuqarolar yigʻinida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-408-sonli qaroriga asosan 1500 metr ichki yoʻllarni asfalt qilish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ishlar uchun qaror asosida 750 mln. soʻm mablagʻ ajratilgan. Yillar davomida fuqarolarga noqulayliklar keltirgan koʻchalarning sifatli tarzda asfaltlanishi aholini behad quvontirmoqda.

Shahrimizdagi mahallalarda ichki yoʻllarni asfalt qilish, ichimlik va oqova suvi tarmoqlarini tortish hamda boshqa infratuzilmani yanada yaxshilash maqsadida amaliy ishlar davom etmoqda.
Аҳоли розилиги олинмоқда

Тошкент вилоятининг Юқори Чирчиқ туманидаги ички йўлларни таъмирлаш ишлари якуний босқичга чиқмоқда. Айни кунларга қадар 21 та маҳалланинг 18 тасида, режа киритилган 62,4 километр ички йўлларнинг 56 километр қисми тўлиқ таъмирлашдан чиқарилди.
Туманнинг Ийк ота маҳалласининг Оқибат ва Афзаллик кўчалари «Тошкент кўприклардан фойдаланиш» унитар корхонаси йўлсозлари томонидан асфальт қилинмоқда. Тупроқ йўлларга дастлаб шағал тўкилди, текисланди, белгиланган меъёрлар асосида асфальт босилди. Бу ишга тажрибали йўлсозлар, замонавий техника воситалари жалб қилинган. Қайд этиш жоизки, туманнинг айрим ҳудудларида сув қувурларининг тортилаётгани йўл таъмирлаш ишларини бироз орқага қураяпти. Автомобиль йўллари бош бошқармаси раҳбарияти маҳаллий ҳокимликлар билан биргаликда масалани жойида ҳал қилишга, ички йўлларни таъмирлаш ишларини қисқа муддат ичида якунлаш ҳаракатида бўлишмоқда.

Тошкент вилояти Автомобиль йўллари бош бошқармаси Ахборот хизмати
Маҳаллалар обод бўлмоқда

Давлатимиз раҳбарининг 408 сонли қарори ижроси доирасида Чирчиқ шаҳрининг 21 та маҳалласида жами 42,8 километр, жумладан 40,1 км ички йўллар асфальт, 2,7 км йўл бетон қилиниши кўзда тутилган эди. Ҳозиргача ана шу йўлларнинг асосий қисмида белгиланган вазифалар тўлиқ бажарилди, сўнгги 2 та маҳаллада қурилиш, таъмирлаш ишлари бажарилмоқда.
Шаҳардаги “Камолот” маҳалласининг ички йулларида асос ишлари давом этмокда, “Автойўл саноат” масъулияти чекланган жамияти томонидан узунлиги 2,4 километрни ташкил қилувчи йўлнинг атрофига йўл тўсиқлари ўрнатилаяти, ҳудуди ободонлаштирилмоқда.
Шаҳарда белгиланган пудрат ишлари ички кўчаларда сув қувурларини тортиш якунига қараб жорий ҳафтанинг охиригача ниҳоясига етказилиши режалаштирилмоқда.

Тошкент вилояти Автомобиль йўллари бош бошқармаси Ахборот хизмати
Ochiq byudjet: “Mening yoʻlim” loyihasiga start berildi

“Ochiq byudjet” axborot portalidagi “Mening yoʻlim” loyihasi oʻz faoliyatini boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasininig 2022-yil 2-fevraldagi “Avtomobil yo‘llari sohasida ochiqlik standartlarini joriy etish va sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 49-sonli qarori qabul qilingan.

Bu tizmi “Tashabbusli byudjet” jarayonlaridan farqli ravishda har yili bir marotaba oʻtkaziladi.

Buning uchun axborot portaliga ichki yoʻllarning joylashgan manzili (geopozitsiyasi), toʻliq nomlari, uzunligi, holati (asfaltlangan, taʼmirtalab) va boshqa maʼlumotlari toʻliq kiritiladi hamda fuqarolar ichki yoʻllar reyestridan geomaʼlumotlar asosida tegishli ichki yoʻlni tanlash orqali oʻz takliflarini qoldirish imkoniyatiga ega boʻladi.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
🛣Muzrabotda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini taʼmirlash ishlari davom etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi “2022-2023- yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 408-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Muzrabot tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan tumandan kesib o‘tuvchi davlat ahamiyatidagi 4P110 "Sherobod sh. - Poshxurt q. - Oqtosh q. - Muzrabot." avtomobil yo‘lida joriy ta‘mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Surxondaryo viloyati avtomobil yoʻllari Bosh boshqarmasi matbuot xizmati.