Avtomobil yo'llari qo'mitasi
12.7K subscribers
67.8K photos
4.57K videos
96 files
11.1K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#Qaror_ijrosi_amalda
#Mening_mahallam
#Hududlardan_jarayon

YURTOBOD MAHALLASINING YO'LLARI OBOD BO'LDI...

So'nggi hafta viloyatimiz aholisi uchun quvonch baxsh etadigan samarali ishlar bilan yakun topdi.

Xabaringiz bor, Prezidentimizning 2022 yil 25 oktabr kungi "2022-2023 yillarda mahallar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'grisida"gi PQ-408-sonli qarori qabul qilinib, unga asosan Andijon viloyatidagi 473 ta mahallaning infratuzilmasini yanada yaxshilash uchun 581,1mlrd so'mdan ziyod mablag' ajratilgan edi. Yo'lsozlar tomonidan mazkur qaror asosida mahallalardagi uzoq yillardan buyon yechimini kutayotgan muammolar bartaraf etila boshlandi.

Xususan, Baliqchi tumanidagi "Yurtobod" mahalla fuqarolar yig'inida ham hudud aholisining ko'p yillik muammosi ham ichki yo'llar borasida edi. Yo'lsozlar tomonidan aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida jarayonlari boshlanib, mahalla ko'chalari asfaltlandi.

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Islohotlar_samarasi
“Ibrat” mahallasida ham ichki yoʻllar asfalt qilindi


Fargʻona shahridagi “Ibrat” mahalla fuqarolar yigʻinida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-408-sonli qaroriga asosan 1500 metr ichki yoʻllarni asfalt qilish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ishlar uchun qaror asosida 750 mln. soʻm mablagʻ ajratilgan. Yillar davomida fuqarolarga noqulayliklar keltirgan koʻchalarning sifatli tarzda asfaltlanishi aholini behad quvontirmoqda.

Shahrimizdagi mahallalarda ichki yoʻllarni asfalt qilish, ichimlik va oqova suvi tarmoqlarini tortish hamda boshqa infratuzilmani yanada yaxshilash maqsadida amaliy ishlar davom etmoqda.
Аҳоли розилиги олинмоқда

Тошкент вилоятининг Юқори Чирчиқ туманидаги ички йўлларни таъмирлаш ишлари якуний босқичга чиқмоқда. Айни кунларга қадар 21 та маҳалланинг 18 тасида, режа киритилган 62,4 километр ички йўлларнинг 56 километр қисми тўлиқ таъмирлашдан чиқарилди.
Туманнинг Ийк ота маҳалласининг Оқибат ва Афзаллик кўчалари «Тошкент кўприклардан фойдаланиш» унитар корхонаси йўлсозлари томонидан асфальт қилинмоқда. Тупроқ йўлларга дастлаб шағал тўкилди, текисланди, белгиланган меъёрлар асосида асфальт босилди. Бу ишга тажрибали йўлсозлар, замонавий техника воситалари жалб қилинган. Қайд этиш жоизки, туманнинг айрим ҳудудларида сув қувурларининг тортилаётгани йўл таъмирлаш ишларини бироз орқага қураяпти. Автомобиль йўллари бош бошқармаси раҳбарияти маҳаллий ҳокимликлар билан биргаликда масалани жойида ҳал қилишга, ички йўлларни таъмирлаш ишларини қисқа муддат ичида якунлаш ҳаракатида бўлишмоқда.

Тошкент вилояти Автомобиль йўллари бош бошқармаси Ахборот хизмати